Geografiya 10 sinf 2017. indd


VI BOB. DUNYONING GEOSIYOSIY



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

VI BOB. DUNYONING GEOSIYOSIY 
MANZARASI VA GLOBAL MUAMMOLAR


83
jamiyatda  kechayotgan  har  xil  darajadagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar, 
ularning  yuzaga  kelishi,  harakatlanishi  va  o‘zgarib  borishini  o‘zida  aks 
ettiruvchi voqealar rivojini tahlil qilish uning predmetini tashkil etadi. 
Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. 
Sivilizatsion
 yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik 
imperiyalar  emas,  balki  turli    madaniy-diniy  jamoalar  –  sivilizatsiyalar 
rivojlantiradi degan fi krni bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev, 
P. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A.Toynbi, S. Xantington kabilar ushbu 
oqim g‘oyalari rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Garvard universi-
teti professori S. Xantingtonning 1993-yil chop etilgan “Sivilizatsiyalar 
to‘qnashuvi”  deb  nomlangan  kitobida  XXI  asrning  asosiy  munozarali 
to‘qnashuvlar negizi bo‘lib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsi-
yalar chegaralari kesishgan hududlar hisoblanishini ta’kidlab o‘tadi. 
Harbiy-strategik
 yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klau-
zes, X. I. Moltke, A. Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo‘yi davlat-
larining  tarixi  geografik  o‘rni,  qirg‘oq  chegara  chiziqlarining  uzunligi 
va  ko‘rinishi, istiqomat qiluvchi aholi soni hamda ularga xos bo‘lgan 
xususiyat  kabi  omillar  ta’sirida  shakllanadi  degan  fikrni  bildirganlar. 
Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlat-
larining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon 
siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim 
bo‘lgan, harakatlar yo‘nalishini ko‘rsatib berishdan iborat bo‘lgan, deb 
hisoblash mumkin. 
Geografi k  determinizm
  geosiyosatda  mavjud  bo‘lgan  eng  qadimiy 
yondashuv  hisoblanadi.  Ushbu  g‘oya  tarafdorlari  tabiiy  muhit  (iqlim, 
tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir 
ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Bu fi krlar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, 
Gippokrat, Polibiy, Aristotel kabilar tomonidan shakllantirilgan, keyinchalik 
uning rivojlanishida J. Baden, Sh. Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning 
xizmatlari  katta  bo‘lgan.  Ular  tomonidan  ko‘rsatib  berilgan  tabiiy  muhit 
unsurlari orasida aynan iqlim insonlar atvorining shakllanishi va davlatlarda 
mavjud  siyosat  xususiyatlarni  yuzaga  kelishida  sababchi  bo‘lgan  asosiy 
omil sifatida qaralgan.
Geosiyosatda mavjud barcha qarashlar makon (hudud) ustidan nazorat 
g‘oyasini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur fan aynan davlat yoki davlatlar 
ittifoqi tomonidan makon ustidan nazorat o‘rnatishning asosiy yo‘nalishlari 
va  shakllarini  tadqiq  qilishi  bilan  ajralib  turadi.  Nazorat  qilinayotgan 


84
yoki  nazorat  qilinishi  rejalashtirilayotgan  hudud 
geosiyosiy maydon
  deb 
nomlanadi.  Bundan  tashqari  kuchlar  nisbati,  siyosiy  makon,  chegara, 
geosiyosiy qiziqish kabi geosiyosiy tushunchalar ham mavjud.
Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning 
qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida 
Vestfal,  Vena,  Versal,  Potsdam  va  Belovej  davrlarining  ahamiyati  katta. 
1648-yil O‘ttiz yillik urushning tugashi munosabati bilan imzolangan Vestfal 
shartnomasi  Yevropada  Ispaniya,  Portugaliya,  Gollandiya  keyinchalik 
Angliya,  Shvetsiya  va  Fransiya  kabi  markazlashgan  kuchli  davlatlarning 
jahon  siyosiy  maydonida  hukmronlik  qilish  uchun  o‘zaro  kurashga 
kirishishiga  sababchi  bo‘lgan.  Bu  bosqich  XIX  asrning  boshlarigacha 
davom etgan.
1814-yil  sentabr  –  1815-yil  iyun  oylarida  fransuz  inqilobi  yuz  beri-
shi  va  Napoleon  armiyasi  mag‘lubiyati  bilan Yevropada  yuzaga  kelgan 
siyosiy  holat  Vena  kongressida  o‘rganib  chiqilgan  va  bu  jarayon  yangi 
–  Vena  geosiyosiy  davrining  boshlanishiga  sababchi  bo‘lgan.  Rossiya, 
Avstro-Vengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va Usmoniylar imperi-
yasining  siyosiy  mavqelarining  ortishi  va  ular  o‘rtasida  dunyoni  bo‘lib 
olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr oxirlarida AQSH 
va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan rivojlanishi; Ger-
maniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan birlashuvi nati-
jasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va Rossiya-
ning esa  Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga kelgan 
Birinchi  jahon  urushining  Uchlar  ittifoqi  mag‘lubiyati  bilan  tugashi  bu 
davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi.
1919-yil  28-iyun  kuni  Fransiyaning  Versal  shahrida  Birinchi  Jahon 
urushi tugashi munosabati bilan shartnoma imzolanishi bilan geosiyosatda 
Versal  davri  boshlandi.  Shartnomaga  ko‘ra,  Fransiyaning  kontinental, 
Angliyaning esa dengizdagi qudratli imperiyalarga aylanishi; Germaniya, 
Avstro-Vengriya,  Rossiya  va  Turk  imperiyalarining  inqirozga  uchrashi; 
1917-yil oktabridan boshlab jahonda ilk sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan 
respublikalar ittifoqining paydo bo‘lishi; jahon davlatlari orasida AQSH 
siyosiy  va  iqtisodiy  mavqeining  kuchayishi;  1939-yilda  Ikkinchi  jahon 
urushining  boshlanishi  ushbu  davrga  xos  asosiy  tarixiy  voqeliklar 
hisoblanadi.
1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi tugashi 
munosabati  bilan  Potsdam  shartnomasining  imzolanishi  bilan  to‘rtinchi 


85
geosiyosiy davr boshlandi. Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga 
kelishi:  Sobiq  Ittifoq  va  uning  tarafdorlari  kontinental,  AQSH  va  uning 
tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi;  ikki qudratli blok 
o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfi ning yuzaga kelishi mazkur davrdagi 
asosiy siyosiy jarayon hisoblanadi. 
1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida 
SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan Belovej shartnomasining 
imzolanishi  hozirgi  davrda  eng  so‘nggi  geosiyosiy  bosqichning 
boshlanishiga  turtki  bo‘ldi.  Uning  o‘rnida  12  ta  mustaqil  davlatning 
yuzaga kelishi va ularning MDH tarkibida birlashuvi; jahonda sotsialistik 
tuzumning  yemirilishi;  Yevropaning  bir  qator  davlatlarida  (GFR, 
Yugoslaviya,  Chexoslavakiya)  yuz  bergan  siyosiy  o‘zgarishlar;  NATO 
harbiy  bloki  mavqeyining  kuchayishi  kabilar  davrga  xos  asosiy  siyosiy 
o‘zgarishlar hisoblanadi. Aytib o‘tilganidek, bu davr hali o‘z nihoyasiga 
yetgan emas. Bundan kelib chiqadiki, Belovej davriga xos bo‘lgan yana 
bir qator siyosiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
Geosiyosat,  geosiyosiy  yondashuvlar,  sivilizatsion  yondashuv,  harbiy-strategik 
yondashuv, geografi k determinizm, geosiyosiy kategoriyalar, makon ustidan nazorat, 
geosiyosiy maydon, geosiyosiy davrlar, Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej 
davrlari.
1. Geosiyosat fani qaysi jihatlari bilan boshqa geografi k fanlardan ajralib turadi?
2. Rudolf Chellenning “Geosiyosat – bu borliqdagi davlatlarni geografi k organizm 
sifatida o‘rganuvchi fandir” deb bildirgan fi krini qanday izohlaysiz?
3. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, Belovej davrida jahon mintaqalarida yuz 
bergan siyosiy o‘zgarishlarni quyidagi jadvalda ifodalang.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish