Geografik qobiqda odam. Irqlar Reja: Geografik qobiqda odam Irqlar va ularning turlari



Download 32,32 Kb.
bet5/7
Sana18.01.2022
Hajmi32,32 Kb.
#391265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11 MAVZU Geografik qobiqda odam

Avstraloidlar terisining to‘q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‘lqinsimon sochlari (avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami (avstraliyaliklar), ba’zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi. Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‘laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari (Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar, hamda negritoslar va aynlar) o‘z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari pigmentasiya bo‘yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami rivojlanishi bo‘yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar yaqqol namoyon bo‘lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga o‘xshash jingalak. Avstraloidlarga o‘xshash umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan veddoidlar o‘zlarining past bo‘yi, yuz terisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh ustidagi suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‘yli va jingalak sochli negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‘liq bo‘lsalarda, o‘zlarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ulardan keskin farqlanadi. Ularda deyarli barcha katta irqlarning ma’lum xususiyatlari o‘z aksini topgan (yevropeoidlardan – yorqin rangli teri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, avstraloidlardan – keng burun va nishab peshona hamda mongoloidlardan –epikantusning mavjudligi).

Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga mansub belgilari bo‘lgan Madagaskar, Gavayi, Polineziya va Mikroneziya aholisining aralash irqiy tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida ajratiladi.

Turli irqiy guruhlarga mansub yuqorida ko‘rsatilgan tashqi farqlardan tashqari, ularda fiziologik va biokimyoviy jihatdan tafovutlar ham mavjud. Jumladan, turli irqlar qon guruhi, tishlarining joylashuvi, ta’m bilishi, oqsil zardobi, rang turlarini ajratishi (daltonizm) va h.k. xususiyatlar bilan ham bir-biridan farqlanadilar.

Etnoslar, tillar va dinlardan farqli o‘laroq, irqlar orasida qandaydir aniq chegarani belgilash juda qiyin. Irqlarning aralashuvi ko‘p ming yillar davom etib, tinimsiz va ayni paytda jadal sodir bo‘ladigan jarayondir (dunyo aholisining 30 foizi aralash va oraliq irqlarga mansub kishilar). Shuning uchun irqiy farqlar odatda bir-biridan uzoqda joylashgan kishilar guruhlari orasida yaxshi seziladi, o‘zaro yaqin yashaydigan kishilar orasida esa deyarli bilinmaydi.

Ta’kidlash joizki, asosiy morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlariga ko‘ra, insoniyat bir xil. Irqiy tafovutlar inson tanasi tuzilishidagi eng muhim biologik xususiyatlarga taalluqli emas va kamsonli qiyosiy belgilarda namoyon bo‘ladi. Har qanday irq vakillari o‘rtasidagi nikohdan sog‘lom farzand tug‘ilishi mumkin.


Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish