Geografik qobiqda odam. Irqlar Reja: Geografik qobiqda odam Irqlar va ularning turlari


Irqiy va etnik birliklarni saqlab qolish



Download 32,32 Kb.
bet6/7
Sana18.01.2022
Hajmi32,32 Kb.
#391265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11 MAVZU Geografik qobiqda odam

Irqiy va etnik birliklarni saqlab qolish

Irqiy va etnik birliklarni saqlab qolish nisbati masalasi juda murakkab. U yoki bu birlikning tabiati o‘zaro keskin farq qilishini ularni ajratishda qo‘llaniladigan mezonlarning xilma-xilligidan ham bilish mumkin. Ayni paytda, qadimda odamlarning irqiy tiplari xuddi etnik birlikda bo‘lgani kabi, kishilarning hududiy guruhlari asosida shakllangan. Qabilalar dastlab irqiy jihatdan ham bir xil bo‘lgan. Asta-sekin, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida va yer shari bo‘ylab tarqalishi natijasida turli qabila guruhlari o‘zaro qo‘shilib keta boshladilar. Agar kishilarning etnik guruhlari shakllanishi ko‘proq ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, irqiy belgilar esa asosan biologik jarayonlar hosilasidir.

Xalqlar katta irqlar darajasida bir xil bo‘lishi mumkin, lekin deyarli doim bu irqlarning ayrim bo‘linmalariga nisbatan har xil. Masalan, Yevropa xalqlarining mutloq ko‘pchiligi yevropeoid irqiga mansub, biroq ulardan har biri ushbu irqning ikki, va hatto ba’zan har uchala (shimoliy, oraliq va janubiy) guruhi vakillarini o‘z ichiga oladi. Agar katta yevropeoid irqining mayda irqiy tiplari (belomor-baltika, alp, dinar va h.k.) haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning chegarasi etnik chegaralar bilan umuman mos kelmaydi.

Xuddi shu kabi irqlar va til bo‘linmalari orasidagi chegaralar ham o‘zaro mos kelmaydi. Masalan, turk guruhiga mansub tillar mongoloid irqi vakillari orasida ham (yoqutlar, tuvaliklar va h.k.), yevropeoidlar orasida (ozarbayjonlar, turklar va h.k.) ham keng tarqalgan; ko‘pchilik turk tillarida so‘zlashadigan xalqlar aralash irqiy formalarga mansub. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Ko‘pchilik Amerika mamlakatlari etnoslar shakllanishida irqiy tiplar jadal qo‘shilishining yorqin misoli bo‘la oladi. Metisasiya asosan qadimda va o‘rta asrlarda bo‘lib o‘tgan Eski Dunyodan farqli ravishda, bu yerda mazkur jarayonlar so‘nggi uch-to‘rt asrda ro‘y berdi va hozir ham davom etmoqda.

Ko‘pchilik zamonaviy Amerika xalqlari ikki, ba’zan uch irq vakillari qo‘shilishidan paydo bo‘lganlar. Bunda Afrikadan keltirilgan, turli qabilalarga mansub, yangi joylarda oqlar bilan ketma-ket o‘rnashgan negrlar tezda qabila tillarini unutib, o‘zlari yashay boshlagan mamlakatning hukmron tillarini (ingliz, ispan, portugal, fransuz) o‘zlashtirdilar. Atrofdagi aholi bilan qo‘shilib, ular ayrim mamlakatlarda millatni (braziliyaliklar, kubaliklar) tashkil etuvchi asosiy etnik komponentlarga aylandilar. Boshqa mamlakatlarda, ayniqsa AQShda, ularning oq aholi bilan qo‘shilish jarayoniga irqiy kamsitish siyosati orqali sun’iy to‘siqlar qo‘yildi.

MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida yevropeoid irqining har uchala guruhiga mansub kishilar ko‘pchilikni (80%dan ortiq) tashkil etadi. Shimoliy guruh boltiq xalqlariga, shimoli-g‘arb – ruslarga, janub esa asosan kavkaz xalqlariga tegishli. Oraliq formalarga ruslarning katta qismi, ukrainlar, beloruslar va boshqa xalqlar kiradi. Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqning tubjoy xalqlari mongoloidlarning materiak guruhiga mansub, eskimoslar esa mazkur irqning arktika guruhini tashkil etadi. Volgabo‘yida, Uralda, G‘arbiy Sibirda va Qozog‘istonda qadimdan yevropeoid va mongoloidlar o‘rtasida oraliq zona shakllangan. Boz ustiga, mongoloid irqini namoyon qiluvchi belgilar sharqqa tomon kuchayib boradi. Mongoloid belgilari ustunlik qiluvchi G‘arbiy Sibir tekisligi va Sayan-Oltoy zonasi xalqlari Ural irqiy guruhi tarkibiga kiradilar.

Volgabo‘yi va Uralda yashovchi fin (mordva, mari, udmurt, saam) va turk (chuvash, boshqird va tatar) tillarida so‘zlashuvchi xalqlarda mongoloid irqiga mansub belgilar ancha zaif rivojlangan; ushbu xalqlarni laponoid va uralyoni irqiy tiplari deb atash qabul qilingan.

Xalqlarning buyuk ko‘chishi davrida Markaziy Osiyo mongoloidlarining ko‘pchiligi, tubjoy aholisi asosan yevropeoidlardan iborat bo‘lgan G‘arbiy Sibirning cho‘l mintaqasiga, Qozog‘istonga, O‘rta Osiyoga va Janubi-Sharqiy Yevropa cho‘llariga kirib bordilar. Natijada bu yerda ikkita aralash irqiy tip: asosan zamonaviy qozoqlar orasida tarqalgan janubiy sibir (ularda mongoloid irqining belgilari yaqqolroq namoyon bo‘lgan) hamda turkmanlar, o‘zbeklar va qisman tojiklar uchun xarakterli bo‘lgan o‘rta osiyo (ularda mongoloid irqiga mansub belgilar juda kam seziladi) tipi shakllandi. Sibirga dastlab ko‘chib kelgan ruslar mahalliy aholi bilan aralashib, nafaqat etnomadaniyati, shu bilan birga irqiy jihatdan farqlanuvchi, o‘ziga xos, kamsonli guruhni tashkil qildilar (kamchadallar, yasashlar va h.k.).


Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish