Astarlik va miyona gazlamalar
Kiyimlarning astari ichki qismiga qat va choklariga xalta sifatida ishlatiladi. Bu gazlamalarga qattiq appret ishlov beriladi. Shu sababli ularning sirti tekis va silliq, ishlanishga chidamli bo`ladi. Bu guruhga kalenkor-sidirg`a rangli yoki oqartirilgan gazlama kiradi. Appret miqdori katta – 8-10%. U qat yoki bo`ylamalar sifatida ishlatiladi. Cho`ntak xaltalari uchun ishlatiluvchi gazlamalar mustahkam ishlatishga chidamli sidirg`a rangli surib grinsbon, tik-lastik kabilardan tayyorlanadi. Ular ham qattiq appretlanadi. Bu guruhga yana yenglar astariga ishlatiluvchi sarja ham kiradi. Bu gazlamaning pardozlanishi- oqartirilgan gazlama sirtiga yo`l-yo`l shaklli gul bosilgan bo`ladi. Bu gazlama sarja o`rilishida ishlab chiqariladi.
Ustki kiyimlar uchun astarlik va miyona sifatida ishlatiladigan gaxlamalar astarlik gazlamalar gruppasiga kiradi.
Kolenkor- yaltiroq pardoz berilgan sidirg‘a miyona uchun ishlatiladi.
Bortovka- palotno o‘rilishda to‘qilgan hom yoki sidirg‘a gazlama past nomerli kalava ipdan to‘qilgan. Qattiq qilib pardozlanadi.
2.2 Model uchun tanlangan materialni fizik-mehanik xususiyatlarini
eksperimental yo’l bilan aniqlash va asoslash
Kurtkalik gazlamalar assortimenti haqida ma`lumotlar
Kurtkabop matolar suv yuqtirmaydigan kimyoviy modda shimdirilgan, rezinalangan, plyonka qoplamali, “lake” pardozi berilgan va ayni vaqtda suv yuqtirmaydigan modda shimdirilgan gazlamalardir.
Suv o’tkazmaydigan kurtkalar, paltolar, kalta paltolar, plashlar, bosh kiyimlari ham sun’iy va tabiiy charm zamsha, plyonka va qavat materiallardan tikilishi mumkin.
Suv yuqtirmaydigan kimyoviy modda shimdirilgan gazlamalar-zich ip gazlamalar hamda polinoz (33%) yoki poliefir (65-67%) tolalar qo’shilgan ip gazlamalardir. Polotno, sarja yoki har xil mayda gulli o’rilishlarda to’qilib, parafin-stearin emulyatsiya va sirka kislotali alyuminiy bilan ishlov berilgan. Bunday materiallar dag’al bo’ladi, cho’zilmaydi, qiyshaymaydi., titilmaydi, tikilayotganda sitilishi mumkin. Suv yuqtirmasligi xossasi birinchi yuvilgunga qadar saqlanadi. Yuvilgandan keyin 2% kirishadi. Namlik-issiqlik ishlovi berish qiyin.
RTS fobetik moddasi shimdirilgan plash–paltolik material sarja o’rilishdagi sidirg’a bo’yalgan gazlamalar. Tandasiga 25 teksli viskoza-lavsan-nitronkalava ipi va arqog’iga 11teksx4 li teksturalanganpoliefir ip ishlatilgan. Bunday modda shimdirilgan gazlama suv yuqtirmaydi. Gazlama zich, qayishqoq, elastik, pishiq, to’zishga chidamli bo’ladi.
G`ijimlanmaydigan g`ilib pardozlangan, rogojka o`rilishi yaqqol bilinib turadigan gazlama. Tandasi va arqog`iga tarkibida 50% lavsan tolasi bo`lgan va 10% bo`yalgan tarandi qo`shilgan 69 teks x 2 li ho`l yigirilgan zig`ir tolali kalava ip ishlatilgan. Eni 80 sm, 1 m2 gazlamaning massasi 470 g.
Kostyumlik gazlama - bo`ylama yo`lli aralash o`rilishdagi zich, og`ir, sidirg`a bo`yalgan, tanda va arqoq sarjaning yo`llari galma-gal keladigan gazlama. Tandasi va arqog`iga tarkibida 33% lavsan tolalari va 33% viskoza tolalari bo`lgan 69 teksx2 li ho`l yigirilgan zig`ir tolali kalava ip ishlatiladi. Eni 80 sm, 1 m2 gazlamaning massasi 350 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |