5. Tur ichidagi munosabatlar.
Tur ichidagi munosabatlar bir turga kiruvchi organizmlarning va turning tuzilish
elementlari orasidagi xilma-xil munosabatlarni qamrab oladi va tur polimorfizmini
ifodalaydi. Bu munosabatlar tarixiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan bo`lib,
turning ma’lum makon va zamonda bir butunligini saqlashda o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Tur ichidagi munosabatlarni keng ma’noda tushunish lozim. Chunki u
organizmlarning turli yosh bosqichlari (gametalar, zigotalar, murtaklar, lichinkalar va
har xil yoshli organizmlar)ni o`zida birlashtiradi. Xarakter jihatdan u turg`un, davriy
va epizodik bo`lib, individual, gruppa ichida, gruppalararo munosabatlarni o`zida
mujassamlashtiradi. Tur ichidagi munosabatlar turg`un hamda o`zgaruvchan bo`ladi.
Turg`un
munosabatlar nasldan-naslga
o`tadigan irsiy
jihatdan
mustahkam
munosabatlardir. O`zgaruvchan munosabatlar esa qisqa vaqt ichida vujudga keladi.
Tur ichidagi munosabatlar evolyutsion ahamiyatga ko`ra bir-biridan keskin farq qiladi.
Ulardan ba’zilari turning bir butunligini ta’minlagani holda, boshqalari uning
evolyutsiya
jihatdan
o`zgarishiga
qaratiladi.
Tur
ichidagi
munosabatlarni
klassifikatsiyalashda olimlar har xil prinsipga asoslanadilar. Masalan, Zavadskiy tur
ichidagi munosabatlarni aniqlaganda, ularning turni qayta hosil qilishdagi ahamiyatini
e’tiborga olish zarur degan. Shunga ko`ra, tur ichidagi munosabatlarni asosiy va
hosilali munosabatlarga bo`lgan. Tur ichidagi asosiy munosabatlar deganda, mazkur
turga mansub organizmlarning bevosita munosabatlari tushuniladi. Bularga urchish
davrida ikki jinsga mansub organizmlar orasidagi munosabat, ota-ona organizmlarning
yangi naslni voyaga yetkazishga doir moslanishlari kompleksi, har xil yoshdagi
organizmlar o`rtasidagi populyatsiya sonini saqlashga qaratilgan xilma-xil (turg`un,
faslga qarab to`planish, poda, gala, yosh organizmlarni himoya qilishni ta’minlash,
oziqdan foydalanishni yaxshilash, dushmanlardan himoya qilish, migratsiya kabi)
munosabatlarni misol qilib keltirish mumkin. Organizmlar o`rtasidagi bunday
munosabatlar bo`g`inlarning almashinib turishini, populyatsiyalar sonini ma’lum
darajada saqlash imkoniyatini vujudga keltirgani sababli, tur mavjudligining asosini
tashkil etadi. Tur ichidagi asosiy munosabatlarning takomillashishi evolyutsiyaning
eng muhim qonuniyatlaridan biridir.
O`simliklarda ham tur ichidagi xilma-xil munosabatlar organizmlarning yangi
nasl qoldirishini bevosita belgilab beradi. Changlanish usuli, urug`lanishda tanlanish,
spora va urug`lar himoyalanishning xilma-xil usullari shular jumlasidandir. Tur
ichidagi munosabatlarni eng qulay va evolyutsion jihatdan samarali sistemalarga ega
bo`lgan turlarda jadal adaptiv radiatsiya amalga oshiradi.
Tur ichidagi munosabatlarning takomillashishi tufayli bir turga mansub
organizmlarning bir-biriga nisbatan xilma-xil moslanishlari vujudga keladi. Masalan,
qushlarda qo`yilgan tuxum soni, sut emizuvchilarda yangi tug`ilgan bolalarning soni
tabiiy tanlanish ta’siri bilan oziq miqdoriga qarab ma’lum darajada saqlanadi. Bu
hodisa koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlarga ham xos. Chunonchi, termitlarda
177
ko`payishning birinchi yili, ya’ni hali ishchi organizmlar ko`paymagan faslda ona
organizm atigi 20 ta tuxum qo`yadi. Koloniyadagi organizmlar soni ortgandan keyin
esa ularning soni bir kunda 7000 ga yetadi.
Turning qayta ko`payishi, undagi organizmlar sonini saqlash bilan bevosita
bog`liq bo`lmagan, tur ichidagi asosiy munosabatlar zaminida vujudga kelgan
munosabatlar hosila tarzidagi munosabatlar deb qaraladi. Chunki ular muayyan turga
mansub organizmlarning qayta ko`payishiga va soniga bilvosita ta’sir ko`rsatadi. O`z
xarakteriga ko`ra, bunday munosabatlar yo davriy, yo epizodik bo`ladi. Tur ichidagi
hosila tarzidagi munosabatlar, odatda, ma’lum maydonda tarqalgan populyatsiyaga
mansub organizmlar sonining ortib ketishi hisobiga rivojlanadi. Populyatsiyaga
mansub organizmlar sonining ortib ketishi ular o`rtasidagi o`zaro raqobatning
kuchayishiga hamda ontogenezning turli bosqichlarida bir gruppa organizmlarning
intensiv ravishda nobud bo`lishiga olib keladi. Bu hodisa o`simliklar urug`i zich
ekilganda va daraxt ko`chatlari zich o`tkazilganda namoyon bo`ladi. Ba’zi hasharotlar
sonining keskin ortib ketishi tufayli lichinkalar yoppasiga nobud bo`ladi. Tur ichidagi
hosila tarzidagi munosabatlar xar xil instinktlar, reflekslar, o`zini-o`zi saqlash, oziqda
ega bo`lish, uni qo`riqlash, himoyalanish asosida amalga oshadi. Ular populyatsiya
to`lqiniga bevosita bog`liq emas.
Organizmlar integratsiyasi tufayli bir organizmning ikkinchi organizmga
tobeligining ortishi hamma vaqt evolyutsiya jihatdan samarali bo`lmaydi. Masalan,
koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlarda (chumolilar, arilar, termitlarda) funksiya
jihatdan tabaqalanish ba’zi bir organizmlar guruhini amalda koloniyaning
«organ»lariga aylantirib qo`yadi.Oqibatda bu holat turlarning progressiv evolyutsiya
bo`yicha rivojlanishini bartaraf etadi. Individlarning o`ta ixtisoslashishi natijasida
koloniyaning birorta funksiyasini bajarish layoqati populyatsiya hosil etishda
organizmlarning teng ahamiyatga ega bo`lishini saqlashga qaraganda kam samara
beradi.
Xulosa qilib aytganda, tirik tabiatda organizm uyushmalari (to`dalar) xilma-
xildir. Ular o`z tarkibiy qismlarining miqdori, yashash vaqti, ichki munosabatlari
hamda turg`unligi va boshqa xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday to`da bir
jinsli yoki har xil jinsli, bir xil yoshli yoki xar xil yoshli organizmlardan tashkil
topadi, Organizmlar to`dasi uzoq muddatli yoki qisqa muddatli bo`ladi. Hayvonlarda
qisqa muddatli to`dalanish oila, gala, koloniya shaklida namoyon bo`ladi. Qisqa
muddatli to`dalanish bir yoki bir necha funksiyani bajarish bo`yicha yuqori darajadagi
moslanishlarni namoyon etadi. V. B. Shulik ma’lumotlariga ko`ra, qushlar galasi
uchishda, baliqlar to`dasi harakatlanishda shunday bir mexanik sistema hosil qiladiki,
u ayrim organizmlarning to`dadan qolib ketishiga to`sqinlik qiladi. Odatda, g`anim
organizmlarning vaqtincha to`planishi, ularni yirtqichlardan himoya qilishga yordam
beradi. Masalan, qashqaldoqlar yirtqich paydo bo`lishi bilanoq bir joyda to`planib,
oyoqlari bilan suvni shapillatib fontan hosil qiladi. Bu esa ayrim organizmlarni
dushman farqlay olmasligiga qaratilgan. Otlar esa yirtqich hayvonlar paydo bo`lishi
bilanoq to`planishib, boshlarini oldinga, keyingi oyoqlarini orqaga qilib, doira hosil
qiladi hamda keyingi baquvvat oyoqlari bilan dushmandan o`zini himoya qiladi. Har
xil o`simlik, hayvonlar turidagi organizmlar orasidagi ma’lum munosabatlar bevosita
yoki bilvosita ravishda turga mansub organizmlarning ko`payishiga va yashab
qolishiga ta’sir ko`rsatadi. Bu munosabatlar ko`p hollarda tur uchun umumiy bo`lgan
178
adaptatsiyalarni ifodalaydi. Tur ichidagi munosabatlar xarakteri bo`yicha o`zaro
kurash, raqobat, hamkorlik, yordam formasida ro`y beradi. Individual va gruppa
o`rtasidagi kurash, raqobat, o`zaro yordam va hamkorlik ko`pincha biri-ikkinchisiga
o`tib turadi va bir hodisaning har xil ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi (32, 33-
rasmlar).Organizmlar o`rtasidagi munosabatlarning ijobiy va salbiy tomoni bor. Buni
dengiz mushuklarining poligam oilalarida ko`rish mumkin. Bu holatda poligamlik
turga mansub organizmlarning optimal sonini belgilash bo`yicha moslanish
hisoblanadi. Biroq bu moslanishning salbiy tomonlari ham bor. Yangi tug`ilgan
dengiz mushuklarida erkak va urg`ochi formalarning o`zaro nisbati 1:1 ga teng bo`lib,
voyaga etgan organizmlarda esa 30—50 ta urg`ochiga bitta erkagi to`g`ri keladi. Olti
yoshgacha erkak va urg`ochi formalar bir xil nisbatda nobud bo`ladi. Yetti yoshdan
so`ng, ya’ni erkaklari to`la boshliq bo`lish uchun o`zaro kurash boshlaganidan keyin
o`lish birmuncha ko`payadi va erkaklari to`da soniniig ⅓ ga to`g`ri keladi (34-rasm).
Jinsiy tanlanish tufayli eng kuchli erkak individlar saqlana boradi. Bu esa jinsiy
dimorfizmning keskin ifodalanishiga olib keladi.
32-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |