EB va EO qiymatlari gorizontal masshtabda qo‘yilib egri shartli yoy shaklida burilish o‘nga 1 bo‘lsa bo‘rtig‘i yuqoriga, yoki burilish chapga 2 bo‘lsa bo‘rtig‘i pastga qaratib chiziladi. To‘g‘ri chiziqlar ustida ular uzunligi, ostida – rumbi, egri yonida uning elementlari yoziladi.
«Nuqtalar balandligi» qatorida har bir piket yoki oraliq nuqtaning ustida qaydnomadan olingan va santimetrgacha yaxlitlangan balandligi yoziladi.
Nishablik qatorining chegara chizig‘i shartli gorizont qilib olinib undan 4-5 sm yuqorida eng past nuqta balandligi yaxlit metrda yoziladi va shkala bo‘laklari vertikal masshtabda qiymatlar bilan belgilab chiqiladi.
Bo‘ylama profilni yuqori qismida ko‘ndalang profil 1:200 gorizontal va 1:200 vertikal masshtablarda chiziladi. Bunda masofalar va nuqtalar balandligi qaydnomadan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |