Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

19-§. XALQARO MIGRATSIYA JARAYONLARI 
VA MUAMMOLARI
Jahon  mamlakatlarida  aholi  tarkibi  va  joylashuviga  migratsiyalar  kat-
ta  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Migratsiya
  (lotincha 
migratio
  –  “ko‘chish”)  –  aholi-
ning  bir  hududdan  boshqa  hududga  doimiy  yoki  vaqtincha  muddatga 
ko‘chishi.  Bitta  manzilgoh  ichidagi  ko‘chish  migratsiya  hisoblanmaydi. 
Migratsiyalar  bir  necha  mezonlarga  ko‘ra  tasnifl anishi  mumkin.  Hududiy 
miqyosi  jihatidan 
tashqi
  va 
ichki
  migratsiyalar  ajratiladi.  Tashqi  migratsi-
ya  deganda,  boshqa  davlatga  ko‘chish  tushuniladi.  Ba’zida  tashqi  migrat-
siyalar  materik  ichidagi  va  materiklararo  migratsiyalarga  bo‘linadi.  Ichki 
migratsiya  bir  davlat  ichidagi  boshqa  hududga  ko‘chish  hisoblanadi.  U, 
o‘z  navbatida,  rayon  ichidagi  va  rayonlararo  migratsiyalarga  bo‘linadi.
Muddatiga  ko‘ra  migratsiyalar 
doimiy
  va 
vaqtincha
  turlarga  bo‘linadi. 
Vaqtincha  migratsiyalar  mavsumiy,  vaxtali  hamda  mayatniksimon  (tebran-


80
ma)  bo‘ladi.  Mavsumiy  migratsiyalar  ko‘proq  qishloq  xo‘jalik  ishlari  bi-
lan  bog‘liq  bo‘lsa,  vaxtali  migratsiyalar,  asosan,  tabiiy  sharoiti  noqulay 
hududlar dagi  foydali  qazilma  konlarida  yoki  qurilish  obyektlarida  mehnat 
qilish  bilan  bog‘liq.  Mayatniksimon  migratsiyalar  esa  shahar  va  uning 
atrofi   o‘rtasida  kunlik  va  haftalik  tartibda  kechadi:  shaharga  uning  atrofi -
dagi  qishloq  va  kichikroq  shaharlardan  aholi  ishlashga,  o‘qishga  va  bosh-
qa  maqsadlarda,  shaharliklar  esa  chetga,  asosan,  dam  olish,  ziyorat  qilish 
yoki  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanish  uchun  tez-tez  qatnab  turishadi.
Aholi  migratsiyasiga 
iqtisodiy, oilaviy, etnik, diniy, siyosiy, ekologik 
(tabiiy) 
kabi  omillar  sabab  bo‘ladi.  Migratsiyalar,  asosan,  iqtisodiy  sa-
bablar,  ya’ni  muayyan  yashash  sharoiti  va  ish  o‘rinlarini  qidirish  bilan 
bog‘liq.  Oilaviy  migratsiyalar  turli  joylarda  yashayotgan  oila  a’zolari-
ning  o‘zaro  birlashuvi  borasida  amalga  oshadi.  Etnik  va  diniy  migratsi-
yalar  deganda,  ma’lum  millat  yoki  din  vakillarining  boshqa  davlat  yoki 
hududga  ko‘chishi  tushuniladi.  Siyosiy  migratsiyalar  urush  yoki  siyosiy 
inqiloblar  natijasida  ro‘y  beradi.  Ekologik  migrantlar  tabiiy  muhitning 
buzilishi  tufayli  yashash  hududini  tark  etadilar.  Bundan  tashqari,  aholi 
migratsiyalari 
ixtiyoriy 
va
 majburiy, tashkillashtirilgan 
va
 tashkillashti-
rilmagan 
kabi  turlarga  ham  bo‘linadi. 
Hozirgi  vaqtda  eng  katta  migratsiya  to‘lqini  rivojlanayotgan  mam-
lakatlardan  rivojlangan  mamlakatlarga  tomon  yo‘nalgan  (8-rasm).  Bun-
da  eng  ko‘p  xorijiy  migrantlarni  AQSH  qabul  qiladi.  Oxirgi  yillarda 
bu  davlatdagi  immigrantlar  soni  45  mln  kishidan  oshgani  qayd  etilgan. 
G‘arbiy  Yevropa  davlatlari  orasida  esa  eng  ko‘p  immigrantlar  Germani-
ya,  Buyuk  Britaniya  va  Fransiyaga  kelgan.  Bu  davlatlarning  har  birida 
7–10  mln  immigrant  yashamoqda.  G‘arbiy  Yevropaga  immigrantlar ning 
asosiy  qismi  Janubi-g‘arbiy  va  Janubiy  Osiyo,  Shimoliy  Afrika  hamda 
Sharqiy  Yevropa  davlatlaridan  bormoqdalar.  Boshqa  rivojlangan  dav-
latlardan  Avstraliya,  Kanada,  Yangi  Zelandiya,  Isroil  va  JAR  ko‘plab 
xorijiy  migrantlarni  qabul  qilmoqda.  Shunday  ekan,  barcha  rivojlangan 
davlatlarda  migratsiya  saldosi  (balansi)  musbat  hisoblanadi.
Aksariyat  qismi  manfi y  migratsiya  balansiga  ega  bo‘lgan  rivojla-
nayotgan  mamlakatlar  o‘rtasida  ham  yirik  migratsion  oqimlar  vujudga 
kelgan. Jumladan, katta miqdordagi xorijiy migrantlarni Fors qo‘ltig‘ida-
gi  arab  mamlakatlari,  ayniqsa,  Saudiya Arabistoni  va  BAA  hamda  Janu-
biy  Koreya,  Singapur,  Malayziya  singari  yangi  sanoatlashgan  davlatlar 
jalb  qilmoqda.  Bu  davlatlarga  Hindiston,  Pokiston,  Bangladesh,  Yaman, 


81
Indoneziya,  Vyetnam,  Misr  kabi  Osiyo  hamda  Afrika  mamlakatlaridan 
millionlab  immigrantlar  borib  mehnat  qilishmoqda.
Lotin Amerikasi,  Osiyo  va Afrika  qit’alarida  qo‘shni  davlatlar  orasida 
nafaqat  iqtisodiy,  balki  siyosiy,  ekologik,  etnik  omillarga  bog‘liq  hol-
da  soni  jihatidan  yirik,  lekin  hududiy  ko‘lami  nuqtayi  nazaridan  lokal 
(mahalliy)  migratsion  oqimlar  ham  ro‘y  bermoqda.  Masalan,  Suriyadan 
Turkiyaga,  Afg‘onistondan  Eronga,  Ugandadan  Keniyaga  millionlab 
kishilar  ko‘chib  bormoqdalar.  Yirik  migratsiya  oqimlari  MDH  hududida 
ham  mavjud  bo‘lib,  ko‘proq  Rossiyaga  yo‘nalgan.   
Hozirgi  zamondagi  xalqaro  aholi  migratsiyalariga  qator  xususiyatlar 
va  muammoli  jihatlar  xos.  Eng  ahamiyatlisi  shundaki,  migratsiya  jara-
yonlari  bugungi  kunga  kelib  chindan  ham  globallashdi,  deyarli  barcha 
mintaqa  va  mamlakatlarni  o‘z  doirasi  bilan  qamrab  oldi.  Tashqi  mig-
r atsiya  ayrim  hollarda,  ayniqsa,  rivojlangan  va  o‘tish  iqtisodiyotidagi 
davlatlar  uchun  aholining  umumiy  ko‘payishida  katta  rol  o‘ynaydigan 
bo‘ldi.  Ammo  xalqaro  migratsiya  oqimlari  immigratsiya  markaziga 
aylangan  davlatlar  aholisining  tarkibi  va  harakatiga,  jamiyatdagi  etnik 
va  konfessional  (diniy)  xilma-xillikka,  millatlararo  va  dinlararo  muno-

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish