5-rasm. Milliy real iqtisodiyot (MRI) va ko’chmas mulk bozorini umumiy makroregulyator (M) orqali o’zaro bog’liqlikda faoliyat ko’rsatishning tuzilmaviy modeli9
Bu modelda:
TO – milliy real iqtisodiyot va ko’chmas mulk bozoriga bir vaqtda ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar;
QChK- ko’chmas mulk bozori indikatorlari bo’yicha chiqish ko’rsatkichlari;
NChK- real iqtisodiyot sektorlari indikatorlari bo’yicha chiqish ko’rsatkichlari;
QFO va NFO – makroregulyator (M) tomonidan ishlab chiqariladigan hamda mos ravishda ko’chmas mulk bozori va makroregulyator tuzilmalariga ta’sir etadigan ichki omillar.
Bu omillarning barchasi bir-biriga uzviy ta’sir qilib turadi.
Ko‘chmas mulk bozorini ajralib turadigan xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
- baho shakllanishini individualligi;
- transaksion chiqimlar baland darajasi;
- birinchi va ikkinchi darajali bozorlar o‘zaro faoliyati muhim roli;
-baho, foydalilik va tavakkalchilikni regional iqtisodiyot holatiga bog‘liqligi;
-tavakkalchilikning rang-barangligi
-tovarni bozordagi past likvidligi;
-bozorning o‘zini o‘zi boshqarishni baho mexanizmlarini zaifligi.
Ushbu sabablar foydasiga ko‘chmas mulk,uni iqtisodiy qarorlar qabul qilishdagi tahlilining muhimligini aniqlovchi tahlil qilishni qiyinlashtiradigan bir nechta omillar bilan ajralib turadi.
-ishonchli ma’lumotni topish qiyin ekanligi;
-analogik bitimlar sonini cheklanganligi (ba’zida esa ularni umuman yo‘qligi);
-bozor rivojlanish tendensiyasini aniqlovchi omillar har-xilligi.
Ko‘chmas mulk bozorida segmentasiya ko‘plab asoslardan o‘tkazilishi mumkin: geografik joylashuv, fizik xarakteristikalari, obyektlarni funksional tayinlashgani yoki hatto asoslar kompleks bo‘yicha ham. Segmentasiya uchun bir marta va umrbod asos yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas.
KMQBXBning maqsadi – mulk qiymatini baholash bilan bog’liq erkin raqobatga asoslangan malakali xizmatlar ko’rsatish uchun baholochi va mulkdor o’rtasidagi ochiq munosabat, obyektiv konyunktura, yetarli, zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratish.
KMQBXBning vazifasi- uning ushbu maqsadiga erishishi bilan bog’liq funksiyalarni amalga oshirishni ta’minlash
Ko’chmas mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori (KMQBXB) - bu ma’lum hajm va narxga ega bo’lgan baholash xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq tashkillashgan ijtimoiy-iqtisodiy-informatsioin-huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’sirida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi yaxlit murakkab mexanizm sifatida namoyon bo’luvchi baholash xizmatlari bo’yicha talab va taklif funksiyasi.
Ko’chmas mulk qiymatini baholash bozori institutsional tuzilmasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |