Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo’lib, o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. Ularning birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-po’stloq va ichki- mag’iz qavatdan iborat. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatdan turlicha bo’lgan ichki sekretsiya bezlaridir, bulardan chiqadigan gormonlar o’z ta’siri jihatidan kata farq qiladi.
Buyrak usti bezlarining po’stlog’i
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining hujayralari genetik jihatdan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi: tashqi — koptokchali zona , o’rta — tutamli zona va ichki — to’rli zona. Buyrak usti bezlari po’stlog’idan 40 dan ortiq kortikosteroid ajratib olingan, biroq ulardan faqat 8 taginasi fiziologik aktivdir.
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining gormonlari
Buyrak usti bezlari no’stlog’ining gormonlarini uch gruppaga ajratish mumkin.
I. Mineralokortikoidlar — aldosteron, kortikosteron, dezok
sikortikosteron— koptokchali zonadan chiqadi va mineral moddalar
almashinuvini boshqaradi.
II. Glyukokortikoidlar — kortizon, gidrokortizon va kortikosteron (kortikos-
teron mineralokortikoidlarga ham kiradi)— tutamli
zonadan chiqadi, uglevodlar, oqsillar va yog’lar almashinuviga ta’sir
etadi.
III. Jinsiy gormonlar — androgenlar, estrogenlar progesteron to’rli zonadan chiqadi.
Mineralokortikoidlar. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, birinchi galda qon plazmasidagi natriy va kaliy miqdorini boshqaradi.
Mineralokortikoidlardan eng aktivi aldosterondir. U buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini kuchaytiradi, shu munosabat bilan qon, limfa va to’qima suyuqligida osh tuzi ko’payadi. Shu bilan birga, aldosteron buyrak kanalchalarida kaliy reabsorbsiyasini kamaytiradi, natijada kaliy chiqib ketishi kuchayib, organizmdagi kaliy miqdori kamayadi.
Aldosteron qon va to’qima suyuqligidagi osh tuzi kontsentratsiyasini oshirib, osmotik bosimni ko’taradi, shu sababli organizmda ko’p suv ushlanib qoladi va qop bosimi ortadi. Natriy reabsorbsiyasining kuchayishi natijasida alkaloz avj olishi ham mumkin.
Mineralokortikosteroidlar yetishmasligi qarama-qarshi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Buyrak kanalchalarida natriy reabsorbsiyasi kamayadi, natijada organizm shuncha ko’p natriy yo’qotadiki, ichki muhitda hayotga to’gri kelmaydigan o’zgarishlar vujudga keladi va buyrak usti bezlari po’stlog’i olib tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o’lib qoladi. Faqat ko’p miqdorda natriy yoki mineralokortikoidlar yuborib, buyrak usti bezlari po’stlog’i olib tashlangan hayvonning hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun mineralokortikoidlarni «hayotni saqlab turuvchi gormonlar» degan obrazli nom bilan ham atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |