Geografiya fani bilan bog‘liqligi Umumiy ta’lim maktablarida topografik va kartografik bilimlarni o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Masalan, V-VII sinflarda geografiya programmasining topografiya va kartografiyaga tegishli mavzulari alohida bo‘lim sifatida o‘rganiladi, undan tashqari, har bir mavzu oxirida karta bilan bajariladigan mashqlar berilgan. Geografiya qaysi sinfda o‘qitilmasin, uning deyarli har bir mavzusiga mos holda mavzuli kartalari, darslik va boshqa kitoblardagi oq-qora kartalar beriladi, shu bilan bir qatorda har bir sinf uchun (IV sinfdan IX sinfgacha) geografik atlaslar va tarixiy atlaslar nashr qilinganki, ularni o‘qib tushunish va foydalanish uchun topografiya va kartografiya fanlarini yanada chuqurroq bilish taqozo qilinadi. Ma’lumki, hozirgi vaqtda kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida kartaning ahamiyati katta. Birorta geografik tadqiqot kartasiz bo‘lmaydi. Undan tashqari, hech bir ilmiy asar yoki darslik yer yuzasidagi voqea hodisalarning hududlar bo‘yicha tarqalishini kartadagidek ko‘rgazmali qilib yaqqol ko‘rsata olmaydi.
Karta biz o‘rganib; qolgan “ko‘rgazmali o‘quv quroli”gina emas, balki xilma-xil voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradigan mustaqil bilim manbai hamdir. Geografik kitoblarda yer yuzasi so‘zlar bilan tasvirlanadi. Kartada esa maxsus belgi modellar yordamida chizma usullar bilan ko‘rsatiladi. Kartasiz geografiyani o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham professor N.N.Baranskiy “Geografiya, karta bilan boshlanib, karta bilan tamom bo‘ladi” degan. Geografik kartalar asosini toografik kartalar tashkil etadi. Demak, birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun avvalo o‘sha hududning topografik plani yoki kartasi tuziladi.
Joyning topografik kartasini tuzish uchun kartaning negizi bo‘lgan geodezik asos bo‘lishi zarur. U orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o‘lchamlari aniqlanadi, so‘ng topografik kartaning asosi vujudga keladi, bu ba’zan geodezik asos deb ham yuritiladi. Topografiya va kartografiya fanlari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Geografik kartaning yuzaga kelishida har ikki fan ham o‘z hissasini qo‘shadi. Karta xalq xo‘jaligini planlashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilish ishlarida, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri taqsimlashda va hududni kompleks rivojlantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya va tarixni o‘rganishda asosiy mustaqil ko‘rgazmali bilim manbaidir.
1.2.3-rasm. 5-sinf maktab geografiya atlasi
Demak geografiyani kartalarsiz taasavvur etish mumkin emas. Hozirgi paytda boqchadagi bolalar uchun ham kartalar tuzilmoqda.
Ayniqsa maktab o‘quvchilar uchun geografiya va tarix atlaslari mavjud. Geografiya atlaslari 5-sinf, 6-sinf, 7-sinf, 8-sinf, 9-sinflarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular lotin hamda krill alifbosida rus va o‘zbek maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.3
1.2.4-rasm. 8-sinf maktab geografiya atlasi
Do'stlaringiz bilan baham: |