Gazlarda ko`chish hodisalari
Reja:
1.Kirish
2. Gazlarda diffuziya. Fik qonuni;
3. Statsionar diffuziya;
4. Diffuziya koeffitsiyentini o’lchash;
5. Gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligi;
6. Fure qonuni;
7.Xulosa
1.Kirish
Diffuziya (lotincha: diffusio — singish, tarqalish) — molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarning tar-tibsiz issiklik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga oʻz-oʻzidan oʻtishi, birining ikkinchisiga singib ketishi. Diffuziya gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda boʻladi va tezligi moddaning zichligi va qovushoqligi, temperatura, diffuziyalanuvchi zarraning tabiatiga va h. k.ga bogʻliq. Temperatura koʻtarilishi bilan Diffuziya tezlashadi. Bir aralashmali sistema (bir modda)dagi Diffuziya oʻz diffuziya, koʻp aralashmali sistema (gaz, suyuq yoki qattiq eritmalar)dagi Diffuziya geterodiffuziya deyiladi. Fan va texnika sohalarida Diffuziya ning ahamiyati katta; kimyoda Diffuziya usuli erigan moddaning molekulyar ogʻirligini aniqlashda qoʻllaniladi. Biologiyada oziq moddalarning soʻrilishi va yutilishi hamda moddalar almashinuv mahsulotlarining chiqib ketishida Diffuziya ning ahamiyati bor. Texnikada terini oshlash, gazlamani boʻyash, metallarni sementlash va azotlash, metallarda himoya qrplama hosil qilishda qoʻllaniladi. Geologiyada Diffuziya moddalarning quyuqdan suyuqqa, issiqdan sovuqqa, namdan quruqqa tarqalishiga aytiladi. Foydali qazilma konlarini izlashda Diffuziya ning roli juda muhim. Diffuziya natijasida konlar bor joylarda rudalarni birlamchi va ikkilamchi areal (joy) lari hosil boʻladi. Bular oʻz navbatida maʼdan konlarini qidirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Fizikada molekulalar (atomlar) Diffuziya sidan tashqari oʻtkazuvchanlik elektronlari, kovaklar, neytronlar va b. zarralar
Asosiy qism
2.Gazlarda diffuziya. Fik qonuni: Bir-biriga tegib turgan ikki yoki bir necha modda molekulalarining issiqlik harakati tufayli bir-birining ichiga singib o`tish hodisasi diffuziya deb ataladi. Gaz tarkibi jihatidan bir jinsli bo`lmagan hollarda ham, ya`ni u konsentrasiyasi nuqtadan nuqtaga o`zgaruvchi ikki yoki bir necha komponentadan tarkib topgan hollarda ham gazda diffuziya vujudga keladi. Diffuziya jarayonida aralashma konmponentalaridan har biri gazning bu komponenta konsentrasiyasi katta bo`lgan qismlaridan konsentrasiyasi kichik bo`lgan qismlariga o`tishi ro`y beradi.
Diffuziya hodisasini miqdoriy tavsiflash uchun diffuziya oqimi tushunchasi kiritilgan. Diffuziya oqimi diffuziyalanuvchi komponentaning vaqt biriligi ichida diffuziya yo`nalishiga perpendikulyar bo`lgan yuza birligidan o`tgan molekulalar soni bilan o`lchanadi.
Tajribalar biror komponentaning diffuziya oqimi shu komponenta konsentrasiyasi (zichligi) gradiyentiga proporsional ekanligini ko`rsatadi (Fik qonuni). Agar gaz aralashmasining, bizni qiziqtirgan komponentasining, konsentrasiyasi faqat x yo`nalish bo`ylab o`zgarsa, u holda konsentrasiya gradiyenti, ya`ni konsentrasiyaning x yo`nalish bo`ylab o`zgarish tezligi bo`ladi va diffuziyaning asosiy qonuni (Fik qonuni) shunday ifodalanadi:
(7-1)
Bundagi D - diffuziya koeffisiyenti deb ataladi. U konsentrasiya gradiyenti bir birlikka teng bo`lgandagi diffuziya oqimiga son jihatdan teng bo`lgan kattalikdir.
Diffuziya stasionar yoki nostasionar bo`lishi mumkin. Stasionar diffuziyada konsentrasiya gradiyenti o`zgarmay qoladi. Shu sababli diffuziya oqimi ham o`zgarmaydi.
7-1 – rasm.
Nostasionar diffuziyada konsentrasiya gradiyenti o`zgaradi. Shunga muvofiq ravishda vaqt o`tishi bilan diffuziya oqimi ham o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |