13
Shunday qilib, geoekologik
izlanishlar hech qachon ush-
bu geosfera doirasidan chiqib ketmasligi lozim. Aks holda u
boshqa fanlarga tegishli bo‘lib qoladi. Lekin geografik qobiq
muayyan joyda qanday qalinlikka ega bo‘ladi, degan savolning
o‘zi hanuzgacha jumboq hisoblanadi. Bu muammo olimlar-
ning alohida bir tadqiqot va munozara obyektidir.
Fan obyekti kishilarning ongidan mustaqil hosil bo‘lgan
obyektiv reallik.
Geotizimlar esa, u qanday ko‘rinishda va
chegarada ifodalanmasin, baribir, kishilar ongining mahsuli
emas. Shuning uchun ham geoekologik obyektni uning pred-
meti bilan almashtirish yoki ularni bir ma’noda talqin qilish
yoinki unga
boshqacha tushuncha berish
5
hech qanday falsafiy
asosga to‘g‘ri kelmaydi.
Barcha fanlar tizimida bo‘lgani kabi «Geografiya»da ham
geografik fanlarning yagona obyekti bor, u ham bo‘lsa geo-
grafik qobiqdir. Ushbu obyekt barcha geografik fanlarga, jum-
ladan, geoekologiyaga ham taalluqli. Geografik fanlar tizimi-
ga kiruvchi barcha fanlar aynan geografik qobiq doirasida o‘z
tadqiqotlarini olib borishi lozim. Aks
holda ular geografik fan-
lar tizimiga kirmay qoladi. Geografiyaning bir butunligi (jips-
lashuvi) ham aynan shu falsafiy mezon bilan o‘lchanadi. Bu bi-
lan biz geografik fanlar tizimida turuvchi mustaqil geografik
fanning o‘z obyekti yo‘qoldi va hamma geografik fanlar yagona
obyektga ega ekan degan ma’noni anglamasligimiz lozim.
Masalan,
Landshaftshunoslik obyekti
–
Yer yuzasi quruqlik
qismining landshaftlari, lekin suv yuzasi emas.
Landshaft qo-
biq esa geografik qobiqning bir bo‘lagi. Uni muayyan bir qa-
linlikda berish mantiqan to‘g‘ri emas. Chunki «land»
–
«yer»
(kichkina harfda), «shaft»
–
«manzara». Yer yuzasi quruqlik
qismining manzarasi degan ma’noni anglatadi. Manzarani
yoritishda qalinlik yoki qobiq usti va osti chegaralarining ajra-
tilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Buyuk ingliz sayohatchisi
5
Зокиров Ш.С.
Кичик ҳудудлар табиий географияси. – Т.: «Универ си тет»,
1999. – 4–12-б.
14
J.Kuk aynan dengizda suzib quruqlikni ko‘rganidan so‘nggina
«New Zealand» deb orolni nomlagan, lekin suvni emas.
Iqtisodiy geografiya
ishlab chiqarish kuchlarini turli hudud-
larda rivojlanish va joylanish xususiyatlarini iqtisodiy tizimlar
doirasida o‘rganuvchi
6
geografik fan tarmog‘i.
Lekin iqtisodiy
tizim aynan geografik qobiq doirasida amal qilishi, uni maz-
kur qobiq chegarasida geotizim bilan bog‘liq ravishda hududiy-
lik, davriylik va komplekslik xususiyatlarini o‘rganishi «Iqti-
sodiy geografiya»ni iqtisodiyot fanlar tizimidan ajratib tura
oladi. Aks holda u iqtisod bilan «omiqta» bo‘lib ketadi.
Geoekologiyada geotizimlar organizmlarning yashash
muhiti deb qaraladi.
Shuning uchun ham
Do'stlaringiz bilan baham: