Glyukokortikoidlar hosil bo’lish intensivligiga ta’sir etuvchi faktorlar. Og’riq, jarohatlanish, qon yo’qotish, organizmning qizib ketishi, o’ta sovushi, ba’zi moddalardan zaharlanish, yuqumli kasalliklar, og’ir ruhiy kechinmalarda glyukokortikoidlar sekretsiyasi kuchayadi. Yuqorida ko’rsatilganidek, bu holatlarda buyrak usti bezlarining po’stloq qavatida adrenalin hosil bo’lishi refleks yo’li bilan kuchayadi. Adrenalin qonga o’tib, gipotalamusga ta’sir etadi, shu tufayli gipotalamusning ba’zi hujayralari gipofizning oldingi bo’lagidan adrenokortikotrop gormon chiqishini kuchaytiradigan moddalarni hosil qiladi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezida glyukokortikoidlar hosil bo’lishini kuchaytiruvchi faktor hisoblanadi. Gipofiz olib tashlanganda, buyrak usti bezlari po’stlog’ining tutamli zonasi atrofiyaga uchraydi va glyukokortikoidlar sekretsiyasi keskin darajada kamayadi.
Bir qancha noqulay faktorlar ta’sirida adrenokortikotrop gormon, demak glyukortikoidlar sekretsiyasining kuchayishi tufayli vujudga keluvchi holatni Sele «taranglanish», yoki «stress», degan ibora bilan atagan. Stress hosil bo’lishida Sele uch fazani ski uch bosqnchni ajratadi: 1) «trevoga» (tahdid) fazasida noqulay faktorlar ta’sir eta boshlab, adrenokortikatrop gormon va glyukokortikoidlar sekretsiyasi kuchayadi; 2) rezistentlik (chidamlilik) fazasida qondagi glyukortikoidlar ko’payib, organnzm noqulay ta’sirotlarga chidamli bo’lib qoladi; 3) holdan ketish («istoshenie») fazasida buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni yetarli miqdorda chiqarmay qo’yadi (Selening fikricha glyukokortikoidlar himoya qiluvchi, adaptiv gormonlardir), natijada organizmning ahvoli yomonlashadi.
Buyrak usti bezlari mag’iz qavati bilan po’stloq qavati ichki sekretsiyasining funktsional ahamiyatida bir qadar umumiy xususiyat bor. Ikkala qavatdan chiqadigan gormonlar organizm normal holatiga tahdid qiluvchi favqulodda holatlarda, boshqacha aytganda, «avariya» vaziyatida himoya reaksiyalarini kuchaytiradi. Ayni vaqtda adrenalin chiqaruvchi mag’iz qavat organizmning aktiv harakat reaksiyalarini kuchaytiradi. Gipotalamusga adrenalin ta’sir etishi tufayli o’z faoliyatini kuchaytiradigan po’stloq qavati esa, organizm qarshiligining ichki faktorlarini kuchaytiruvchi gormonlar chiqaradi.
Ammo organizm qarshiligining ortishi butun glyukokortikoidlar ta’sirida kuchayadigan prosesslardangina iborat bo’lmay, juda ko’p faktorlarga bog’liq ekanligini nazarda tutmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |