Hindiston yarimoroli. Hindiston yarimorolining asosi eng
qadimgi Hind platformasidan iborat. Yer yuzasining katta qis-
mi qadimgi kristall jinslardan tuzilgan. Qazilma boyliklardan te-
mir va marganes rudalari, oltin, olmos, grafit, ko‘mir va neft
konlari bor. Eng baland joyi yarimorolning janubida joylashgan
Anaymudi tog‘idir (2 698 m). Yarimorolning g‘arbida dengiz qir-
g‘og‘i bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan G‘arbiy Gatt tog‘lari
va sharqida Sharqiy Gatt tog‘lari mavjud.
Hindiston yarimorolining iqlimi subekvatorial musson iqlim.
Yanvarning o‘rtacha harorati +26 °C, iyun oyida +40 °C dan
oshadi.
G‘arbiy Gatt tog‘larida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar,
markazida savanna o‘rmonlari va savannalar, daryo deltalarida
mangra o‘rmonlari tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |