Fotorezistorlar Fotorezistor – yarim o’tkazgich fotoelektrik asbob bo’lib, bunda foto o’tkazuvchanlik hodisasi qo’llaniladi, ya’ni optik nurlanish ta’sirida yarim o’tkazgichni elektr o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Fotorezistor tuzilishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
3.- rasm. Fotorezistorning tuzilishi va ulanish sxemasi.
1-plyonka yoki plastik 2-dielektrik material.
Asosiy kattaliklari: ,
Qorong’ulik qarshiligi – yoritilmagan fotorezistorlarning qarshiligi qiymati teng diapazonga ega Rk =102109 Om;
Ishchi kuchlanishi – ishchi kuchlanish qiymati fotorezistor o’lchamlariga bog’liq, ya’ni elektronlar orasidagi masofaga bog’liq ravishda 1-1000 V gacha tanlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, fotorezistorlarning kattaliklari, tashqi muhit ta’sirida o’zgaradi. Fotorezistorlar afzalligi: yuqori sezgirligi, nurlanishning infraqizil qismida qo’llash mumkinligi, o’lchamlari kichikligi va doimiy tok va o’zgaruvchan tok zanjirlarida qo’llash mumkinligi.
P’ezoelektrik datchiklar
P’ezoelektrik datchiklarni (6-rasm) ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu xodisa p ‘yezoeffyekt deb ataladi.
P’ezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu tipdagi asboblarda. ko’pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning p’ezo elektroeffekti +500° S gacha bo’lgan temperaturaga bog’liq emas, lekin +570° S dan oshgan temperaturada bu effekt nolga teng bo’lib qoladi.
Pezoelektrik datchiklarning hosil qiladigan EYUK bosimga proporsional bo’lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda – S - datchikning umumiy sig’imi
Fx - mexanik bosim
a0 - proporsionallik koeffitsiyenti
4-rasm. Pezoelektrik datchikning sxemasi
Ushbu datchikning sezgirligi:
Ko’rib chiqilgan prinsipda pezoelektrik manometrlar ishlaydi (7-rasm).
5-rasm. Pezoelektrik manometrning sxemasi:
1-bosim memranasi, 2, 5-metall qistirmalar, 3-potensial qistirma,
4-izolyatsion o’tkazgich, 6-sharik.
P’ezokvars manometrning tuzilish sxemasi 4-rasmda keltirilgan. O’lchanayotgan bosim membrana 1 orqali kvars plastinkalar 7 ga ta’sir qiladi. Bu plastinkalarning metall kistirma 2 ga tegib turgan ichki tomonida bir hil ishorali zaryadlar paydo bo’ladi. Plastinkalarning ichki tomonidagi potensial qistirma 3 bilan ulangan va izolyatsiyalangan o’tkazgich 4 orqali olinadi, plastinkalarning ustki tomonidagi potensial esa korpus, metall qistirmalar 2 va 5, membrana 1 va sharik 6 orqali olinadi. O’lchanayotgan bosimga proporsional bo’lgan potensiallar farq plastinalardan olinib, kuchaytiruvchi lampa setkasiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |