148
Bu pasttekislik tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va tog‘lardan
nurab tushgan jinslar bilan to‘lib borgan.
Hind vodiysida tropik,
Gang vodiysida esa subekvatorial musson iqlim tarkib topgan.
Gang daryosining quyi oqimida yog‘in miqdori 2 500 mm
ga yetadi. Bu yerda yomg‘ir vaqt-vaqti bilan jala tarzida yog‘adi
va suv toshqinlari bo‘lib turadi.
Lekin Hind daryosining
sharqida iqlim qurg‘oqchil, yomg‘ir juda kam yog‘adi.
Hatto bu
yerdagi Tar cho‘lida yiliga 100 — 150 mm yog‘in yog‘adi.
Hind-Gang pasttekisligida musson iqlimli o‘rmonlar kam
uchraydi. Gang va Braxmaputra deltasida
qalin mangrazorlar va
doimiy yashil o‘rmonlar bor. G‘arbiy qismida sho‘rxok
va qumli
cho‘llar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: