Geografik qobiqda odam. Irqlar Reja: Geografik qobiqda odam Irqlar va ularning turlari



Download 32,32 Kb.
bet7/7
Sana18.01.2022
Hajmi32,32 Kb.
#391265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11 MAVZU Geografik qobiqda odam

Irqlarning tarqalish hududlari

Yevropa aholisi deyarli to‘liq (Afrika, Janubiy Osiyo va Hindistondan yaqin o‘tmishda kelgan muhojirlar bundan mustasno) yevropeoid irqiga tegishli. Qit’aning chekka shimol va janub mintaqalari aholisi irqiy tiplari bo‘yicha o‘zaro keskin farqlanadilar; bir tomonda, baland bo‘yli, sariq soch, ko‘kko‘z norveglar (shimoliy yevropeoidlar), va ikkinchi tomonda, nisbatan past bo‘yli, qorasoch, qo‘yko‘z italyanlar (janubiy yevropeoidlar) o‘rtasida o‘xshash belgilar kamligini payqash mumkin. Shu bilan birga, Yevropada irqiy belgilar shu darajada sekin o‘zgaradiki, kichik irqlar o‘rtasidagi aniq chegarani belgilash mumkin emas. Shartli ravishda Skandinaviya mamlakatlari, Islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Niderlandiya va Germaniyada shimoliy yevropeoidlarning atlantika-boltiq irqiy tipi tarqalgan, deb qabul qilingan. Pireney yarim oroli, janubi-g‘arbiy Fransiya, janubiy va markaziy Italiya, janubiy Gresiya, O‘rtaer dengizi orollari aholisi janubiy yevropeoidlarning o‘rtaer dengizi irqiy tipiga, sobiq Yugoslaviya, shimoliy Gresiya, Bolgariya, shimoliy Italiya va janubiy Avstriya – dikar irqiy tipiga mansub. Yevropaning boshqa aholisini irqiy jihatdan ajratish murakkab bo‘lib, “oraliq va o‘rta yevropa formalari” deb ataluvchi mavhum tushuncha ostida birlashgan guruh tarkibiga kiritadilar. Umuman mintaqa aholisining 17 foizi shimoliy va 32 foizi janubiy yevropeoidlarga, yarmidan ko‘prog‘i oraliq va o‘rta yevropa formalariga taalluqli.

Osiyo aholisi antropologik jihatdan nihoyatda murakkab bo‘lib, bu yerda barcha katta 4 irqning ko‘pchilik guruhlari tarqalgan. Janubiy yevropeoidlar jami aholining 29 foizini tashkil etib, ular Old Osiyo va shimoliy Hindistondagi old osiyo, hind-afg‘on, pomir-farg‘ona irqiy tiplari vakillaridan iborat. Mongoloidlar (taxminan 31% aholi) shimoliy yoki materik (mug‘ullar, tungus-manchjuriya xalqlari) va sharqiy yoki tinch okean (koreyslar, shimoliy xitoylar) guruhlariga ajratiladi. Mongoloidlarga mongoloid va avstraloid irqlari o‘rtasidagi aralash va oraliq formalar uzqiy bog‘liqdir. Ushbu formalarga quyidagilar tegishli: janubiy Osiyo tipi yoki janubiy mongoloidlar guruhi (25% aholi) – janubiy xitoylar, indoneziyaliklar, filippinliklar, Hindixitoy xalqlari; ayrim ayn elementlari uchraydigan yapon tipi (5% aholi), va sharqiy indoneziya tipi (Molukki orollari aholisi).

Osiyoda avstraloid irqi vakillari juda kam (0,4% aholi), biroq ular ko‘plab hududlarda tarqalgan. Veddoid tipi Shri-Lankadagi veddlardan tashqari, dravid va munda xalqlarining ayrim guruhlari hamda hind ariy til guruhiga mansub bxillar; papuas-melaneziya tipi – sharqiy Indoneziya xalqlari orasida; negritoslar – Filippin aetlari, Malayziya semanglari, Hindistondagi andamanliklar; ayn tipi – Yaponiyadagi ayn xalqlari orasida uchraydi. Yevropeoidlar janubiy tarmog‘i va veddoidlarning qadimiy aloqalari hududida Janubiy Hindiston tipi (10% aholi) shakllangan. Uning asosiy vakillari bo‘lib, dravid til oilasiga mansub Janubiy Hindiston xalqlari hisoblanadi.

Afrikaning 54,1% aholisi Sudan, materikning markaziy va janubiy qismlarini egallagan negroid katta irqiga mansub. Turli hududlardagi negrlar irqiy belgilar bo‘yicha o‘zaro katta tafovut qiladilar – terisining rangi to‘q qoradan jigarranggacha turlanadi, lab qalinligi, burun kengligi hamda bo‘y balandligi bo‘yicha o‘zaro farqlanadilar, biroq barchasining sochi bir xilda jingalak.

Agar negrilley va gotentotlarning bushmenlar bilan alohida ajralib turadigan morfologik jihatlari, sudanliklar va nilotlarning baland bo‘yi va terisining qoraligi, Kongo daryosi havzasi negrlarining uzun boshli va barvasta ekanligi hisobga olinmasa negroidlarni turli irqiy tiplarga ajratish masalasi hali oxiriga yetmagan. Kongo daryosi tropik o‘rmonlarida yashovchi negrilleylar uchun pakanalik (bo‘yi 150 sm dan past), yupqa lab, yuz va tananing jun bilan kuchli qoplanganligi, boshqa negroidlarga nisbatan tana rangining ochligi xosdir. Janubi-g‘arbiy Afrika cho‘llarida yashovchi bushmenlar va gottentotlar boshqa negroidlardan terisining och rangi, past bo‘ylari (150-160 sm), epikantusning mavjudligi bilan ajralib turadi va bu narsa ularni mongoloidlar bilan yaqinlashtiradi.

Afrika aholisining ¼ qismini tashkil etuvchi janubiy yevropeoidlar materik shimolidan to Sahroi Kabirgacha tarqalgan bo‘lib, tarkibi asosan arablar va barbarlardan iborat. Afrika janubida 10 mln. ga yaqin G‘arbiy Yevropadan chiqqan kishilar avlodlari yashaydilar va ular antropologik jihatdan yevropeoid irqining oraliq formalariga va uning shimoliy tarmog‘iga mansubdirlar.

Afrika aholisi irqiy aralashuvi asosan negroidlar va yevropeoidlar o‘rtasida yuzaga kelgan. Ular orasidagi qadimiy aloqalar zonasida efiop tipi shakllangan. Burun shakli va yuz tuzilishiga ko‘ra efioplar arablardan deyarli farq qilmaydilar, biroq ular terisining rangi xuddi negrlar kabi qora. Afrika g‘arbida fulbe xalqlaridan iborat, negroidlar va yevropeoidlar irqiy belgilarini o‘zida aks ettiruvchi G‘arbiy Sudan oraliq tipi tashkil topgan. Arablar bosqini va islom dinining tarqalishi tarqalishi natijasida janubiy yevropeoidlarning arab tilida so‘zlashuvchi ma’lum aholisi Afrikaning ichki qismlariga kirib keldilar. Bu esa o‘z navbatida Sudan oraliq tipi shakllanishiga olib keldi. Madagaskarda Janubi-Sharqiy Osiyodan ko‘chib kelgan janubiy mongoloidlar bilan tubjoy aholisining qorishishi oqibatida mongoloid va negroid irqiy belgilarini namoyon etuvchi malagas oraliq tipi vujudga keldi.

Amerika xalqining irqiy tarkibi nihoyatda rang-barang bo‘lib, bu yerdagi aholi shakllanishida insoniyatning barcha uch irqi vakillari ishtirok etgan. Yerli aholi – hindular va eskimoslar – Meksika yassi tog‘larida, And tog‘larida, Janubiy Amerikaning ichki o‘lkalarida va arktikaning ayrim hududlarida jamoa-jamoa bo‘lib saqlanib qolganlar. Boshqa hamma joylarda yo irqiy jihatdan aralash aholi yoki keyin ko‘chib kelganlar – yevropeoidlar va negroidlar – avlodlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Yerli aholi mongoloid irqining har xil tiplariga mansub.

Hozirgi paytda Amerikada yevropeoidlar boshqa irq vakillariga nisbatan keng tarqalgan. AQSh va Kanada aholisining 90 foizi, Lotin Amerikasi aholisining 25 foizi ularga mansub. Shimoliy Amerikaga, uning janubiy qismidan tashqari, asosan yevropeoidlarning shimoliy va oraliq guruhlari (Buyuk Britaniya, Skandinaviya, Germaniya aholisi) vakillari ko‘chib keldilar. Biroq antropologik tip chegaralari o‘rtasidagi aralashuv jarayonida bu farqlar Yevropadagidan ko‘ra ham kamayib ketdi. Natijada oraliq irqiy formalar hozirda ko‘pchilikni tashkil etadi. Lotin Amerikasida ispanlar, portugallar va italyanlarning avlodlaridan iborat asosan janubiy yevropeoidlar o‘rnashgan. Lotin Amerikasidagi ko‘pchilik yevropeoidlarda ma’lum darajada hind yoki negr qoni alomatlari seziladi.

Hind va yevropa nikohlari aralashuvidan hosil bo‘lgan avlodlar – metislar Amerika irqiy guruhlari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Meksika, ko‘pgina Markaziy Amerika davlatlari, Venesuela, Chili, Paragvay kabi Lotin Amerikasi mamlakatlarida ular aholining asosiy qismini tashkil etadi. Yevropa va Afrika aholisi qorishishi natijasida paydo bo‘lgan mulatlar soni nisbatan kam bo‘lib, ular tarkibiga AQShliklarning bir qismi, Braziliya, Kuba, Venesuela aholisi, Vest-Indiya xalqlari kiradi. Ba’zi hollarda metislar va mulatlarni o‘zaro ajratish qiyin. Umuman aholi tarkibida aralash irqiy tiplar salmog‘i tinimsiz oshib bormoqda.

Amerikada negroid irqiga aralashmagan (yoki kam aralashgan) Afrikadan keltirilgan negr-qullarning avlodlari kiradi. Yirik negroid guruhlari Braziliya va AQShda yashaydilar hamda Gaiti, Yamayka va boshqa Vest-Indiya mamlakatlarining asosiy aholisini tashkil etadi. Umuman Amerikada yevropeoidlar jami aholining 53 foizini, metis va mulatlar – 34 foizni, negrlar – 7 foizni va mongoloid hindular 6 foizni tashkil etadi.



Avstraliya va Okeaniyada yevropaliklar kelgunga qadar aholining asosiy qismi avstraloid katta irqining ikki – avstraliya va papuas-melaneziya tiplariga mansub bo‘lgan. Okeaniyaning sharqi va shimolida – Polineziya va Mikroneziyada oraliq irqiy tiplar keng tarqalgan. XVII asrda, asosan yevropaliklar va qisman osiyoliklar orasida boshlangan yalpi immigratsiya ushbu mintaqa aholisi irqiy tarkibini keskin o‘zgartirib yubordi. Avstraliya va Yangi Zelandiyada yevropeoid irqining asosan oraliq va qisman shimoliy tarmog‘iga mansub vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi. Okeaniya aholisining yevropaliklar va osiyoliklar bilan qo‘shilishi Polineziya va Mikroneziyada, hamda Fidji va Yangi Kaledoniyada metis guruhlari shakllanishiga olib keldi. Ko‘pgina Melaneziya orollarida va Yangi Gvineyada metislar kam. Umuman Avstraliya va Okeaniyada yevropeoidlar (asosan ularning oraliq tiplari) aholining 76 foizini, melaneziyaliklar va papuaslar 16 foizini, polineziyaliklar va mikroneziyaliklar 4,5 foizini tashkil etadi.

Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki aholining etnik birligini saqlash ancha dolzarb bo’lib bunga sabab u yoki bu hududlarni bosib olishi natijasida aholi o’rtatasida etnik birligini chatishib ketadi. bu esa oraliq irqlarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. bunga misol tariqasida Metis Mulat Sambo kabi katta oraliq irqlar vujudga kelishiga sabab qilishimiz mumkin bo’ladi

Mulati Shubhasiz, o'zaro chegaralar o'tish joyi mavjud edi, lekin shubhasiz, u juda katta bo'lmagan. Vaziyat 1492 yilda Kolumbning yelkanlari bilan boshlangan ulkan geografik kashfiyotlarning paydo bo'lishi bilan o'zgardi. Birinchi marta "mulatto" atamasi XVI asrning Ispaniy hujjatlarida qayd etildi, ammo uning kelib chiqishi noma'lum. Bir versiyaga ko'ra, bu yarim farzandlik arablarini, qolgan arabcha, boshqa duragaylar uchun olingan har qanday gibridlarni bilishi uchun qabul qilingan.



Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish