Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

V BOB. DUNYO AHOLISI
17-§. DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY 
DEMOGRAFIK VAZIYAT
XIX  asrgacha  dunyo  aholisining  soni  ancha  sekin  o‘sib,  1820-yil-
ga  kelib  1  milliard  kishiga  yetdi.  Bu  jarayon  aholining  tabiiy  o‘sishi 
pastligi  bilan  belgilangan  edi,  chunki  o‘tgan  tarixiy  bosqichlarda  ham 
tug‘i lish,  ham  o‘lim  ko‘rsatkichlari  yuqori  bo‘lib,  ular  orasidagi  farq 
juda  kichik  darajada  edi.  Lekin  1  milliarddan  2  milliardgacha  ko‘payish 
uchun  insoniyatga  birmuncha  kamroq  vaqt,  ya’ni  107  yil  kerak  bo‘ldi 
(1820–1927-yillar  orasi).  Keyingi  yillarda  dunyo  aholisi  soni  yanada 
tezroq  o‘sib  bordi.  1960-yilga  kelib  dunyo  aholisi  3  milliard  kishiga 
yetdi.  1975-yilga  kelib  4  milliard  kishi,  1987-yilda  5  milliard  kishi, 
1999-yilda  6  milliard  kishi,  2011-yilga  kelib  esa  7  milliard  kishiga  teng 
bo‘ldi.  2017-yil  holatiga  jahon  aholisi  soni  7,5  milliard  kishi  atrofi da 
va  o‘sishi  davom  etmoqda.   


73
Demak,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  jahon  aholi  sonining 
ko‘payishi  keskin  tezlashdi.  Bu  jarayon  fanda 
demografi k  portlash
  deb 
ataladi.  Bu  hodisaning  sababi  –  ijtimoiy-iqtisodiy  va  fan-texnika  taraqqi-
yoti  tufayli  aholining  turmush  darajasi  yuksalishi,  yashash  sharoiti  yax-
shilanishi  va  sog‘liqni  saqlash  tizimining  rivojlanishi,  odamlarning  o‘rta-
cha  umr  davomiyligining  o‘sishi,  o‘lim  darajasi  esa  pasayib  ketganligidir. 
Dastlab  demografi k  portlash  XIX  asrning  boshi  –  XX  asrning  birinchi 
yarmida  G‘arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  ro‘y  bergan  bo‘lsa, 
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  esa  Osiyo,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  va 
Okeaniyadagi  rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholi  sonining  yuqori  sur’at-
lar  bilan  o‘sishida  o‘z  aksini  topdi.
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisi  yuqori  tezlik  bilan  o‘sib  kel-
gan  bir  paytning  o‘zida,  Yevropa  davlatlari  va  Yaponiyada  aholining 
tabiiy  ko‘payishi  keskin  sekinlashdi.  Hattoki,  ayrim  hollarda  tug‘ilish 
o‘limdan  ham  pastroq  darajaga  tushib  ketib,  aholining  tabiiy  kama-
yish 
(depopulyatsiya)
  jarayoni  ham  ro‘y  berdi. 
Demografi k portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni 
sabablarini 
demografi k  o‘tish  nazariyasi
  yordamida  izohlash  mumkin. 
Bu  nazariyaga  ko‘ra,  jamiyatda  aholining  takror  barpo  bo‘lishi  4  ta 
bosqichdan  o‘tib  o‘zgarib  boradi  (7-rasm).  Dastlabki,  1-bosqichda 
tug‘ilish  bilan  o‘lim  juda  yuqori  bo‘lib,  orasidagi  tafovut,  ya’ni  aho-
li  tabiiy  ko‘payishi  minimal  darajada  saqlanadi.  Bunday  demografi k 
vaziyat  “an’anaviy  turg‘unlik”  deb  ataladi.  Keyingi,  2-bosqich  davo-
mida  o‘lim  darajasi  keskin  kamayib,  yuqorida  ta’rifl angan  demografi k 
portlash  hodisasi  ro‘y  beradi.  Demografi k  o‘tishning  3-bosqichida 
o‘limning  pasayish  jarayoni  o‘z  poyoniga  yetib,  tug‘i lish  darajasi  ka-
mayishni  boshlaydi.  Tug‘ilishning  pasayib  ketishi  aho li ning  yashash 
tarzi  o‘zgarganligi  (shaharlashuv, 
sanoatlashuv,  mehnat  unumdorligi-
ning  yuksalishi,  tibbi yotning  rivojla-
nishi,  ayollarning  jamiyatdagi  o‘rni 
o‘zgarishi  va  hokazo)  natijasida 
yuzaga  keladi.  Yakuniy,  4-bosqich-
da  esa  tug‘ilish  va  o‘lim  ko‘rsat-
kichlari  ancha  past  bo‘lib,  tabiiy 
ko‘pa yish  minimal  darajada  kuza-
tiladi  va  “zamonaviy  barqarorlik” 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish