Mahmud G‘iyosiddin Koshiy (1402-1474) Xalq me‟morchiligida «Muhandislar sultoni» nomiga sazovor bo„lgan atoqli matematik, astronom Jamshid ibn Mas‟ud ibn Mahmud G„iyosiddin Koshiy «XV asr» ham fanning ko„p sohalari bilan, shu jumladan, grafika bilan ham shug„ullangan. Al Koshiy o„z asarlarida o„zidan avvalgi XI -XIII asrlarda matematik va geometriklarning kashfiyotlaridan foydalandi va o„zi matematika sohasida buyuk kashfiyotlar qildi. U birinchi bo„lib, o„nli kasrlarni kashf qildi. Uning ikkinchi kashfiyoti sonlardan II darajali ildiz chiqarish amali edi. Al Koshiyning «Aylana haqida risola» asari aylana uzunligining o„z diametriga nisbati, ya‟ni «r» sonini hisoblashga bag„ishlangan. U «r» (pi) sonining 17 ta xonali qiymatini shu sohadagi Yevropa olimlaridan 200 yil ilgari topgan. Uning asarlari shuni ko„rsatadiki, o„rta asrlarda Markaziy Osiyodagi fanning rivojlanish darajasi o„sha davrdagi G„arbiy Yevropadan bir necha yuz yillar o„tib ketgan. Al Koshiy o„zining «Hisob kaliti» va
«Aylana haqida risola» asarida geometriyaning elementlari haqida ayrim umumiy qoidalarni beradi. Unda o„zi tomo nidan va o„zidan avvalgi XI-XIII asrlarga o„tgan mashhur matematik va geometriklarning kashfiyotlaridan foydala -niladi. Uning «Hisob kaliti» asari kirish qismidan tashqari 5 ta kitobdan tashkil topgan. Bu asarda ko„p burchaklar haqida shunday deydi: «Ko„pburchak» bu shunday sirtdan iboratki, to„rttadan ortiq, to„g„ri chiziqlar bilan chizilgan. Masalan, beshburchak, oltiburchak, ettiburchak, sakkizburchak va hokazo. Ular teng tomonli va teng burchakli yoki har xil tomonli yoxud bir xillari teng, ayrimlari esa har xil yo„nalgan. Birinchisida ko„pburchak tomonlariga u r i n m a b o „ l g a n d o i r a c h i z i s h m u m k i n , u n i i k k i n c h i s i d a n ayrimlariga ham o„tkazish mumkin.
(G.Koshiy «Hisob kaliti» 114-, 119-betlar). Al Koshiyning asarida bayon qilinishicha, to„g„ri burchakli uchburchak va muntazam ko„pburchaklarni, shu jumladan, qavariq va yulduzcha ko„rinishidagi shakllarni yasash aylanani 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 bo„lishidan kelib chiqadi. Aniq yasash mumkin bo„lgan ko„pburchaklar qo„yidagilar: 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12, 15, 16, 17,
20, 24 va h.k.. Aniqlikda yasalishi uchun qoidasi bo„lmagani ko„pburchaklar qo„yidagilar: 7,
9, 11, 1 3 , 1 4 , 1 9 , 2 1 , 2 2 , 2 3 v a h . k . B u b a y o n d a O „ r t a A s r matematiki asosiy shakllarga: to„rtburchakni, «ikki qo„lli», «ikki oyoqli», «arpa doni», «chasha» va «bodom» larga qo„shishi qiziqarlidir. Al Koshiy me‟morlar va duradgorlarga bu shakllarni qurilish ishlarida ko„plab tadbiq qilishni dalil qilib ko„rsatadi. Uning geometrik shakllarning yuzasini h isoblash usuli bino devorlarini suvash ishlarida muhim bo„lib, «Qobusnoma» (XI asr) da aytilgan eskicha, istalgan shaklni uchburchaklarga bo„lib, yuzasini aniqlash qoidasiga mos keladi.
Al Koshiy astronomik kuzatishlarda ham qatnashib, astronomik jadvalni tuzish bilan ham shug„ullangan. Bundan tashqari u zamonasining yetuk me‟mori va muhandisi sifatida arxitektura nazariyasi haqida kitob yozdi.
Ulug„bek madrasa, xonakoh va rasadxonalar qurilishida bevosita ishtirok etgan, shuhrat q o z o n g a n . T a b i i y k i , b u y u k o l i m n i n g g r a f i k a n i n g rivojlanishidagi mehnatlari beqiyosdir. Chunki me‟morchilik san‟ati grafikasiz bo„lmaganday, grafikaning asosi hisoblangan geometriyaning taraqqiyoti o„z o„rnida katta ahamiyatga molikdir.
Ayrim tarixiy manbalardan ma‟lum bo„lishicha, Al Koshiy Samarqand rasadxonasining qurilishida qatnashgan va rasadxonaning astronomik jihatlarini hal qilishda o„zi shaxsan muttasaddilik qilgan [26. 372-373].
Do'stlaringiz bilan baham: |