Nivelirlash jurnalini ishlab chiqish
Trassani nivelirlash jurnalida bekatdagi nuqtalar nisbiy balandligi reykalardan olingan sanoqlar orqali quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
h=a-b
bu yerda: a – orqadagi reykadan olingan sanoq;
b – oldingi reykadan olingan sanoq;
1–jadvaldan birinchi bekatda h qiymatini birinchi va ikkinchi o‘lchashlarda reykalardan olingan sanoqlar bo‘yicha quyidagicha hisoblaymiz:
h1 = 1238 – 1809 = -571;
h2= 1371 – 1940 = -569.
Hisoblangan nisbiy balandliklar jurnalni 6 – ustuniga tegishli ishorasi bilan yoziladi.
Bekatda nisbiy balandlik qiymatlari o‘zaro teng yoki farqi 4 mm dan oshmasa o‘rtacha qiymat hisoblanadi va u jurnalni 7-ustuniga yoziladi.
misol: hўр =
Shu tarzda keyingi bekatlarda nisbiy balandliklar va ularni o‘rtacha qiymati topiladi.
Jurnalda betma-bet tekshiruv bajariladi, buning uchun jurnalni betida quyidagilar hisoblanadi:
orqadagi reykadan va oldingi reykadan olingan sanoqlar yig‘indisi
Do'stlaringiz bilan baham: |