Geodeziya, kartografiya va kadastr



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana30.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#596471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qurilish injenerlik geodeziyasi kurs ishi (Mansurov.M)

 Deformatsiya turlari 
Boʻrtish deformasiyalari, tuproq qatlamiga turli kimyoviy moddalar taʼsirida 
yoki uning namligi, harorati oʻzgarishi natijasida tuproq hajmining oʻzgarishi; 
Oʻtirish deformasiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik 
sharoitning oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi. Poydevor choʻkishining matematik 
xarakteristikasi-poydevorning boshlangʻich va choʻkish sodir boʻlgandan keyingi 
tekisliklari oraligʻidagi tik kesma bilan ifodalanadi. Agarda bu kesmalar inshoot 
poydevorining barcha burchaklarida teng boʻlsa bunday choʻkish bir tekisda choʻkish 
deyiladi, agarda kesmalar teng boʻlmasa notekis choʻkish hisoblanadi. Shunday qilib 
bir tekisda choʻkish inshootning barcha qismiga boʻlgan tashqi muhit taʼsiri bir xilda 
boʻlgan, hamda poydevor tagidagi togʻ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida 
yuzaga kelishi mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi. Notekis choʻkishlar inshoot 
qismlariga turli xil taʼsir koʻrsatilishi va tuproqning turlicha siqilishi natijasida 
yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni ogʻishiga, egilishi va boshqa xil 
oʻzgarishlariga olib keladi. Bu oʻzgarishlar sezilarli darajada boʻlganda bino 
poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo boʻlishi mumkin. Inshootning oʻz 
ogʻirligi natijasida sodir boʻladigan choʻkishlar tuproq qatlamining siqilib borishi 
natijasida maʼlum vaqtdan keyin toʻxtaydi. Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda 
choʻkish katta tezlikda harakatlanadi va tez toʻxtaydi. Loy tuproqli joylarda esa 
teskari holatda, yaʼni sezilarli boʻlmagan tezlikda boshlanib, koʻp yillar 
davomidatugamaydi. Bir tomonlama kuch taʼsirida (masalan, suv bosimi) 
inshootlarning gorizontal siljishi sodir boʻladi. Bino va poydevorlarning birgalikdagi 
siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi: 
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining toʻliq choʻkishi 



b) bino va inshootlar poydevorining oʻrtacha choʻkishi
v) poydevor nuqtalarining notekis choʻkishi 
g) nisbiy notekis choʻkish, yaʼni poydevor ikki nuqtasi orasidagi choʻkish 
farqini nuqtalar orasidagi masofaga nisbati; 
d) poydevor nishabligi i, yaʼni choʻkish farqini poydevor eni yoki uzunligiga 
nisbati. Poydevor nishabligi inshootning ogʻishiga (kren) olib keladi. 
e) inshootning burilish burchagi 
j) inshootning gorizontal siljishi
Deformasiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan 
foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir 
oraliqlarda olib borilishiga harakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va 
konstruksiyalarining siljishi va choʻkishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy 
vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar koʻrsatiladi: 
a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak boʻlgan qismlari; 
b) boshlangʻich reperlar va choʻkish markalarining joylashishi; 
v) kuzatish davriyligi
g) talab qilingan aniqligi; 
d) hisobot hujjatlarining roʻyhati. 
Poydevor va binolar deformasiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning 
qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda choʻkish sodir boʻlishini oldini olishga 
imkon beradi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish