Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd


yevropoid (oq),  mongoloid



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

yevropoid
(oq), 
mongoloid
(sariq) va 
negroid
(qora) irqlariga ajratish 
qabul qilingan. Shulardan birinchisi Yevropa, Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo, 
Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy Amerikaning katta qismida, 
Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi – Sharqiy, Janubi-sharqiy O‘rta Osiyoda, 
Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi Tropik Afrikada, 
Janubiy Osiyo, Amerika va Okeaniyada tarqalgan. Ayrim hollarda to‘rtinchi – 
avstraloid
irqini ham ajratishadi.
Dunyo aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning har xil bos-
qichlarida turuvchi xalqlar – 
etnoslar
dan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi 
millat – hududi, iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi 
bo‘yicha ajralib turuvchi insonlar yig‘indisidan iborat. Ularda millatga xos 
umumiy jihatlar, milliy o‘zligini anglash hissiyoti mavjud bo‘ladi. 
Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko‘p millatli. 150 dan ortiq xalq Hindiston 
va Indoneziyada, deyarli 100 xil millat Filippinda, 50 dan ortig‘i Vyetnam va
Xitoyda, 30 dan ortiq xalq Eron, Afg‘oniston, Myanma, Tailandda istiqomat 
qiladi. Aholining etnik rang-barangligi ba’zi bir xalqlar tarqalgan hududlarning 
davlat chegaralari bilan bo‘linishi tufayli yana ham kuchayadi. Masalan, 
kurdlar – Turkiya, Eron, Iroq va qisman Suriya, belujlar – Eron, Afg‘oniston 
va Pokiston, panjobliklar – Pokiston va Hin diston, bengallar – Bangladesh va 
Hindiston, pushtunlar Afg‘oniston va Pokiston davlatlari chegaradosh bo‘lgan 
hududlarda zich holda yashaydi. 
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarkibi va etnik munosabatlarining 
xususiyatiga ko‘ra qator guruhlarga taqsimlash mumkin. Birinchi guruhga bir 
millatli, ya’ni asosiy millati jami aholisining 95% dan ortiq qismini tashkil etuv-
chi mamlakatlar: Yevropada – Islandiya, Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha, 
Ger maniya va b.; Osiyoda – Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Bangladesh, 
Mo‘g‘uliston, Armeniya, Yaman, Oman, Qatar; Afrikada – Misr, Liviya, Somali, 
Madagaskar; Janubiy Afrikada esa deyarli barcha mamlakatlar kiradi. Ikkinchi 
guruhni ushbu ko‘rsatkich 70 – 95% ga teng bo‘lgan mamlakatlar – Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Finlandiya, Ruminiya, Jazoir, Marokko, 
Zimbabve, Mavritaniya, Botsvana, Suriya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya va 
boshqalar tashkil etadi. Shunday davlatlar qatoriga O‘zbekiston, Turkmaniston, 
Tojikiston, Ozarbayjon ham kiradi. Uchinchi guruh mamlakatlarida (Eron, 
Afg‘oniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston, Malayziya, Laos, 


40
Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqalar) asosiy millat 
ulushi jami aholining yarmidan kam yoki ortiq qismini tashkil qiladi, biroq 70% 
dan past ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. To‘rtinchi guruhda aholisi bir necha yirik 
millatlardan ibo rat, lekin ulardan birortasining ulushi sezilarli ustun bo‘lmagan 
mam lakatlar to‘plangan (Hindiston, Indoneziya, Filippin, Rossiya, Shveysariya, 
G‘arbiy Afrika mamlakatlari).
Ma’lumki, din jamiyat hayotida, turmushimizda juda katta rol o‘ynaydi. 
Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik va aholining bilim darajasi katta 
ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to‘g‘ri baholash 
dunyoda bo‘lib o‘tayotgan voqea va hodisalarning ko‘pchiligini to‘g‘ri tushunish 
va anglashga imkon beradi. Yevropada xristian dinining barcha shakllari keng 
tarqalgan. Katoliklik, asosan, qit’a janubida, qisman g‘arbida va markazida, 
protestantlik shimolida va markazida hukmrondir. Sobiq Ittifoq davlatlarida 
pravoslav va islom dinlari keng tarqalgan. Osiyoda barcha dunyoviy dinlar va 
yirik milliy din keng tarqalgan. Osiyoda, ayniqsa, islom dini katta rol o‘ynaydi. 
Islomning sunniylik yo‘nalishi Indoneziya (dunyodagi eng yirik musulmon 
davlati), Malayziya, Bangladesh, Pokiston, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo 
davlatlarida, Janubi-g‘arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida, Turkiyada, 
shialik yo‘nalishi Eron, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda asosiy o‘rin 
egallaydi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning katta-katta guruhlari Hindiston
Filippin, Kambodja, Tailand, Myanma, Kipr, Shri-Lanka davlatlarida ham 
mavjud.
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida buddizm va lamaizm keng 
tarqalgan. Hindiston va Nepal aholisining ko‘pchiligi induizmga e’tiqod qiladi. 
7 - j a d v a l

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish