Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
4.
 
Biogeosenoz – evolyutsion jarayon maydoni sifatida. 
Tabiatda tirik mavjudot turlari tasodifiy tarqalmay, muayyan, birmuncha 
doimiy jamoalarni tashkil etadi. O`rmon, to`qay, dasht, dengiz va ko`llar tirik 
organizmlar jamoasi shular jumlasidandir. Tabiiyki, jamoalarning biogeosenozlarda 
tarqalgan har bir tirik mavjudot, tur, populyatsiyalari alohida-alohida yashay 
olmaydi. Ular bir-biri bilan doim munosabatda bo`lgan taqdirdagina normal hayot 
kechiradi. Mavjudotlar orasidagi munosabatlar nihoyatda turli-tuman ko`rinishda 
namoyon bo`ladi. Lekin ularning negizini yagona oziq orqali (trofik) bog`lanish 
tashkil etadi. Trofik bog`lanish tufayli ular bir-biriga, shuningdek, jonsiz tabiatga 
ta’sir ko`rsatadi. 
Odatda, trofik bog`lanishlar bir necha bosqichdan iborat bo`ladi. Uning quyi 
bosqichini yashil o`simliklar egallaydi. Barcha yashil o`simliklar hayotiy shaklidan 
qat’i nazar, CO
2
va suv molekulasidan quyosh yorug`ligida organik modda hosil 
qiladi. Shu sababli ular trofik bosqichlardagi barcha vakillarini ozuqa bilan 
ta’minlovchi produtsentlardir. Misol uchun cho`l biogeosenozidagi trofik munosabatni 
ko`rib chiqaylik. Cho`l sharoitida temperatura benihoyat yuqori, lekin namlik juda 
kam. Bu yerda efemerlardan yaltirbosh, moychechak, boychechak, qo`ng`irbosh, iloq, 
choycho`p; butalardan cherkez, qum akatsiyasi, saksovul, juzg`un, teresken, izen 
uchraydi. O`simliklarning barglari, poyasi, gullari, mevalaridan trofik zanjirning 
ikkinchi bosqich a’zolari bo`lmish qo`ng`izlar, chigirtkalar, kapalaklar, termitlar, 
toshbaqalar, qushlar; sut emizuvchilardan tuyoqlilar, kemiruvchilar ozuqa sifatida 
foydalanadi. 
Bular 
birinchi 
darajali 
konsumentlar 
hisoblanadi. 
Cho`l 
biogeosenozidagi bo`g`imoyoqlilar esa kaltakesaklar, shalpangquloq, taroq dumli 


118 
gekkonlar uchun asosiy ozuqa bo`ladi. Shu sababli ular oziqa zanjirining ikkinchi 
darajali konsumenti hisoblanadi. Kaltakesaklar o`z navbatida ilonlar — qum 
bo`g`ma iloni, chipor ilon uchun ozuqa bo`ladi. Bular oziqa zanjirining uchinchi 
darajali konsumentlaridir. Ilonlarni yirtqich qushlar-ilon-burgut, sut emizuvchilar —
kirpi, tulki, dasht mushugi yeydi. Bu organizmlar to`rtinchi darajali konsumentlardir. 
Ular barchasining tanasida turli bir hujayralilar, gelmintlar, kanalar ekto va 
endoparazit sifatida yashaydi. Ular ozuqa zanjirining beshinchi darajali 
konsumentlaridir. Trofik munosabat to`rt yoki besh bosqichdan iboratligini boshqa 
biogeosenozlarda ham ko`rish mumkin. 
Biogeosenozdagi organizmlarning ozuqa orqali bog`lanishi ekologik piramidalar 
qoidasi asosida amalga oshadi. Bu qonuniyatga ko`ra trofik munosabatning bir 
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o`tgan sari biomassa va energiya o`rta hisobda 10 
marta kamaya boradi. Chunonchi, o`txo`r hayvonlar 1000 kg o`t bilan oziqlanadi, 
deb faraz qilaylik, u holda ularning vazni 100 kg ga ortadi. Shu vazndagi o`txo`r 
hayvonlarni yegan yirtqich hayvonlarning vazni esa atigi 10 kg ortishi mumkin. 
Albatta, real nisbatlar birmuncha boshqacharoq ham bo`lish mumkin. 
Biosenoz tarqalgan muhit ko`p jihatdan uning tarkibiga kiruvchi turlar, 
populyatsiyalar tuzilishini, moslanishini belgilaydi. Chunonchi, cho`l biogeosenozidagi 
qo`shoyoqlar va qumsichqonlar, bo`rilar yozda faqat kechasi va ertalab, ya’ni havo 
bir qadar salqin bo`lib turgan vaqtda ozuqa izlab chiqadi. Cho`lda yashovchi 
hayvonlarning ko`pchiligi qazuvchi hayvonlardir. Ular inini birmuncha sovuq qum 
qatlamigacha, ya’ni 50 sm chuqurlikkacha qazib boradi va shu bilan yozning 
jazirama issig`ida sharoitning salbiy ta’siridan saqlanib qoladi. 
Har bir biogeosenoz tarixiy jarayonda tarkib topgan hayotning alohida tuzilish 
darajasi bo`lib, qarama-qarshi, shu bilan birga o`zaro bog`liq, turg`un hamda 
o`zgaruvchan sistema hisoblanadi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish