Aholisining joylashishi. Aholining joylashishi, avvalo, mate-
rikka aholining ko‘chib kelishi tarixiga va tabiiy sharoitga bo‘gliq.
Materikning janubiy yarmida aholi eng ko‘p o‘rnashgan. Ma-
terikning Yevropa mamlakatlaridan dastlabki ko‘chib kelgan
kishilar joylashgan sharqiy qismida aholining zichligi katta. Eng
yirik shaharlar Shimoliy Amerikaning shu qismida joylashgan.
Materikning yashash uchun noqulay, tundra va tayga o‘r-
monlaridan iborat bo‘lgan shimoliy yerlarida aholi siyrak o‘r-
nashgan. Iqlimi quruq va yuzasi notekis tog‘li o‘rmonlarda ham
aholi kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |