Abul Vafo Muhammad ibn Yahyo ibn Abbos al Buzjoniy (940-998) Grafikaning rivojlanishiga bevosita o„z hissasipi qo„shgan buyuk olimlardan biri Xurosonlik matematik al Buzjoniydir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug„ullanadi. Uning kashf etgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o„ynaydi. Uning asarlarida chizmachilikning nazariy asarlari asoslari berilgan. Uning
«Hunarmandlar uchun geometrik handasaviy yasashlari haqidagi» 13 bobdan iborat risolasi
«Chizg„ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli bobdan boshlangan. Unda shu asboblar va ularni yasash to„g„risida keng ma‟lumotlar berilgan. Ushbu asarning mazmuni asosan geometrik yasashlarga bag„ishladi.
Abyl Vafo Buzjoniy ham Al Forobiy kabi yonuvchi oynaklarga tegishli bo„lgan ikkita
parabola shablonlarni yasash metodlarini keltirib o„tadi.
Geometrik yasashga doir usullar yer o„lchash, Me‟morchilik va hunarmandchilikka doir masalalar asosida tarkib topgan.
Buzjoniy o„zining kitoblarida 200 ga yaqin geometrik naqshlar yechimi to„g„risida yozib qoldirilgan. Bulardan tarixning ba‟zi oson yo„llarini tushuntirib o„tgan. Masalan, uning kitoblaridan birida qurilish va geometrik naqsh yechimi to„g„risida yozilgan. Bu kitob hozir Parijdagi muzeylardan birida saqlanmoqda. Buzjoniy o„zinnig kitoblarida uchga, beshga bo„lishning eng sodda yo„llarini keltiradi. Bu o„sha davr uchun katta ahamiyatga ega edi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Beruniyning to„liq ismi - Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad o„rta asrning buyuk qomuschi olimi. U Xorazmning Qiyot shahrida tug„ilgan. Qi yo t hozirgi Beruniy shahrining o„rnida bo„lgan.
Beruniy juda yoshligidan ilm va f an ga qi z i qa d i. U s ev gan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minerologiya edi. U o„zining «Geodeziya» asarida Qiyot shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi.
1004-yil Beruniy Xorazmga kaytdi. Gurganjda u oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al Masihiy, tabib al Hammar, ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida Buxorolik mashhur tabib Ab u Ali ibn Sino ham Gurganjga keldi.
Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba‟zi masalalari bilan shug„ullandi. 1017-yilning yozida Mahmud G„aznaviy Xorazmni bosib oldi. G„aznaviyn i n g b u y r u g „ i g a k o „ r a B e r u n i y asir sifatida G„aznaga olib ketildi. U yerda og„ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug„ullanish sharoitiga ega
bo„ldi.
1022-1024-yillar Mahmud G„aznaviy Hindistonga qilgan yurishida Beruniyni o„zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug„ullandi. U Panjobdagi Nandn a q a l ‟ a s i yo n i d a y e r s h a r i meridiani bir gradusining uzunligini o„lchadi va u 110,895 km ekanini aniqladi. Bu ma‟lumot hozirgi zamon o„lchashlari natijasI 111,1 km bilan taqqos lansa, Beruniy o„lchashlarining aniqligi ancha yaqindir. U Hindistonda bo„lajak asari «Hindiston tarixi» u c h u n m a t e r i a l yi g „ d i v a u n i 1030-yilda yozib tugatdi. O„sha yili Mahmud vafot etdi va uning o„rniga o„g„li Mas‟ud taxtga chiqdi. Mas‟ud Beruniyga ko„p iltifotlar ko„rsatdi. Shu sababli, Beruniy o„zining shoh asarini Mas‟udga bag„ishlab «Qonuni Mas‟u diy» deb atadi.
Beruniyning shoh asarlaridan biri «Qonuni Ma‟sudiy» deb ataladi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo„lsa ham, Beruniyning matematikaga oid, ya‟ni trigonometriya, geometriya, sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlarini shu asarda chizmalar yordamida bayon etilgan.
Beruniyning fikricha biror buyumni kub ichiga joylashtirib, uning old, yuqori, chap, o„ng, orqa va tag tomonlaridan qaralsa, kubning yon yoqlarida uning tasviri hosil bo„ladi. Buyumning bu tasvirlariga asosan buyum haqida yoki uning elementlari to„g„risida to„liq ma‟lumotlar olish mumkin. Beruniyning bunday qarashlari hozirgi zamon muhandislik grafikasida qo„llanadigan GOST 2.305-68 dagi asosiy 6 ta ko„rinishlarga mos keladi.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo„shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko„rish mumkin. Ulardan eng yiriklarI «Hindiston»,
«Yodgorliklar», «Qonuni Mas‟udiy», «Geodeziya», «Minerologiya» va «Astronomiya» [26.262-
263].
Afsuski, Beruniyning bu asarl a r i d a n a t i g i 3 0 g a y a q i n i bizning kunlargacha etib kelgan. Beruniy G„aznada vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |