Gemini cad dasturi yordamida erkaklar ko’p funksiyali kurtkasini loyihalash


II-Bob. Ko’p funksiyali erkaklar kurtkasiga material tanlash va uni asoslash



Download 5,83 Mb.
bet10/23
Sana13.04.2022
Hajmi5,83 Mb.
#547911
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
BMI AXMEDOVA Z

II-Bob. Ko’p funksiyali erkaklar kurtkasiga material tanlash va uni asoslash

Kurtkalik gazlamalar asosan qayta tarash usulida yigirilgan, pishitilgankalava ipdan polotno, sarja va mayda gulli o‘rilishlarda to‘qiladi.Nisbiy zichligi katta; suv yuqtirmaydigan eritma shimdirilgan; 1 m kvadrat gazlamaning massasi 185-300 gr. Tarkibida 33% polinoz tolalar va 67% paxta bo‘lgan diagonal yoki krep o‘rilishda to‘qiladigan yangi plashlik gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Tanda va arqog‘iga


15,3 teksx2 li pishitilgan kalava ip ishlatiladi; eni 80 sm , 1m 2 gazlamaning massasi 248-282 gr. Tikish paytida o‘yiqlar hosil bo‘ladi.
Kurtkalik gazlamalar assortimenti ancha keng. Bular suv yuqtirmaydigan ximiyaviy modda shimdirilgan, rezinlangan, plyonka qoplamali, “loke” pardozi berilgan va ayni vaqtda suv yuqtirmaydigan kurtkalar, paltolar, kalta paltolar, plashlar, bosh kiyimlar ham sun’iy va tabiiy charm, zamsha, plyonka va qavat materiallardan tikilishi mumkin. Kurtkabop gazlamalardan tayyorlanadigan buyumlar modellarini yaratish va konstruksiyalarini va ishlab chiqarishda gazlamalarning sitiluvchnaligini va tikayotganda burmalanishini, ularga namlik-issiqlik ishlovi berib bo‘lmasligini hisobga olish lozim[14].
Juda kam choklar bilan tikiladigan modellar yaratish tavsiya etiladi. Kiyimlarning shakli, vitochkalar, relyeflar hosil qilish yo‘li bilan yaratiladi. Kurtkalik materiallar assortimenti har xil suv yuqtirmaydigan moddalar shimdirilgan aralash gazlamalar ishlab chiqarishning ko‘paytirilishi, o‘ngiga plyonkalar qoplangan gazlamalar sirtini kalandrlashning keng qo‘llanilishi, o‘ngiga rezina qatlami yopishtirilgan materiallar ishlab chiqarilishi hisobiga kengaytiriladi.


2.1 Erkaklar ko’p funksiyali kurtkasini ishlab chiqarish uchun zamonaviy
materiallar tahlili
Kurtka tikish uchun ishlatiluvchi gazlamalar sarja yoki polotno o`rilishida to`qiladi. Teskari tomonida suv o`tishiga qarshilik ko`rsatuvchi plyonkasi bo`ladi. Materiallarga issiqlik energiyasi ta`sir etganda ularda bir qator xususiyatlar yuz beradi: issiqni o`tkazish qobiliyati, issiqni yutish qobiliyati, issiqlik ta`sirida o`z xususiyatlarini o`zgartirish yoki saqlash qobiliyati. Bu xususiyatlar tikuvchilikda materiallarga namlab isitib ishlov berishda, tayyor buyumlarni turli xil iqlim sharoitida ishlatishda va asosan issiqni saqlaydigan kiyimlarni loyihalashda katta ahamiyatga ega.

3-rasm. Mato qatlamlarining ko’rinishi
Materiallarning kirishishini kamaytirish uchun tolalar tarkibiga namni kam shimadigan tolalar qo`shiladi, kengaytirish, bug`lash, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlov berish, kirishmaydigan yoki kam kirishadigan qilib maxsus pardozlash usullari qo`llaniladi [15].
Kiyimlarning astari ichki qismiga qat va choklariga xalta sifatida ishlatiladi. Bu gazlamalarga qattiq appret ishlov beriladi. Shu sababli ularning sirti tekis va silliq, ishqalanishga chidamli bo`ladi. Bu guruhga kalenkor-sidirg`a rangli yoki oqartirilgan gazlama kiradi. Appret miqdori katta – 8-10%. U qat yoki bo`ylamalar sifatida ishlatiladi. Cho`ntak xaltalari uchun ishlatiluvchi gazlamalar mustahkam ishlatishga chidamli sidirg`a rangli surib grinsbon, tik-lastik kabilardan tayyorlanadi. Ular ham qattiq appretlanadi. Bu guruhga yana yenglar astariga ishlatiluvchi sarja ham kiradi. Bu gazlamaning pardozlanishi- oqartirilgan gazlama sirtiga yo`l-yo`l shaklli gul bosilgan bo`ladi. Bu gazlama sarja o`rilishida ishlab chiqariladi.
Suv yuqtirmaydigan kimyoviy modda shimdirilgan gazlamalar– zich ip gazlamalar hamda polinoz (33%) yoki poliefir (65-67%) tolalar qo’shilgan ip gazlamalar. Polotno, sarja yoki har xil mayda gulli o’rilishlarda to’qilib, parafin-stearin emulsiyasi va sirka kislotali alyuminiy bilan ishlov berilgan. Bunday materiallar dag’al bo’ladi, cho’zilmaydi, qiyshaymaydi, titilmaydi, tikayotganda titilishi mumkin. Suv yuqtirmaslik xossasi birinchi yuvilgunga qadar saqlanadi.
Yuvilgandan keyin 2% kirishadi. Namlik-issiqlik ishlovi berish qiyin.Rezinalangan gazlamalar – bir qatlamli va ikki qatlamli xillarga bo’linadi. Bir qatlamli rezinalangan gazlamalar teskarisiga yupqa rezina qatlami qoplangan, zich ip, shoyi yoki yarim jun gazlamalardan iborat. Bir qatlamli gazlamalar ishlab chiqarish uchun plashlik paxta tolali triko, polotnolar,repslar, koverkotlar, shoyi va hokazolar.
Suv yuqtirmaydigan palto, kurtka, plashlar tikiladigan sun’iy elektrostatik zamsha asosga ya’ni gazlama, trikotaj yoki noto’qima polotnoga yuqori kuchlanishli elektr maydonida tuk yopishtirish yo’li bilan olinadi.
Ustki kiyimlarning teskari tomonida, pidjak va jaket yenglarida, belbog’larida va boshqa kiyim qismlarida astari bo’ladi. Astar nafaqat kiyimning teskari tomonini bezatish uchun, balki kiyimning tashqi ko’rinishini yaxshilash, uni kiyib yurish va yechish paytida qulaylikni ta’minlash uchun va buyumlardan foydalanish davrini oshirish uchun qo’yiladi. Shuning uchun astarlik materiallar hozirgi zamon modasi yo’nalishiga mos kelishi shart, uning ishqalanishga chidamliligi yuqori (paltolar uchun 2000 davr, kostyumlar uchun 1500 davr, plashlar uchun 1000 davrdan kam bo’lmasligi kerak). Bo’yog’i ishqalansh, ter, kimyoviy tozalash ta’siriga chidamli bo’lishi kerak (4balldan kam bo’lmasligi kerak). Astarning kirishishi avra materialning kirishishidan ortiq bo’lmasligi kerak. Astar buyumning umumiy og’irligini oshirmasligi lozim. Astar materiallarning yuza zichligiga ko’ra, ular yengil, o’rta va og’ir materiallarga bo’linadi. Yengil astarlar (90gr/m gacha) yuza zichligi 200 gr/m gacha bo’lgan avra materiallardan tikilgan erkak va ayollar palto va kostyumlarida, bolalar kostyumlarida ishlatiladi. O’rta astarlar (91-120 gr/m) yuza zichligi 200-350 gr/mgacha bo’lgan avra materiallardan tikilgan buyumlarda ishlatiladi. Bu talablarga asosan sun’iy va sintetik iplardan olingan ipak gazlamalari javob beradi. Bu gazlamalarda quyidagi chiziqli zichlikli iplar qo’llaniladi: tanda va arqoqda 11-16,6 teksli viskoza iplari; tanda va arqooqda 6,7 teksli kapron iplari; tandada – 13,3 teksli viskoza ipi, arqoqda – 6,7 teksli kapron ipi; tandasida 13,3-16,6 teksli viskoza ipi, arqoqida 18,5-25 teksli paxta tolasidan olingan ip; tandasida – 13,3 teksli viskoza ipi, arqoqida 16,6 teksliatsetat ipi. Bu gazlamalarning nomlari: astarlik gazlama, astarlik sarja, atlas. O’rilishlari– sarja, atlas. Atsetat ipidan olingan astarlar kam ishlatiladi, chunki ularning ishqalanishga chidamliligi uncha yuqori emas. Ba’zida uncha qimmat bo’lmagan va bolalar buyumlarida astar sifatida paxta tolali satin va lastik gazlamalari ham qo’llaniladi. Ba’zi buyumlarda sintetik iplardan to’qilgan yengil (80-130gr/m) trikotaj matolari ishlatiladi. Ularning ishqalanishga chidamliligi 2000 davrdan ko’p. Oxirgi paytlarda paxta va lavsan tolalari aralashmasidan (33 foiz paxta – 67 foiz lavsan) sarja o’rilishdagi astarlik gazlama ishlab chiqarilyapti. Uning yuza zichligi – 135gr/m [16].

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish