3
KIRISH
Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalarga talab oshib bormoqda. XXI asr
texnologiya asri bo`lgani sababli barcha soxalarda texnologiyaga talablar oshmoqda.
Zamonaviy kompyuterlar va shunga o`xshash texnikalar ko`paymoqda. Lekin baribir
bizni Geodeziya, Kartografiya va Kadastr yo`nalishiga baribir qo`l mehnati lozim
bo`ladi. Avvaliga qo`l mehnati keyichalik esa yana texnika va texnologiyalardan
foydlanamiz. Zamonaviy texnolgiyalar bizni ishimizni tezroq bitish va aniqligini
oshirish uchun xizmat qiladi.
Geodeziya qadimiy fanlardan biridir. U kishilik
jamiyatining hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarini
taraqqiy etishi bilan rivojlana borgan. Geodeziya fani Arabiston, Xitoy, Hindiston, O’rta
Osiyoda taraqqiy etgan. Masalan IX asrning boshlarida arab xalifasi Mamun topshirig’i
bilan Mesopotomiya tekisligida yer sharining kattaligini aniqlash maqsadida gradus
o’lchash ishlari olib borilgan. Olimlar yer shari meridianini 1
yoy uzunligini 111,8 km
ekanligini aniqlaganlar.
1680-yilda I. Nyuton o’zini dunyo tortilish qonuniga asoslanib, yer - ellipsoid
shaklida degan fikrni olg’a surdi.
XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya sohasida olib
borilgan ishlar yerni shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko’rsatdi. Masalan ulug’
olim Laplas Fransiya va boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o’lchashlar natijasini
tahlil qilib, meridian 1
sining uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir xilda
kamaymasligini aniqladi. Shunga asoslanib yer o’ziga xos noaniq shaklga ega ekan,
degan xulosaga kelindi. 1873-yilda nemis fizigi I. V. Listing yerning bunday shaklini
geoid deb atalishini taklif etdi.Vatandoshimiz, buyuk o‘zbek olimi Abu Rayxon
Beruniy (973—1048) o‘zining «Qonuni Mas’udiy» asarining, asosan sferik
astronomiyaga bag‘ishlangan IV va V maqolalarida geodeziya va matematik
geografiyaning turli masalalarini ko‘rib chiqqan. Yer radiusi uchun u topgan
qiymat — 6 425 684 m (hozirgi qiymat taxminan 6 370 000 m), Yer meridiani
1° ning uzunligi uchun topgan qiymati 110 275 m (hozirgi qiymat 110 895 m)
bo‘lib, o‘sha davr uchun bu natijalar katta ahamiyatga ega edi. Beruniyning
1025- yilda yozgan «Turar joylar orasidagi masofalarni to‘g‘rilash uchun
joylarning chegaralarini aniqlash» asari astronomiya, geodeziya, geografiya
va geofizika haqida qimmatbaho ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib,
qisqacha,«Geodeziya» deb yuritildi. Beruniy bu asarida geodeziyaning
muhim masalalarini hal qildi va birinchi bo‘lib geodeziyani mustaqil fan
darajasiga ko‘tardi.