Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida gazeta matnlarini o‘rganish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, gazeta sarlavhalarining turli xususiyatlarini o‘rganish sohasida A.Abdusaidov, A.Boboyeva, P.Rustamov, B.Mirzayev, I.Toshaliyev, N.Jumanazarovning ilmiy maqolalari, I.Toshaliyevning “Sarlavha stilistikasi” o‘quv qo‘llanmasi mavjud. Bu tadqiqotlarda gazeta matnlaridagi sarlavhalar til vositalariga ko’ra tahlil qilingan.
BM ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Farg’ona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasining «2015-2020 yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki» istiqbol rejasi asosida amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |