Ko’p funktsiyali kurtka uchun mato tahlili
3-jadval
№
|
Matoni ko’rinishi
|
Nomi
|
Tarkibi
|
Xususiyatlari
|
1
|
|
Membrana
|
100% poliester
|
Suv o’tkazmaydi, Kirlanishi kam, yog’ingarchilikda va harakatdagi vaziyatda dog’ paydo bo’lmaydi,
|
2
|
|
Djeans
|
100% paxta tolali ip
|
Cho’ziluvchan, Mustahkam Elastik, biroq yaxshi issiqlik bermaydi va yog’ingarchilikni uziga shimadi
|
3
|
|
Suniy charm
|
100% poliester va bo’yoqlar
|
Ob-havo sharoitlariga chidamli, mustahkam, biroq sovuq o’tkazuvchan
|
4
|
|
Drap
|
Paxta tola
|
Issiqlikni yaxshi saqlaydi, tabiiy iplardan to’qilgan, biroq harakat davomida ustki tivitlanish kuzatiladi
|
5
|
|
Zamjsha
|
Suniy va paxta aralash
|
Issiqlik saqlashi yaxshi va lekin hayot davri mobaynida eskirishi va yemirilishi juda tez
|
Gazlamalar
Suv o’tkazmaydigangazlamalar assortimenti ancha keng.Bu turdagi matolar kurtkalarga ham mos keladi. Rezinalangan gazlamalar bir qatlamli va ikki qatlamli xillarga bo`linadi. Bir qatlamli rezinalangan gazlamalar teskarisiga yupqa rezina qatlami qoplangan, zich ip, shoyi yoki yarim jun gazlamalardan iborat. Bir qatlamli rezinalangan gazlamalar ishlab chiqarish uchun plashlik paxta tolali triko, polotnolar, repslar, koverkotlar; shoyi gazlamalar - krepdeshin, krep-maroken, plashlik diagonal; zich to`qilgan kapron gazlamalar, lavsanli yarim jun triko ishlatiladi.
Ikki qatlamli rezinalangan gazlamalar rezina yelimi bilan yopishtirilgan ikki gazlama qat1amidan iborat. Avrasi uchun odatda yarim jun kashemir, astari uchun paxta tolali shotlandka yoki katak-katak chit ishlatiladi.
4-rasm. Kurtkalik mato namunasi
Rezinalangan gazlamalarning gigienik ko`rsatkichlari past bo`ladi, tikayotganda sitiladi, ularga namlik-issiqlik ishlovi berib bo`lmaydi. Yuvilganda 2 % kirishadi.
Suv o`tkazmaydigan plyonka qoplangan gazlamalar (bolonya tipidagi) polotno, diagonal yoki krep o`rilishdagi sidirg`abo`yalgan yoki bosma gulli, zich, teskarisiga poliakril, poliefir yoki silikon qoplangan kapron gazlamalar. Plyonka qoplamasi sifatli bo`lsa, gazlama suv va havoni o`tkazmaydi, shunnng uchun plash yelkasi koketka tagiga to`r qo`yiladi. Gazlamalar bichayotganda sirpanib ketaveradi, tikkanda sitiladi va burmalanadi, ularga namlik-issiqlik ishlovi berish tavsiya qilinmaydi. Yuvilganda 1,5 % kirishadi [16].
Kapron va aralash gazlamalar o`ngiga plyonka qoplanadi. O`ngi penopoliuretan bazasidagi plyonka qoplamali, kapron gazlama asosli “Олимпийский” materiali o`ngiga yaltiroq plyonka qoplaganligi bilan bolonya tipidagi gazlamalardan farq qiladi. Dekrilan preparati (Shveysariya)da ishlatib tayyorlangan rangli va rangsiz plyonka qoplamali kurtkalik gazlamalar o`ngi rangsiz yoki kumushsimon pardozlangan polotno o`rilnshdagi kapron gazlamalar. Asosiga aralash iplardan to`qilgan gazlama ishlatib, o`ngiga yupqa plyonka qoplangan plashlik materiallar tarkibida o`simlik (paxta yoki viskoza) tolalari va sintetik tolalar bo`ladi, “Lake” pardozi berilgan va PINZ preparati shimdirib suv yuqtirmaydigan qilingan kapron gazlamaning o`ngi silliq va yaltiroq bo`ladi. Mexanik va texnologik xossalari jiqatdan bolonya tipidagi gazlamalarga o`xshaydi.
PTC fobotek moddasi shimdirilgan plash-paltolik material sarja o`rilishdagi sidirg`a bo`yalgan gazlama. Tandasiga 25 teksli viskoza-lavsan-nitron kalava ip va arqoqiga 11teks x4 li teksturalangan poliefir ip ishlatilgan. Bunday modda shimdirilgan gazlama suv yuqtirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |