Gazeta sarlavhalarining mazmuniy persepsiyasi


Gazeta sarlavhalarining pretsedent birliklar orqali ifodalanishi



Download 45,73 Kb.
bet9/10
Sana01.01.2022
Hajmi45,73 Kb.
#285937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hasanova Aziza BMI

2.2. Gazeta sarlavhalarining pretsedent birliklar orqali ifodalanishi

Bugungi kunda o’zbek matbuotida chop qilinayotgan maqolalarning ommabopligini ta’minlash, emotsional-ekspressivlikni oshirish maqsadida turli lisoniy vositalardan foydalanilmoqda. Bunga misol sifatida xalqimiz milliy merosi sanalgan maqollar, aforizmlar, iboralar va hadislar, yozuvchi va shoirlarning ijod namunalarini keltirish mumkin. Biz mazkur bobda gazeta matni sarlavhalarining pretsedent birliklar orqali ifodalanganda ekspressivlikni oshirishga xizmat qilishini tahlil qilishga harakat qildik.

Avvalo, pretsedent birlik atamasiga to’xtalib o’tish joiz. Tilshunos olima D.Xudoyberganova “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli monografiyasida pretsedent birlikka quyidagicha ta’rif beradi: “Pretsedentlik – til egalarining asosiy qatlamiga yaxshi tanish ekanligi, nutqda qayta-qayta qo’llanishi bilan xarakterlanadi”18. Mazkur fikrdan kelib chiqadigan bo’lsak, aynan gazeta matni sarlavhalarida qo’llangan pretsedent birliklar ham o’quvchi tafakkurida doim mavjud holda turadi va maqola sarlavhasini o’qigan paytdayoq unda maqola mazmuni haqida tushuncha paydo bo’ladi. Biz “Yoshlar ovozi” va “Ma’rifat” gazetalarining 2019-yil davomidagi berilgan maqolalarini kuzatganimizda pretsedent birliklar orqali ifodalangan gazeta matni sarlavhalari salmoqli o’rin egallaganligi ma’lum bo’ldi. Masalan, “Do’st og’ir kunda bilinadi” (“Yoshlar ovozi” 2019), “Yaxshi niyat – yarim davlat” (“Yoshlar ovozi”, 2019), “Qush uyasida ko’rganini qiladi” (“Ma’rifat”, 2019) sarlavhali maqolalarni gazetxon o’qishi bilanoq, tafakkurida mazkur maqol mazmuni bilan bog’liq assotsiatsiya paydo bo’ladi va maqolani o’qishga undaydi.

Gazeta matni sarlavhalari o’rganilganda maqollarning shakli o’zgartirilgan holda sarlavha qo’yish holatlari ham kuzatildi. Mazkur holatda maqolning o’zgarmagan holatdagi mazmuni gazetxonga anglashilaveradi. Masalan, “Bir bolaga yetti psixolog ota-ona” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasi “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Bilimi zo’r mingni yengar” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasi “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni”, “Izlanganga omad yor” (“Ma’rifat”, 2019) sarlavhasi “Izlaganga tole yor”, “Hunar bilan xor bo’lmas kishi” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasi “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “O’zga yurtda xor bo’lma, do’stim!” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasi “O’zga yurtda xor bo’lguncha o’z yurtingda gado bo’l” maqolining ma’lum maqsadda o’zgartirilgan shakllaridir. Maqollarni o’zgartirgan holatda qo’llash mamlakatning bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy vaziyati bilan ham bog’liq bo’ladi. Masalan, “Bir bolaga yetti psixolog ota-ona” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhali maqolada hozirgi sharoitda psixologlarga katta mas’uliyat yuklatilganidan darak beradi. “O’zga yurtda xor bo’lma, do’stim!” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhali maqolada esa chet elga ishlash maqsadida ketgan fuqarolarning qismati yoritilgan. “Ishlamagan tishlaydi(mi?)” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasida “Ishlagan tishlaydi” maqoli muallif maqsadiga ko’ra o’zgartirilgan. Shuningdek, ekspressivlikni yanada kuchaytirish maqsadida -mi yuklamasidan ham foydalanilgan.

Sarlavhalarda maqola mazmuni bilan aloqadorlikni ta’minlash maqsadida ijodkorlarning barchaga ma’lum, hikmatli so’zga aylangan fikrlaridan ham foydalaniladi. “Birni ko’rib fikr qil, Birni ko’rib…” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasini o’qiganimizdayoq Navoiy dahosi yodimizga keladi va maqola shukronalik haqida ekanligi assotsiatsiyasi paydo bo’ladi. “Ona tilim, sen borsan, shaksiz!” (“Yoshlar ovozi”, 2019) sarlavhasini o’qigan gazetxon beixtiyor Abdulla Oripovning til haqidagi mashxur she’rini esga oladi va maqola mavzusi ona tili haqida ekanligi assotsiatsiyasi paydo bo’ladi. (“Yoshlar ovozi”, 2019), “Mendan nima qolur…” sarlavhasini o’qiganda Muhammad Yusuf ijodidan boxabar har bir gazetxonda maqola mavzusi she’r haqida ekanligi ayon bo’ladi.

Bundan tashqari, gazeta matni sarlavhasi barcha tinglaydigan qo’shiqlar orqali ifodalanganligiga ham guvoh bo’ldik. Masalan, “Mendirman o’shal…” (“Ma’rifat”, 2019) sarlavhasini o’qishimiz bilan mashxur san’atkorning qo’shig’i tafakkurimizda paydo bo’ladi va maqola vatanparvarlik mavzusida ekanligi anglashiladi. Mazkur sarlavhalar maqolaning asosiy matni bilan uzviy bog’liqlikni ta’minlaydi va o’quvchini jalb qiladi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, sarlavhalarning pretsedent birliklar orqali ifodalanishi bugungi o’zbek matbuotida yetakchilik qilmoqda va maqolaning ommabopligini ta’minlashga, ta’sir kuchini oshirishga xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

2.Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.–Toshkent: Sharq, 1998.

3.Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz.–Toshkent: O‘zbekiston, 1999.

4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. 2017- yil 8-dekabrdagi nutqidan.



5. O‘zbekiston Respublikasining Konstututsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.
Ilmiy adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov G’., Sulaymonov A., Xoliyorov H., Omonturdiev J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979.

  2. Ahmedova H. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent: Tafakkur, 2012.

  3. Azimova I. O’zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi. Filol. fan. nom. …diss. - Toshkent, 2008.

  4. Леонтьев.A. Язык, речь, речевая деятельност, - М., 1969.

  5. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. – Toshkent: O’qituvchi, 1993.

  6. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.

  7. Qurbonova. S. Badiiy matnda shaxs xususiyatlarining ifodalanishi. Filol. fan. fals. d-ri diss. avtore. - Farg‘ona, 2018.

  8. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2013.

  9. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009.

  10. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.

  11. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

  12. Usmonova Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Universitet, 2014.

  13. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent, 2014.

  14. O‘zbek tili grammatikasi. –Toshkent: Fan,1978.

  15. G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: O‘qituvchi, 1965.

Internet manbalari:

1. http://ziyonet.uz.

2. http://www.edu.ru/

3. www.ziyouz.com.kutubxonasi.

4. http:/www.pedagog.uz/Pedagogik ta’lim muassasalari sayti.

5. www.Ziyonet.uz

6. www.literature.uz

7. Aim.uz

8. Wikipedia.uz



Download 45,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish