Mavzuning vazifasi: ushbu fanning obyekti kartalarning boshqa fanlar tizimidagi o‘rnini o‘quvchilarga, foydalanuvchilarga ma’lumot berishdan iboratdir.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovadan iborat. Umumiy hajmi 28 betdan iborat bo’lib, shundan matn qismi 18 bet. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar soni 13 ta, matn qismida 4 ta rasm, ilova qismida esa 7 ta rasmdan iborat. Matn qismida, Kartashunoslik fanining ta’rifi, tasnifi, yo‘nalishlari, shakllanish tarixi, fanlar orasidagi o‘rni va ular bilan bog‘liqligi haqida, Kartashunoslik fanining hozirgi kundagi o‘rni, uning istiqbollari va hozirgi zamon kartografiyasi haqida, O‘zbekistonda kartografiyaning rivojlanish tarixi, istiqbollari va kartografiya maktablari haqida ma’lumotlar berilgan.
I BOB. KARTASHUNOSLIK FANINING SHAKLLANISH TARIXI VA FANLAR TIZIMIDAGI O’RNI
1.1. Fanning tarkibi va rivojlanish tarixi
Kartografik asarlarni yaratish, o‘rganish va foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadigan fan (bilim), texnika va ishlab chiqarish sohasiga kartografiya deyiladi. Hozirgi kunda kartografiya 3 yo‘nalishda: kartalar vositasida tabiat va jamiyat hodisalarining hududiy joylashuvi, uyg‘unligi va o‘zaro aloqalarini aks ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; kartografik asarlarni yaratuvchi va foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; kartografiya mahsulotlarini (kartalar, globuslar, atlaslar va b.) tayyorlash va nashr qilish bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda. o‘quv fani sifatida kartografiya bo‘lajak mutaxassislarni turli geografik kartalarning mazmuni, mohiyati, xususiyati va yaratilish tarixi bilan tanishtiradi. Shuningdek, kartalarni tahlil qilish, tuzish, kartometrik ishlarni bajarish hamda ulardan o‘z faoliyatida amaliy foydalanish yo‘llarini ham o‘rgatadi.
Kartografiya quyidagi asosiy sohalarga bo‘linadi: kartashunoslik; matematik kartografiya; kartalarni loyihalashtirish va tuzish; kartalarni tahlil qilish (jihozlash, rasmiylashtirish); kartalarni nashr qilish; kartalardan foydalanish; kartografik ishlab chiqarishning iqtisodiyoti va uni tashkil qilish va boshqalar. Mazkur sohalarning barchasi yagona kartografik fanlar tizimini tashkil etadi va ularning har biri fan sifatida o‘zining predmeti, obyekti va metodiga egadir. Zero, ulaming har biri ushbu yo‘nalish bo‘yicha sof mutaxassis tayyorlaydigan universitet va boshqa oliy texnika o‘quv yurtlarida alohida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |