Geodeziya, kartografiya va kadastr



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana30.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#596471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qurilish injenerlik geodeziyasi kurs ishi (Mansurov.M)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
QURILISH FAKULTETI 
“GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR”
KAFEDRASI QURILISH INJINERLIK GEODEZIYASI
FANIDAN 
 
KURS ISHI 
 
TUSHUNTIRISH XATI
Topshirdi :
15-18 guruh talabasi 
M.Mansurov
Rahbar :
B.Abduhalilov 
Taqrizchi :
O. Mamatqulov
Kafedra mudiri :
X.X.Turdiqulov 
 
Farg’ona – 2022 
 



MUNDARIJA 
 
Kirish, geodeziya fan sifatida.......................................................................... 

Kurs ishining asosiy vazifalari........................................................................ 

Kurs ishining asosiy hisob kitob qismi.......................................................... 
13 
Ob`yekt to‘g‘risida ma`lumotlar.................................................................... 
22 
Xulosa................................................................................................................ 28 
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................. 
29 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Qurilish injenerlik geodeziyasi fani qidiruv ishlarida, qurilish sanoatida hamda 
bino va inshootlarni kuzatishda yuzaga keladigan turli hil ilmiy va amaliy masalalarni 
yechishdagi topografik-geodezik taʼminlash usullarini oʼrganadi. Qisqa maʼnoda 
qurilish injenerlik geodeziyasi topografik-geodezik qidiruv, loyihalash va loyihani 
rejalash, qurilish jarayonini geodezik oʼlchashlar va kuzatishlar bilan taʼminlash, bino 
va inshootlar deformatsiyasini kuzatish ishlari bilan shugʼullanadi. Zamonaviy 
murakkab inshootlar uchun qurilish injenerlik geodeziyasi kursida aksini topgan 
quyidagi keng qamrovli geodezik maʼlumotlar talab etiladi:
1) Аstronomik-geodezik: asos tarmoqlar punktlarining koordinatalari va 
balandliklari;
2) Gravimetrik: shovun chizigʼining ogʼishi kattaligi;
3) Topografik va fotogrammetrik: turli masshtablardagi kartalar, fotoplanlar va 
fotokartalar;
4) Injener-geodezik: maydonlarning yirik masshtabli planlari, trassalar va 
daryolarning profillari, qayrilma elementlari,
geologik mahsulotlarni geodezik bogʼlash, togʼ jinslari mikrosiljishi va inshootlar 
deformatsiyalarini joyda kuzatish natijalari. 
Zamonaviy geodezik o‘lchash ishlari sanoat korxonalarida, qurilishda, ishlab 
chiqarish korxonalarida va xalq xo‘jaligining boshqa turli sohalarida sanoat va fuqaro 
qurilishida, yo‘llar, bino-inshootlar, truboprovodlar, kanallar, aerodrom, stansiya va 
boshqa ob’ektlarning o‘rnini aniqlash, ularning plan va kartalarda o‘rnini belgilash, 
loyihalarini chizish va ularni joyga ko‘chirish, qurish, ulardan foydalanish, tarixiy 
yodgorliklarni geodezik usulda suratga olishda, tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash 
maqsadida ularning geometrik o‘lchamlarini aniqlashda va tarixiy yodgorliklarda 
sodir bo‘ladigan buralish, egilish, siljish, og‘ish va boshqa turdagi deformatsiyalarni 
aniqlashda qo‘llaniladi.Bu ishlarni barchasida injenerlik geodeziya fani ahamiyati 
katta hisoblanadi. 



Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda bino, yo‘l, kanal, aerodrom, 
stansiya kabi injenerlik inshootlari o‘rnini aniqlash, ularni plan, karta va profilda 
loyihalash, joyga ko‘chirish va qurish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatish ishlariga 
doir o‘lchash usullarini o‘rganuvchi maxsus bo‘limi 
qurilish 
injenerlik geodeziyasi
deyiladi. 
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik 
inshootlari barpo etishga doir o‘lchash ishlariga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganadi. 
SHunga ko‘ra, texnikaviy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan geodeziya fani, ko‘pincha, 
injenerlik geodeziyasi nomi bilan yuritiladi. 
Er yuzasining katta qismini qog‘ozda ta’sirlashning qoida va usullarini 
o‘rganuvchi fan kartografiya deb ataladi. 
Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning siyomka (plan olish) 
ishlarida joyni havodan suratga olish usuli qo‘llanila boshladi; bu usul qoidalarini 
o‘rganuvchi fan 
aerofoto - geodgziya
deyiladi. 
Erning sun’iy yo‘ldoshidan turib, Er shaklini aniqlash va er yuzasi suratini 
olish usullarini o‘rganuvchi fan 
kosmik geodeziya
deb ataladi. 
Er massasida uzluksiz bo‘lib turgan geologik va geofizik hodisalar er shakli va 
yuzasining o‘zgarishiga tasirsiz qolmaydi. Shunga ko‘ra, hozirgi geodeziya fanining 
vazifasi er yuzasida bo‘ladigan hodisalarni statikaviy hol deb qaramay, balki 
murakkab dinamikaviy protsess deb qarab, geofizika va gravimetriya fanlari yutuqlari 
asosida geodinamik poligon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib borishdan 
iboratdir. 
Davrimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng ko‘lamda jadal 
olib borilayotgan turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yo‘llar o‘tkazish, kanal 
qazish, kattakichik binolar, to‘g‘on, aerodrom, turli stansiyalar kabi inshootlar qurish 
injenerlik geodeziyasi oldiga katta, murakkab va mas’uliyatli vazifalar qo‘ymoqda; 
bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga bo‘linib o‘sishiga undadi, yangi ish usuli 
va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi va bermoqda. 



Geodeziya fani qishloq xo‘jaligini planlashtirishga doir er tuzish ishlarida, 
harbiy ishlarda, mamlakat boyligini aniqlashda, melioratsiya, o‘rmon xo‘jaligi kabi 
muhim sohalarda keng qo‘llaniladi. Harbiylar «karta armiya ko‘zi» deyishadi. Karta 
esa geodezik o‘lchash natijalari asosida chiziladi. 
Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid o‘lchash ishlari bilan boshlanadi, 
davom ztadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo‘l o‘tkazish uchun avval shu 
inshoot o‘tishiga mo‘ljallangan joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda 
tanishiladi (bu ish rekognossirovka deyiladi), yo‘lning o‘q chizig‘i aniq belgilanadiki, 
inshoot qurish uchun mo‘ljallangan bu joy trassa deyiladi. Trassaning o‘q chizig‘i 
belgilanib joy s’yomka qilingach, nivelirlanadi. O‘q chizig‘i profili chizilib, loyiha 
chiziqlari o‘tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi. So‘ngra loyihadagi nuqtalar 
otmetkalari bo‘yicha joyga ko‘chiriladi. SHundan keyingina qurilish ishi boshlanadi. 
Geodeziyaning boshqa fanlarga munosabati. Geodeziya fani matematika, 
astronomiya, geografiya fanlari bilan bir vaqtda va chambarchas munosabatda 
taraqqiy etdi. Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, 
o‘lchash natijalari matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Er yuzasi a nuqtalar 
o‘rni geografik va astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Er shakli va uning 
o‘zgarishidagi protsesslarni o‘rganishda geofizika va geologiya kabi fanlardan 
foydalaniladi. Hozirgi davrda geodeziya fani mexanika, avtomatika, elektronika 
fanlari bilan va, hatto, kosmik kuzatish natijalari bilan ham bog‘liq holda taraqqiy 
etmoqda. 
Geodeziya fani tarixidan qisqacha malumot. Geodeziya qadimiy fan bo‘lib, 
kishilik jamiyati yashash sharoitining talabiga ko‘ra vujudga keldi, unga moslanib 
taraqqiy etdi va etmoqda. Tarixiy obidalar va arxeologik qazilmalarda topilgan noyob 
qoldiqlar tasdiqlashicha qadimiy Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy, Yunoniston 
(Gretsiya), O‘rta Osiyo va boshqa mamlakat xalqlari o‘z ehtiyojlarini qondirish 
uchun dehqonchilik qilish va sug‘orish kanallari qazish, turli bino va inshootlar 
qurish, ekin va bino joylarini o‘zaro taqsimlash kabi hayotiy masalalarni echishda 



geodezik o‘lchash ishlarini tatbiq etganlar. Masalan, miloddan ilgari Misrda Nil 
daryosining toshishi natijasida o‘g‘itlangan nam erlarning dehqonlar (falloxlar) 
orasida bo‘linishi geodeziya fanining dastlabki ishlaridan biri ekanligi ehtimoldan 
xoli emas. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish