Geografiya 10 sinf 2017. indd


-jadval   Dunyo va yirik regionlarning urbanizatsiya darajasi (2016-y.)



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

9-jadval
 
Dunyo va yirik regionlarning urbanizatsiya darajasi (2016-y.)

Hududlar
Urbanizatsiya, %
1
Dunyo
54
2
Rivojlangan davlatlar
78
3
Rivojlanayotgan davlatlar
49
4
Yevropa
74
5
Osiyo
48
6
Afrika
41
7
Shimoliy Amerika (AQSH va Kanada)
81
8
Lotin Amerikasi
80
9
Avstraliya va Okeaniya
70


78
Demak, jahon mamlakatlarida urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlari-
da  rivojlanib  bormoqda  va  bu,  birinchi  navbatda,  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Yevropa,  Shimoliy  Amerika,  Lo-
tin  Amerikasi,  Avstraliya  va  Okeaniya  kabi  yirik  mintaqalardagi  dav-
latlarda  urbanizatsiya  ko‘rsatkichi  o‘rtacha  hisobda  70  foizdan  oshgan 
(9-jadval).  Bu  borada,  ayniqsa,  Islandiya,  Buyuk  Britaniya,  Belgiya, 
Daniya,  Niderlandiya,  Avstraliya,  Yangi  Zelandiya,  Argentina,  Vene-
suela  kabi  shaharlashuv  darajasi  90  foizdan  yuqori  bo‘lgan  davlatlar 
ko‘zga  tashlanadi.
Jahon  aholisining  60  foizi  va  dunyodagi  shaharliklarning  yarmi  ya-
shaydigan  Osiyo  qit’asida  urbanizatsiyaning  umumiy  darajasi  birmun-
cha  pastroq,  50  foiz  atrofi da  bo‘lib,  o‘sishi  davom  etmoqda.  Afrikada 
esa  urbanizatsiya  ko‘rsatkichi  40  foizdan  sal  ko‘proq.  Lekin  har  ikka-
la  qit’ada  ham  yuqori  urbanizatsiyalashgan  mamlakatlar  bor.  Jumladan, 
Osiyoda  bu  borada Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Isroil,  Fors  qo‘ltig‘i  arab 
mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, Jazoir, Misr, Marokash, JAR 
kabi  davlatlar  ajralib  turibdi.  Shu  bilan  birga,  Butan,  Burundi,  Mala-
vi,  Uganda,  Chad,  Afg‘oniston  va  boshqa  mamlakatlarda  urbanizatsiya 
darajasi  25  foizga  ham  yetmaydi.  Ammo  oxirgi  yillarda  shahar  aholi-
sining  umumiy  soni  va  jahon  aholisidagi  ulushi  aynan  Osiyo  va  Afrika 
davlatlarida  kechayotgan  urbanizatsiya  jarayonlari  hisobiga  ko‘paymoq-
da.  Bunda  eng  salmoqli  hissa  shaharlari  ancha  yuqori  sur’atlar  bilan 
o‘sib  borayotgan  Xitoy  va  Hindiston  davlatlariga  tegishli.
Jahon  urbanizatsiyasining  hozirgi  bosqichida  xalqaro  savdo-iqti-
sodiy  va  bank-moliya  munosabatlari  rivojlanishi,  transmilliy  korporat-
siyalar  faoliyati  doirasining  kengayishi,  zamonaviy  transport  va  aloqa 
tarmoq lari  vujudga  kelganligi  hisobiga  ayrim  juda  yirik  shaharlarning 
ta’sir  doirasi  joylashgan  davlati  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  boshqa 
mamlakat  va  mintaqalar,  ba’zan  esa  jahonni  qamrab  olmoqda.  Bunday 
shaharlarning  aholisi  soni  bir  necha  million  kishiga  teng  bo‘lib,  yirik 
transmilliy  korporatsiyalar  va  xalqaro  tashkilotlar  qarorgohlari,  dunyo-
dagi  eng  yirik  port,  sanoat  korxonalari,  bank,  moliyaviy  jamg‘arma  va 
birjalar  joylashganligi  bilan  boshqa  shaharlardan  ajralib  turadilar.  Shu 
toifadagi  shaharlarga  nisbatan 
global 
(yoki  jahon)
 shaharlari
 atamasi 
qo‘llaniladi.  Global  shaharlar  qatoriga,  eng  avvalo,  Nyu-York,  London, 
Tokio,  Shanxay,  Gonkong,  Parij,  Dubay,  Singapur  kabi  savdo-moliyaviy 
va  transport  salohiyati  o‘ta  katta  shaharlar  kiritiladi.  Global  shaharlar 


79
safi   borgan  sari  kengaymoqda,  ularning  ta’sir  doirasi  esa  barcha  qit’a 
va  ularning  yirik  qismlarini  qamrab  olishga  intilmoqda.   
Urbanizatsiya  jarayonlari  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  ajralmas 
qismi  va  ularning  bevosita  hosilasi  bo‘lib,  qator  muammolarni  ham  kel-
tirib  chiqarmoqda.  Bu  muammolarning  qamrovi  keng  bo‘lib,  ekologik, 
iqtisodiy,  ijtimoiy,  tibbiy,  madaniy,  ma’naviy-axloqiy  jihatlar  bilan  tav-
sifl anadi.  Bunda  ishlab  chiqarish  atrof-muhitga  o‘tkazadigan  bosimi-
ning  kuchayishi,  suv  ta’minotidagi  kamchiliklar,  transport  tarmoq lariga 
me’yoridan  ortiq  yuk  tushayotgani,  shahar  turmush  tarzi  bilan  bog‘liq 
kasalliklarning tarqalishi, jinoyatchilikning ortishi va boshqa muammolar 
eng  dolzarb  hisoblanadi.  Demak,  jahon  urbanizatsiyasining  zamonaviy 
bosqichi  miqdor  va  sifat  xususiyatlari,  shuningdek,  turli  ko‘rinishdagi 
muammoli  jihatlari  bilan  tavsifl anadi. 
 
Urbanizatsiya,  shahar,  shahar  aholisi,  urbanizatsiya  bosqichlari,  “soxta”  urba-
nizatsiya,  suburbanizatsiya,  rurbanizatsiya,  global  shaharlar,  urbanizatsiya  muam-
molari.
1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan so‘nggi ikki asr mobaynida yuqori 
tezlik bilan rivojlandi?
2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o‘tadi?
3. Yirik  shaharlarning  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  jadval  shaklida  daftaringizga 
yozib chiqing.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish