Atama, tayanch tushuncha va nomlar AQSH amerikaliklari, eskimoslar, asteklar, mayyalar, Yel-
loustoun, Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont.
Nazorat uchun savollar 1. Shimoliy Amerikada aholisining asosiy qismini kimlar
tashkil etadi?
2. Materikda birinchi milliy bog‘ qachon va qayerda tashkil
etilgan?
Amaliy topshiriqlar 1. Xaritadan foydalanib materik aholisi zich yashaydigan
hududlarni aniqlang va tahlil qiling.
2. Yozuvsiz xaritaga Shimoliy Amerika milliy bog‘lari va
qo‘riqxonalarini tushiring.
48- §. Shimoliy Muz okeani Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy
qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yar-
mini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rin-
110
da, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan yagona
okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘y-
ho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb
tunlari va kunlari bo‘ladi.