Ishning ilmiy yangiligi quyidagilar:
gazeta matni sarlavhalari perseptiv xususiyatidan kelib chiqib o’rganildi;
mazmuniy persepsiya jarayonidagi birliklar aniqlandi;
ta’lim bosqichlari dastur va darsliklarida psixolingvistik tadqiqotlarning olib borilishi masalasi o‘rganildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati gazeta sarlavhalarining mazmuniy persepsiyasi jarayoni tajribalar asosida o’rganilishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, tadqiqotning xulosalari va tahlil materiallari o‘zbek tilida psixolingvistika fani taraqqiyoti masalalariga oydinlik kiritadi, uni o‘rganishda manba bo‘la oladi. Ta’lim bosqichlarida psixolingvistika faniga doir dars ishlanmalarini yaratishda amaliy material sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |