Diffuziya. Gazlar, suyuqliklar va qattiq jisimlar molekulalarining harakati.
Turli moddalar bir biriga tekkizilsa, bir moddaning molekulasi ikkinchi modda molekulasi orasiga kiradi, yani ikki xil modda molekulalarining bir-biriga singishi sodir bo’ladi. Bu hodisaga difuziya deyiladi.
Diffuziya deb bir-biriga chegaradosh bo’lgan ikki modda molekulalarining tartibsiz harakati tufayli o’zaro qo’shilib ketishiga aytiladi. Diffuziya hodisasini gazlarda, suyuqliklarda va qattiq jisimlarda kuzatish mumkin.
Gazlarda diffuziya suyuqliklardagiga qaraganda tez sodir bo’ladi.
Qattiq jisimlardagi moolekulalar orasidagi tortishish kuchi suyuqliklardagiga qaraganda ancha katta bo’lganligi uchun diffuziya hodisasi juda ham sekin kechadi.
Diffuziya jarayonining intensivligi temperature ortgan sari molekulalarining tartibsiz harakat tezliginina ortishi hisobiga ortib boradi.
Molekulalarning o’rtacha erkin yugurish masofasi ikki ketma-ket to’qnashishi orasida molekula bosib o’tgan masofa bo’lib, uning kattaligi moddaning zichligiga bog’liq boladi.
Bosim qancha past bo’lsa, zichlik ham shuncha kichik bo’ladi va molekulalarning erkin yugurish o’rtach masofasi shunch katta bo’ladi.
Moddaning agregat holati to’rt xil bo’ladi: 1) gaz holati; 2) suyuqholat; 3) qattiq holat; 4) plazma holat;
Ideal gaz molekulyar-kinetik nazariysining tenglamsi
Hajm birligidagi molekulalar soni,molekulalar konsentratsiyasi deyiladi.
Molekulalarning to’xtovsiz harakati davomida ularning idish devoir bilan to’qnashishlari tufayli gaz bosimi vujudga keladi.
Ideal gaz – molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari etiborga olmatdigon darajada kichik bo’lgan gaz.
Ideal gazning bosimi hajm birligidagi molekulaar soni (molekulalar konsentratsiyasi) bilan molekula ilgarlanma harakatining o’rtacha kinetik energiyasi ko’paytmasiga to’g’ri propolsional.
Molekulalar ilgarlanma harakatining o’rtacha kinetik energiyasi faqat gazning absolyut temperaturasiga bog’liq.
Molekulalar konsentratsiyasi:
Zichlik (ρ) deb birligidagi massaga teng bo’lgan kattalikka aytiladi:
Zichligi hajmi va zichligi hajmi bo’lgan suyuqliklar aralashtirilganda aralashmaning zichligi:
Agar aralashmaning hajmi uni tashkil etuvchilari hajmlarining yig’indisiga teng bo’lsa, aralashmadagi moddalarning massa ulushlari:
( –aralashmaning umumiy zichligi)
Bitta molekulaning o’rtacha kinetik energiyasi:
Temperature molekula kinetic energiya olchovidir:
Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi:
Dalton qonuni.Idishda turli xil gazlar aralashmasi bo’lganida ularning umumiy bosimi, har bir gaz alohida boshqalar bo’lmaganida butun idish hajmida hosil qiladigon bosimlarining yig’inmdisiga teng bo’ladi.
Gaz arashmasida har bir gazning alohida hosil qiladigan bosim parsial bosim deyiladi.