d1 = 3600 Gh/Ni Solishtirma issiqlik miqdori — qurilma iqtisodliligini ko‘rsatadi. U 1 kW/soat foydali energiya chiqarish uchun sarflangan issiqlik miqdoriga teng:
q =3600/ղ
Solishtirma yoqilg‘i miqdori shu qurilma uchun yoqilg‘i turini belgilash uchun xizmat qiladi:
gi = qi/Qrq bu yerda: Qrq — yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi.
GTQ tashqi yo‘qotishlariga turbina va kompressor podshipnikla- ridagi ishqalanishdagi yo‘qotishlar, val zichlagichlari orasidan yo‘qoladigan yo‘qotishlar, yordamchi qurilmalarga ketadigan energiya yo‘qotishlari va h. k.lar kiradi.
Tashqi yo‘qotishlar mexanik FIK orqali ifodalanadi:
ղm=le/li bu yerda: /e — GTQ effektiv ishi,
le=li/lm Gaz turbina qurilmasi iqtisodiy samaradorligini oshirishning yo‘llari ko‘p:
turbinada ishlatilgan gaz issiqligini qayta qo‘llash (regeneratsiya qilish);
havoni oraliq pog‘onalarida sovitish yo‘li bilan siqish;
ham bug‘ havo sikli, ham porshenli yonuv kamera siklida ishlovchi kombinatsiyalangan qurilma yaratish;
havo gaz aralashmasini oldindan qizdirib berish.
Hozirgi paytda bu yo‘nalishlarning hammasi qo‘llanilmoqda.
Gaz turbina qurilmalarining yonish kameralari. Yonish kamerasi GTQning asosiy elementi bo‘lib, unda yoqilg‘i yonishi hisobiga siqilgan havo kerakli temperaturagacha qizdiriladi. Yonish kameralariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
GTQ barcha ish rejimida yonish kamerasida yoqilg‘i yonishi barqaror bo‘lishi kerak. Alanganing uzilishi, pulsatsiyasi, kamayishi taqiqlanadi;
Yonish kameralari tabiiy gaz va suyuq yoqilg‘ilarda ishlaydi. Og‘ir hajmiy massaga ega bo‘lgan mazutlarni qo‘llash ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘diradi, uning tarkibidagi vanadiy, natriy, oltingugurt kamera ishchi detallarini korroziyaga olib keladi.
Yonish kameralari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
Kamera issiqlik ishlab chiqarish qobiliyati:
Qk = BQpq bu yerda: В— ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori;
Qpq — yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi.
96
Hajmiy issiqlik kuchlanishi — kamera yuzasining samarali ishlatilishini tavsiflaydi:
q=Qk/VK bu yerda: Vk — yonish kamerasi hajmi.
Yonish kamerasidagi energiya sarfi va bosim sarfi ham asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Ichki FIK orqali energiya sarfi xarakterlanadi. Bosim sarfi 1—3%, ba’zan 10% gacha bo‘ladi.
Mavjud yonish kameralari quyidagi tiplarga bo‘linadi:
individual;