190
formani yaratdi. U tashqi ko`rinishidan olxo`riga aynan o`xshash. Bunday
amfidiploid formalar g`o`zalarda ham olingan. Sun’iy yo`l bilan hosil qilingan
turlar, albatta, tabiiy sharoitdagi turlarga aynan o`xshash bo`lmaydi. Chunki sun’iy
sharoitda olingan turlar tabiiy va sun’iy tanlash natijasi hisoblanadi. Lekin shunga
qaramay, poliploid formalarni sun’iy usulda olish ba’zi bir turlar qanday yo`l
bilan yaratilganini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Tamaki, malina, shuvoq,
gulsapsar va boshqa o`simliklarning ba’zi turlari har xil turlarning o`zaro chatishishi
va keyinchalik duragay organizmlarda xromosomalar naborining ikki hissa ortishi
tufayli kelib chiqqanligi ehtimoldan holi emas.
Hayvonlarda birinchi bo`lib B.L. Astaurov tut ipak qurtida amfidiploid formalar
olgan, U xromosomalar to`plami 56 tadan bo`lgan tut ipak qurtining B
otbux mori
va
B
ombux manodarina
turlarini o`zaro chatishtirib, so`ngra ularning xromosomalar
to`plamini ikki hissa oshirishga va 112 xromosomali formalar olishga muvaffaq
bo`ldi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, simpatrik yo`l bilan turlar
paydo bo`lishi har xil usul bilan amalga oshadi. Shunga qaramay, ularning
hammasida o`xshashlik bor. Bu o`xshashlik quyidagilardan iborat.
Birinchidan, simpatrik usulda allopatrik usuldagiga nisbatan tur nihoyatda tez
hosil bo`ladi. Agar allopatrik usul ma’lum davrni talab etsa, simpatrik usulda yangi
tur hosil bo`lishi uchun organizmlarning bir necha bo`g`ini yetarli, xolos.
Ikkinchidan, simpatrik usul bilan hosil bo`lgan turlar morfologik-fiziologik
belgi-xossalari bilan ajdod turga juda yaqin turadi. Poliploidiya yo`li bilan tur hosil
bo`lganda organizmlarning umumiy hajmi ortsa ham, tashqi tuzilishi saqlandi.
ekologik-mavsumiy usulda vujudga kelgan formalar ham morfologik jihatdan bir-
biridan kam farq qiladi.
Har bir tur evolyutsiya jarayonida sifat jihatdan farq qiluvchi markaziy bosqich
hisoblanadi. Har bir turda alohidalashgan xilma-xil mexanizm mavjud. Shu sababli u
boshqa genofondlardan genlar o`tishini bartaraf etuvchi himoyalangan genofondga
ega.
Tur, bir tomondan, evolyutsiya natijasi sifatida bir butun, ma’lum muhitga
moslashgan, boshqa turlardan genetik jihatdan chegaralangan turg`un sistema
bo`lsa, ikkinchi tomondan, evolyutsiya jarayoni bosqichi sifatida u dinamik noaniq
chegaraga ega va o`zgaruvchandir. Bu qarama-qarshilik dialektik xarakterda
bo`lib, o`z mohiyati bilan ob’ektiv reallikni ifodalaydi.
Tabiatda har bir tur populyatsiyalarga bo`linib ketadi. Ularning har biri u yoki
bu biosenozga kirib, oziq zanjiri hamda energiya almashinuvida ma’lum rol
o`ynaydi. Lekin go`yo mustaqil, o`zining evolyutsion taqdiriga ega bo`lgan
populyatsiyalar o`zaro genetik bog`liq, vaqti-vaqti bilan irsiy material orqali o`zaro
almashinib turadi. Bu genetik munosabat populyatsiyalarni yagona turga
birlashtiruvchi jipslikni tashkil etadi. Mabodo, populyatsiyalar o`rtasidagi bunday
munosabatlar, evolyutsion genetik «ko`prik»lar buzilsa, u holda uzoq muddatdan
so`ng ular zaminida yangi turlar paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: