Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 Qushlar orasidagi uya uchun kurash. 
Odatda, dengiz mushuklarining yetilgan to`da boshlig`i (sekach) ning vazni 170 
kg ga yetsa, urg`ochilarining vazni o`rtacha 30 kg ga teng bo`ladi. Biologik nuqtai 
nazardan qaraganda, turdagi erkak va urg`ochi organizmlarning shunday tuzilganligi 
takomillashmagan hisoblanadi. Jinsiy tanlanish tufayli erkak organizmlarning 
bunchalik bahaybat bo`lib ketishining zaruriyati yo`q. Chunki bir xil hayot sharoitida 
urg`ochi formalar ulardan o`z hayotchanligi bilan farq qilmaydi. Tur ichidagi 
munosabatlarning nomutanosibligi ba’zi bir turlarda yangi naslni vujudga keltirishda 
ishtirok etmaydigan erkak organizmlarning ko`plab uchrashida ham o`z ifodasini 
topadi. Ayrim qushlar oilasida «bo`ydoq» erkak organizmlar uchrashi bunga yaqqol 
misol bo`ladi. Tur ichidagi munosabatlarning nomutanosibligi ba’zi bir yirtqich yoki 


179 
har xil narsa bilan oziqlanuvchi baliqlarda uchraydigan turg`un yoki davriy 
kannibalizm (o`z turiga xos urug`ni, chavoqlarni yeyish) da ham uchraydi. 
Keyingi hodisa yirtqich qushlar va boshqa hayvonlarda ham tez-tez kuzatilgan. 
Kannibalizm tur ichidagi ochiq antagonistik munosabatlarga misol bo`lsa ham, lekin 
ba’zi hollarda (oziq yetishmaganda yoki jinsiy tomondan voyaga etgan ko`pchilik 
organizmlarning o`lish imkoniyati ro`y berganda) oziqlanishning bu usuli turning 
yashab qolishiga qaratilgan bo`ladi. 
Tabiatda kannibalizmning ajoyib holatlari uchraydi. Amerika salamandralarida 
erkak organizm naslini himoya qilish bo`yicha yaxshi ifodalangan instinktga ega. 
Shuning uchun ular urg`ochilari qo`ygan tuxumni inkubatsiya davrida hech qayoqqa 
qo`zg`almay qo`riqlaydi. Ayni bir vaqtda ular och qolgan taqdirda o`zi qo`riqlayotgan 
tuxumning bir qismini yeb qo`yadi, binobarin, bu moslanishda bir-biriga qarama-
qarshi ikki hodisa — kannibalizm va nasl uchun qayg`urish o`z ifodasini topadi.
Tur ichidagi munosabatlarning qarama-qarshiligini tajribada ham kuzatish 
mumkin. Drozofila lichinkalari ma’lum zichlikda joylashsa, oziq muhitini egallash 
uchun o`zaro raqobatda bo`ladi, Lekin oziq ustini yumshatish orqali, chamasi, ular o`z 
dushmani bo`lgan zamburug` va bakteriyalarning rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va 
shu bilan bir-biriga ko`maklashadi. 
33-rasm.
 Qushlar orasidagi o`zaro yordam. Pomorniklar tulkiga xujum 
qilmokda. 
G`o`za chigiti uyalarga bittadan ekilsa, unganda qatqaloqni yorib chiqa olmaydi 
va nobud bo`ladi. Mabodo, bir uyaga 8—10 ta chigit ekilsa, maysalar qatqaloqni 
bemalol yorib chiqadi. Lekin keyinchalik oziq hamda yashash maydoni yetishmasligi 
tufayli ular o`rtasida keskin raqobat ro’y beradi. 
Tur va populyatsiya ichidagi organizmlar soni turga xos moslanish hisoblanadi. 
Turga mansub organizmlarning uzoq vaqtgacha son jihatdan orta borishi tur gullab-
yashnayotganligining, aksincha, ular sonining kamayib borishi turning moslanishi 
susayayotganligining yoki tur nobud bo`layotganligining ko`rsatkichi hisoblanadi. Bir 


180 
turga mansub organizmlarning son jihatdan ko`payishi va uning evolyutsiya uchun 
ahamiyati haqida xar xil fikrlar bor. Darvin va uning safdoshlari organizmlarning son 
jihatdan ortib ketishi evolyutsiya uchun katta ahamiyatga ega bo`lsa ham, biroq u 
tabiiy tanlanishning yagona omili emas, deb hisoblaydilar. 
34-rasm.
 Dengiz mushuklarida tur ichidagi asosiy munosabatlar (u dam olayotgan 
vaqt). 
Aksincha, A. Uolles, K. Timiryazevlar esa organizmlarning haddan tashqari 
ko`payib ketishiga tabiatda tanlanishning zarur omili, deb qayd qildilar. Uchinchi 
gruppa olimlar (I. I. Mechnikov) tabiatda organizmlar haddan tashqari ko`payishi 
mumkin, lekin bu evolyutsiyani to`xtatib qo`yadi, degan edilar. 
Ko`pgina mualliflar (N.G.Chernishevskiy, L.S. Berg) esa organizmlarning 
haddan tashqari ko`payib ketishi salbiy ahamiyatga ega, chunki bu organizmlarni 
ko`plab nobud qiladi, deb e’tirof etdilar. Ayrim olimlar asarida organizmlarning 
haddan tashqari ko`payib ketish hollari, o`simliklar rivojlanishining ma’lum 
bosqichida hayvonot olamining esa tuban bosqichida ro`y beradi, biroq 
evolyutsiyaning asosiy yo`nalishi uning ishtirokisiz vujudga keladi, deb ta’kidladi. 
Lekin bu hodisa ba’zi olimlar (J. Lamark, T. Lisenko) tomonidan inkor etildi. 
Shmalgauzen fikricha, bu hodisa muayyan turga mansub organizmlar soni 
dinamikasining xususiy hodisasi bo`lib, tor doirada ixtisoslashishga, serpushtlikning 
qisqarishiga, progressiv evolyutsiya imkoniyatining kamayishiga, sur’atining esa 
pasayishiga olib keladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, organizmlarning haddan 
tashqari ko`payib ketishi to`g`risida aytilgan fikrlar bir-biriga qarama-qarshidir. 
Hozirgi zamon biologiya fanida to`plangan dalillar Ch. Darvin va I. Shmalgauzenning 
yuqorida qayd qilingan tasavvurlariga ko`proq yaqin . Aslini olganda, tabiatda 
organizmlarning haddan ziyod ko`payib ketishini bartaraf etuvchi ko`p biotik va 
abiotik omillar bor. Shu omillar ta’siri tufayli o`simliklar urug`i, hayvonlar tuxumi, 
zigotalar, lichinkalar ko`plab nobud bo`ladi. Lekin bunday hodisalarga asoslanib, 
organizmlarning haddan tashqari ko`payib ketish hollari tabiatda uchramaydi, degan 


181 
xulosaga kelish aslo noto`g`ridir. Turga mansub organizmlarning haddan ziyod 
ko`payishi o`zgaruvchanlik xarakteriga, tanlanish yo`nalishiga ta’sir etadi. Shu tufayli 
u evolyutsiya ahamiyatiga ega. Xulosa qilib aytganda, tur ichidagi organizmlarning 
o`zaro munosabati murakkab va turli-tumandir. Lekin shunga qaramay, u adaptiv 
xarakterda bo`lib, turni saqlashga qaratilgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish