burchak qiymati o’rtacha 3-4 ni, bazi joylarda bir minutgacha qiymatni tashkil qiladi.
Ko‘pgina tadqiqot ishlari natijasiga ko‘ra geoid yuzasiga ellipsoid yuzasi yaqinroq keli-
shi aniqlangan. Buni tekshirish uchun turli olimlar meridian yoyining bir bo‘lagini o‘l-
5
1.1.2-shakl.Yerning tabiiy yuzasi.
chab, yer shar shaklida bo‘lmay, balki qutblari bo‘yicha siqilgan ellipsoid shakliga
o‘xshash ekanini aniqlaganlar. Meridianning qutbga yaqin bo‘lgan bir gradus yoyining
uzunligi 111,6 km, ekvator yaqinida esa 110,6 km ekanligi aniqlandi. Shundan keyin
yerni ellipsoid shaklida deb, uning o‘lchamlarini aniqlash boshlandi.
1.1.3-shakl.Aylanma(ellipsoid).
Geoid o‘rniga qabul qilingan aylanma ellipsoid ellipsning o‘z kichik o‘qi
R R
1 (qutbiy
o‘q) atrofida aylanishdan hosil bo‘ladigan geometrik shakl ellipsoid o‘lchami uning
katta yarim o‘qi
a
va kichik yarim o‘qi
v
(1.1.3- shakl) hamda Yerning siqilishi bilan
aniqlanadi.
Quyidagi 2- jadvalda turli mamlakat olimlari tomonidan aniqlangan ellipsoid
o‘lchamlari keltirilgan.
6
2-jadval
Олимлар номи
М амлакат номи
Й ил
Ярим ґі лар, м
а
в
Даламбер
Ф ранция
1800 6375653 6356564 1:334,0
Бессель
Германия
1841 6377397 6356079 1:299,2
Kларк
Англия
1880 6378249 6356515 1:293,5
Жданов
Россия
1893 6377717 6356433 1:299,6
Хейфорд
АЈ Ш
1909 6378388 6356912 1:297,0
K расовск ий
СССР
1940 6378245 6356863 1:298,3
Ellipsoid o’lchamlari.
Hozirgi vaqtda ellipsoid o‘lchamlari Yerning sun'iy yo‘ldoshlari yordamida
yanada aniqroq hisoblab chiqilgan.
1940 yili Butun jahon geodeziya va geografik ittifoq (MSSG) ning XVQQ bosh
assambleyasi referens ellipsoid o‘lchamlarini quyidagicha belgiladi:
a =
6378137m
,
a
=
1 : 298,257.
Yer yuzasidagi nuqtalar o‘rnini aniqlash uchun koordinata sistemalaridan
foydalaniladi. Geodeziyada geodezik, astronomik (geografik) va yassi to‘g‘ri burchakli
koordinatalar sistemalari qo‘llanadi.
Geodezik koordinatalar sistemasida ellipsoid sirtidagi nuqtaning o‘rni uning
geodezik kengligi
B
va geodezik uzoqligi
L
bilan aniqlanadi.
M
nuqtasining geodezik
kengligi
B
shu nuqtadan o‘tgan normal chiziq tekisligi bilan ekvator tekisligi orasidagi
burchak, geodezik uzoqlik
L
esa shu nuqtadan o‘tgan meridian tekisligi bilan bosh
meridian tekisligi orasidagi ikki yoqli burchak bilan aniqlanadi (1.4- shakl).
1.1.4-shakl.Geodezik koordinatallar sistemasi.
7
Kenglik shimoliy va janubiy bo‘lib, ekvatordan boshlab ikkala geografik qutb
tomon 0° dan 90° gacha o‘lchanadi. Uzoqlik esa sharqiy va g‘arbiy bo‘lib, u Grinvich
meridianidan boshlab g‘arbdan va sharqqa tomon 0° dan 180° gacha
hisoblanadi.Geodezik koordinatalar ellipsoid sirtiga proeksiyalangan geodezik
o‘lchashlar natijasi orqali hisoblanadi.
Geodezik meridian deb, berilgan
M
nuqta va ellipsoid kichik o‘qi
RR
1 dan o‘tuvchi
tekislikning ellipsoid sirti bilan kesimiga aytiladi.
(1.1.4-shaklda
RMR
1 chizig‘i). Geodezik parallel deb, ellipsoid kichik o‘qiga
perpendikulyar bo‘lgan
M
nuqtadan o‘tuvchi tekislikning ellipsoid bilan kesimiga
aytiladi (1.1.4- shaklda
EME
1 chizig‘i).
Katta maydonlarda kartalar tuzish uchun meridian va parellellardan tashkil topgan
kartografik to‘rdan amaliy geodeziya ishlarida, shuningdek, yirik masshtabli plan va
kartalar tuzishda esa asosan, to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: