Ekiladigan bodring-Cucumis sativus L. Poyasi yer bag’irlab o’suvchi, palakli hir yillik o’simlik hisoblanadi. Poyasida oddiy gajaklari bo’lib, poya va barglari dag’al tukchalar, ilmoqchalar bilan qoplangan. Faqat madaniy ekilgan holda uchraydi, yovvoyi holdagisi noma'lum. Barglari oddiy, navbatlashib joylashgan, yuraksimon, besh bo’lakchali, o’tkir burchakli bo’ladi. Bir uyli, gullari ayrim jinsli, erkak gullari to’p bo’lib, urg’ochilari bittadan bo’lib barg qo’ltig’idan chiqadi. Gulqo’rg’oni murakkab, kosachabarglari o’zaro qo’shilgan, 5 tishchali. Erkak gullarda 5 ta changchilar uch guruh bo’lib joylashgan. Urg’ochi gullardagi urug’chi 3 ta mevabargchaning qo’shilib o’sishidan hosil boladi. Mevasi — cho’ziq, ko’p urug’li rezavorsimon qovoq meva (25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |