10-§. Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi
Tayanch iboralar
shahar, qishloq, urbanizatsiya, katta shahar, megalopolis, aglomeratsiya, urba-
nizatsiya jarayoni, suburbanizatsiya.
Tashqi va ichki migratsiyalar bilan shaharlar soni va ularda mavjud aholi
sonining ko‘payishi, ya’ni urbanizatsiya jarayoni uzviy bog‘liq. Urba nizatsiyaning
geografik mohiyatini quyidagi misollarda ifodalash mumkin. Urbanizatsiyalash-
gan hududlar Yer yuzining 1% dan sal ortiq qismini egallagani holda, bu yerda
jahon aholisining 51,7% i istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 80% i ishlab
chiqariladi. Shu vaqtning o‘zida atmosfera va gidrosferaga chiqarilayotgan
zaharli chiqindi va gazlarning 80%i ham ayni ushbu hududlarga to‘g‘ri keladi.
Urbanizatsiya jarayoni shaharlar soni va shahar aholisining miqdori hamda
ulushining o‘sishini, shaharlar bilan bog‘liq murakkab tarmoqlar va tizimlarning
shakllanishi va rivojlanishini anglatadi. Demak, urbanizatsiya inson hayotida
shaharlar ahamiyatining beqiyos oshishini, jamiyatda aholining mehnat qilish
xususiyati, turmush tarzi va madaniyatini, ishlab chiqarishni joylashtirish bo‘-
yicha shaharlashishni o‘zida aks ettiruvchi tarixiy jarayondir. Urbanizatsiya ijti-
moiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Zamo-
naviy urbanizatsiya umumjahon jarayoni sifatida ko‘pchilik mamlakatlarga xos
bo‘lgan uchta umumiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan
birinchi jihat
kam
rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishini
bildiradi. Dunyoda 1900-yilda mavjud jami aholining salkam 14% i shaharlarda
yashagan. Bu ko‘rsatkich 1950-yilda 29% ni, 1990-yilda 45% ni, 2012-yilda
51,7% ni tashkil etdi.
Ikkinchi jihat
aholi va xo‘jalikning, asosan, katta shaharlarda to‘planganligi
bilan bog‘liq. Bunday holat, avvalambor, ishlab chiqarishning xususiyati, uni
45
ilm-fan, ta’lim tizimi bilan bo‘lgan aloqadorligi natijasida murak kablashuvi
bilan bog‘langan. Ma’lumki, katta shaharlar insonlarning ma’naviy va madaniy
talablarini to‘laroq qondiradi, xilma-xil tovarlar va xizmatlar bilan yaxshiroq
ta’minlaydi, mavjud axborot manbalariga yo‘l ochib beradi.
Jahonda XX asr boshida aholisining soni 100 mingdan ortiq 150 ta shahar
mavjud bo‘lib, ularga aholining atigi 5% i to‘g‘ri kelgan. Bunday shaharlarning
miqdori 90-yillarning boshida 2,5 mingni tashkil etdi, 2012-yilda esa 4,0 mingdan
ortib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 1/3 va 2/5 qismi to‘g‘ri keldi.
Katta shaharlar ichida aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yirik va juda yirik
shaharlarni alohida ajratish qabul qilingan. XX asr boshida bunday shaharlar soni
10 ta bo‘lsa, 80-yillarning boshida 200 dan, 2012-yilda esa 450 dan oshib ketdi.
Mazkur shaharlar ichida «super shahar»lar (aholisining soni 5 mln. kishidan ortiq)
miqdori 90-yillarda 30 tani, 2012-yilda esa 55 tani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda
ushbu shaharlarda salkam 0,6 mlrd. kishi yoki Yer shari aholisining salkam 10% i
istiqomat qilmoqda.
Zamonaviy urbanizatsiyaga xos
uchinchi jihat
shaharlar hududining keskin
kengayib, yoyilib ketishi bilan bog‘langan. Shaharlar aglomerat siyalarining
o‘zagi vazifasini, odatda, poytaxtlar, boshqa muhim sanoat markazlari va yirik
dengiz portlari bajarmoqda. Juda yirik shaharlar aglomeratsiyalari Tokio, Boston-
Vashington, Chikago-Pittsburg, Reyn daryosining o‘rta oqimidagi shaharlar at-
rofida, London-Liverpul, San-Diyego, San-Fransisko, Mexiko, San-Paulo, Nyu-
York va Kolkata (sobiq Kalkutta) shaharlari atrofida shakllangan. Shularning har
birida 12,5 mln. dan 55 mln. gacha aholi istiqomat qiladi. Urbanizatsiyalashgan
rayonlar va zonalar, megalopolislar ichida Tokaydo, Bosvash, Sansan, Chpits
mega lopolislari alohida o‘rin egallaydi. Urbanizatsiya jarayoni umumiy
xususiyat laridan tashqari ayrim regionlar va mamlakatlar miqyosida o‘ziga xos
xususiyatlar bilan ifodalanadi. Urbanizatsiya darajasi bo‘yicha jahondagi barcha
mamlakatlarni uch yirik guruhga bo‘lish mumkin:
1. Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining
ulushi 50% dan yuqori);
2. O‘rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining
ulushi 25% dan 50% gacha);
3. Past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shahar aholisining ulushi
25% dan kam). Hozirgi vaqtda (2012-yil ma’lumoti) aholisining jami (100%)
shahar va shaharchalarda istiqomat qiluvchi mamlakatlar qatoriga Singapur,
Monako, Pauru, urbanizatsiya darajasi 90 –100% ga teng mamlakatlar qatoriga
Argentina, Belgiya, Islandiya, Isroil, Kuvayt, Malta, Qatar, San-Marino, Urugvay,
46
Venesuela kiradi. Shu bilan birga, Yer sharida urbanizatsiya darajasi juda past
(25% dan kam) bo‘lgan mamlakatlar ham anchagina. Shunday mamlakatlar
tarkibini Afg‘oniston, Kambodja, Eritreya, Efiopiya, Keniya, Malavi, Nepal,
Niger, Papua – Yangi Gvineya, Shri-Lanka, Svazilend, Uganda tashkil etadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya bilan bog‘liq atrof-muhitni
muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda esa moddiy mablag‘larning yetarli emasligi mazkur muammolarni
to‘la-to‘kis hal etishga imkon bermayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |