Genetika va evolyutsion


 Evolyutsiyaning muammoli masalalari



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

4. Evolyutsiyaning muammoli masalalari.
Evolyutsiya jarayonining hal qilinmagan ko`pgina masalalari bor. Ulardan 
biri turning bir ekologik sharoitdan boshqa ekologik sharoitga o`tish sabablarini 
aniqlashdir. Ba’zi evolyutsionistlar ontogenetik reaksiya keng ko`lamda beqaror 
bo`lishini, boshqalari preadaptatsiyani, uchinchilari o`zgaruvchanlikning safarbarlik 
rezervini va tanlash hodisasini bunga asosiy sabab deb ko`rsatmoqdalar. 
Evolyutsiya asosiy omillarining tabiiy tanlanishga bo`lgan munosabatini 
aniqlashda ham olimlar orasida yakdillik yo`q. Ba’zi olimlar evolyutsiyaning 
boshlang`ich omillaridan hisoblangan mutatsiya jarayoni, populyatsiya to`lqini, 
alohidalanish, tabiiy tanlanishning har birining «bosimi» evolyutsiyani vujudga 
keltiradi, deb talqin qiladilar. Bu omillarga ba’zilar duragay (kombinativ) 
o`zgaruvchanlikni ham kiritadilar. Bunday tasavvurlar albatta evolyutsiya omillari 
sonini kamaytiradi, ularning ta’siriii teng qiymatli qilib qo`yadi va oqibatda 
qo`yilgan muammoni soddalashtiradi. Bulardan tashqari, yuqoridagi tasavvurlarda 
hayvonlarning xatti-harakati, fenotip, populyatsiya tuzilishi, har xil urchishning roli 
evolyutsiya jarayonida tegishli baholanmagan. Tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning 
boshlang`ich omillariga kiritish ham munozaraga sabab bo`lmoqda. Bularning 
hammasi evolyutsiya omillarini klassifikatsiyalash evolyutsion nazariyada dolzarb 
muammo ekanligidan dalolat beradi. 
Ba’zi olimlar tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning boshlang`ich omillariga 
kiritib bo`lmaydi, chunki u boshqa omillardan alohida bo`lsa, ham, ularning ta’sirini 
birlashtiruvchi mexanizmi deb uqtiradilar. Yashash uchun kurashni evolyutsion 
omillari qatoriga kiritish lozimligi haqida ham fikr bildirilmoqda. Shu munosabat 
bilan I. Shmalgauzen evolyutsiyaning genetik-matematik nazariyasini qattiq tanqid 
qiladi va bunday tadqiqotlar evolyutsiya mexanizmini ochib bermasligi, uning 
qonuniyatlarini to`lig`icha ifoda eta olmasligi, chunki unda yashash uchun kurash 
tushunchasi diqqat-e’tibordan chetda qolganligini, tabiiy tanlanish tashqi omil, 
asosida talqin etilganligini ta’kidlaydi. 
Yashash uchun kurashni evolyutsiya omili sifatida talqin qilishdagi 
kelishmovchilik mikroevolyutsiyaning populyatsion mexanizmini tushuntirishda 
genetik va ekologik yondashishning ma’lum jihatdan alohidaligidadir, ya’ni 
ularning evolyutsiya hodisalarini tushuntirishda hali to`lig`icha birlashmaganligidadir. 
Simpatrik tur paydo bo`lishi, genetik-avtomatik jarayon, genlar dreyfi bilan 
tanlanishning aloqasi, populyatsiya ichidagi raqobat, guruhli tanlash va uning 
evolyutsiyadagi roli haqida ham munozara bormoqda. Geologik solnomalarning 
chalaligi bilan yuqori taksonlar kelib chiqishining aloqasi, qisqa geologik davr ichida 
evolyutsiya jarayonining nisbatan tezligining ortishi muammolari ham hali o`z 
yechimini to`lig`icha topganicha yo`q. 
Evolyutsiyada abiotik va biotik omillarning yetakchi roli ham munozaraga 
sabab bo`lmoqda. Darvinning evolyutsiya jarayonida biotik omillarning roli nihoyatda 
katta ekanligi haqidagi g`oyasi ko`pchilik biologlar tomonidan e’tirof etilsada, lekin 
unga qarama-qarshi, kosmik va geologik sabablar roliga ortiqcha baho beruvchilar 
ham uchraydi. Evolyutsiya omillari va qonunlari haqidagi masalalarning holati 


242 
evolyutsion ta’limotning yanada rivojlanishini cheklab qo`yishi mumkinligini ta’kidlab 
o`tmoq kerak. 
Darvin ta’limoti evolyutsiya jarayoni mexanizmi va qonuniyatlarini tadqiq qilish 
bilan birga, turli biologik sistemalarning yashash sharoitiga moslanishi, organik olamning 
xilma-xilligi sabablarini tushuntirib bergan ta’limotdir. Biroq Darvin ta’limoti 
evolyutsiyaning sintetik nazariyasi organik olam evolyutsiya bilan bog`liq barcha 
muammolarni hal qildi, deb aytish qiyin. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish