Genetika va evolyutsion


 Evolyutsion ta’limot va tabiatni muhofaza qilish



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2. Evolyutsion ta’limot va tabiatni muhofaza qilish
Tabiatda har bir organizm turi alohida-alohida holda mavjud emas. Ular 
doimo bir-biri bilan organik bog`liq bo`ladi. Shunga ko`ra, ayrim turlarning u yoki 
bu sabablarga ko`ra qirilib ketishi o`z navbatida biogeosenozga kiruvchi boshqa 
turlarning o`zaro mutanosibligiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Masalan, birorta o`simlik 
turining qirilib ketishi, o`z navbatida 5—7 ta hasharot va boshqa umurtqasiz 
hayvonlarning ham yo`qolib ketishiga sabab bo`ladi. 
Ilmiy-texnik revolyutsiya davrida insoning tabiatga aralashuvi tobora keskin tus 
olmoqda. Inson yangi sanoat markazlari bunyod etganda yoki yangi yerlar 
ochganda, qishloq xo`jaligi yuritganda, turmushda turli ximiyaviy preparatlardan 
foydalanganda, ular qanday oqibatlarga olib kelishini ko`pincha oldindan bilmaydi. 
Masalan, sanoatni rivojlantirish, transportning ko`payishi bilan ularning chiqindilari, 
o`simlik va hayvonlarning yoppasiga nobud bo`lishi, biosferadagi muvozanatning 
buzilishi ro`y berishi mumkin. Shunga ko`ra, turli biogeosenozlarda muvozanat 
buzilishning 
sabab-oqibatlarini 
o`rganish 
evolyutsiyaning 
eng 
muhim 
muammolaridan biri bo`lib qoladi. Uni echmasdan turib biosferadagi jarayonlarni 
samarali ravishda boshqarish mumkin emas. 
Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag`allashib 
borayotganligidir. Bu ayniqsa inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo`lgan 
o`simlik va hayvon turlarining yildan-yilga kamayib ketayotganligida ko`zga 
yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi va 400 
dan ortiq hayvon turi kamyobligi buning yorqin dalilidir. Ularning aksariyati bir 
tomondan, ovlash yoki ko`plab yig`ish bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy 
komplekslarning yo`qolishi hisobiga ro`y bermoqda. Keyingi vaqtda yangi navlar 
va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy 
sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila 
yo`qolib ketmoqda. Shu nuqtaiy nazardan olganda Respublika Fanlar Akademiyasi 
qoshida “O’simliklar va hayvonat olami genofondi” institutining tashkil etilganligi bu 
soha bo’yicha vatanimizda katta ishlar amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. 
Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan 115 tasi tamomila yo`qolib 
ketish arafasida turibdi. Vaholanki, ana shu nav va zotlar mahalliy sharoitga 
yaxshi moslashgan va noyob genlar to`plamiga egadir. O`simlik va hayvonlar 
tur, nav, zotlari sonining kamayishi, genetik xilma-xillikning kamayishiga sabab 
bo`ladi. Har bir tur, zot va nav mavjudligini saqlash faqat amaliyotda emas, 
balki organik olam evolyutsiyasi jarayonining normal borishi uchun ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Yovvoyi va xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o`simliklar genofondini 
saqlashning bir necha usullari ishlab chiqilgan. Biogeosenozlarni tabiiy holda 
saqlashga qaratilgan qo`riqxonalar, botanika bog`lari, hayvonot bog`lari tashkil 
etish, o`simlik, hayvon hujayralari, to`qimalari, organlarini, tuxum hujayralari, 
spermatozoidlarini muzlatilgan holda saqlash, ulardan yangi organizmlar 


240 
yetishtirish shular jumlasiga kiradi. Dunyo hayvonot bog`larida hozir qushlarning 
72 turi va sut emizuvchilarning 162 turi saqlanmoqda. Ularning 179 dan ortiq turi 
urchitilmoqda. Lekin bu yerda diqqat-e’tiborni faqat ularni saqlashga qaratmoq 
kerak emas. Chunki inbred yo`l bilan urchitiladigan organizm avlodlarida naslning 
hayotchanligi pasayib ketishini hamma bilishi va shu sababli diqqat-e’tiborni tur 
yoki populyatsiyaniig genetik xilma-xilligini saqlashga qaratish kerak. Organik 
olamning xilma-xilligi, turlar, populyatsiya genotipining turli-tumanligi uzoq davom 
etgan evolyutsiya jarayonining bizga qoldirgan katta in’omi ekanligini unutmaslik 
kerak. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish