Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Genetik kod i-RNK tarkibidagi nukleotid guruhlarini oqsil tarkibidagi aminokislotalar bilan bogʻlash vazifasini bajaradi. Start kodon, stop kodon, oʻqish doirasi. Kirish
Biror-bir doʻstingizga hech maxfiy xat yozganmisiz? Agar yozgan boʻlsangiz, balki, xatni maxfiy qilish uchun kodlardan foydalangandirsiz. Masalan, siz maʼlum bir qoidalarga asoslanib soʻzlardagi harflarni raqam yoki belgilar bilan almashtirgan boʻlishingiz mumkin. Doʻstingiz xatni tushunishi uchun kodlarni bilishi, ushbu qoidalardan foydalanib ularni ochishi kerak boʻlardi.
Axborotlarning kodlarini ochish, yaʼni dekodlash gen ekspressiyasining asosiy bosqichlaridan biri boʻlib, bunda gendagi maʼlumotlar oqsil sintez qilish uchun oʻqiladi. Ushbu maqolada biz DNK va RNK ketma-ketliklaridagi axborotni oqsilning tarkibiy qismi boʻlgan aminokislotalarga dekodlash imkonini beruvchi genetik kod toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |