Garmonlar va psixika Reja: Kirish


Buyrak usti bezi po’stloq qavatining jinsiy gormonlari



Download 487,7 Kb.
bet8/12
Sana26.02.2022
Hajmi487,7 Kb.
#470720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Garmonlar va psixika

Buyrak usti bezi po’stloq qavatining jinsiy gormonlari. Buyrak usti bezlari po’stlog’ining jinsiy gormonlari — androgenlar bilan estrogenlar bolalik davrida, ya’ni ontogenezning hali jinsiy bezlar ichki sekrssiyasi rivojlanmagan davrida jinsiy organlarning rnvojlanishida kattagina rol o’ynaydi. Balog’atga yetgan kishilar organizmida bu gormonlarning ahamiyati katta emas. Ammo qarilikda, jinsiy bezlarning ichki sekretsiya funksiyasi to’xtagach, buyrak usti bezlari po’stlog’i yana androgenlar bilan estrogenlarning birdan-bir manbai bo’lib qoladi.
Adrenalinning fiziologik ahamiyati
Buyrak usti bezlari mag’iz qavatining gormoni — adrenalin — tiramin hosilasidir, tiramin esa buyraklarda tirozinning dekarboksillanishidan hosil bo’ladi.
Adrenalin buyrak usti bezlarida bevosita noradrenalinidan sintezlanadi, noradrenalin esa demetillangan adrenalin bo’lib, unga o’xshash ta’sir etadi.
Adrenalin va noradrenalin katexolaminlar degan nom bilan birlashtiriladi, chunki ular katexol hosilalaridir. Adrsnalin bilan gnoradrenalinning to’qimalarga va organlarga ta’siri simpatik nerv1 lar ta’siriga o’xshaydi, shuning uchun ularni yana simpatomimetik aminlar ham deyishadi. Simpatomimetik aminlarni qon va to’qimalarda aminoksidaza fermenti parchalaydi. Ayni vaqtda adrenalinning turli oksidlanish mahsulotlari hosil bo’ladi. A. M. Utevskiy .o’rgapgan bu mahsulotlarning tuzilishi adrenalinga o’xshasada, lekin unga o’xshash ta’sir ko’rsatmaydi.
Adrenalin organizmning ko’p funksiyalariga, shu jumladan hujayra ichida moddalar almashinuv prosesslariga ta’sir qiladi, masalan, glikogenning parchalanishini tezlatib va muskullar bilan jigardagi glikogen zapasini kamaytirib, insulinga qarama-qarshi ta’sir etadi (insulin glikogen sintezini oshiradi).
Adrenalin ta’siri bilan muskullarda glikogenoliz kuchayadi, ayni vaqtda glikoliz ro’y beradi, pirouzum va sut kislotalar oksidlanadi. Jigarda esa glikogendan glyukoza hosil bo’lib, qonga o’tadi, natijada qonda glyukoza ko’payib ketadi (adrenalin giperglikemiyasi). Shunday qilib, adrenalin ta’sirida, birinchidan, muskullar ishlashi uchun energiya manbai glikogen rezervi sarflanadi, ikkinchidan, glyukoza jigardan qonga o’tadi, u ham muskullar ishida sarflanishi .mumkin.
Adrenalin yurak urishini kuchaytiradi va tezlashtiradi, yurakda 'qo’zg’alishning o’tishini yaxshilaydi. Yurak muskullari zaiflanganda adrenalin yurakka ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Teri arteriolalari, qorin bo’shlig’idagi organlarning va ishlamay turgan muskullaning arteriolalari adrenalin ta’sirida torayadi. Adrenalin ishlab turgan muskullarning qon tomirlariga ta’sir etmaydi, chunki bu musjullarda moddalar almashinuvi tufayli qon tomirlarini kengaytiruvchi moddalar hosil bo’ladi. Yurak urishiniig tezlashuvi va arteriolalarning torayishi natijasida arterial bosim ko’tariladi.
Adrenalin ta’sirida me’da va ichaklar qisqarishi susayadi. Peristaltik va mayatniksimon qisqarishlar kamayadi yoki butunlay to’xtaydi. Me’da va ichak silliq muskullarining tonusi pasayadi. Adrenalin ta’sirida bronxlarniig muskullari bo’shashadi, shunga ko’ra .bronxlar va bronxiollar kengayadi. Boshqa ba’zi organlarning silliq muskullari adrenalin ta’sirida qisqaradi. Masalan ko’z rangdor pardasining radial muskullarini adrenalin qisqartiradi, natijada qorachiqlar kengayadi. Sochni ko’taruvchi teri silliq muskullari pilomotorlar) qisqarishi tufayli soch tikka turadi («g’oz terisi»).
Adrenalin organizmga yuborilganda skelet muskullarining (ayniqsa charchagan muskullarning) ish qobiliyati ortadi, adrenalin ta’sirida retseptorlarning, jumladan ko’z to’r pardasi, eshitish va vestibulyar apparatining qo’zg’aluvchanligi ortadi. Shu tufayli organizm tashqi ta’sirotlarni yaxshiroq sezadi. Shunday qilib favqulodda sharoitda organizmning ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan funksiyalarni adrenalin darhol o’zgartira oladi.
Organizm funktsiyalariga noradrenalinning ta’siri (buni U. Eyler mukammal o’rgangan) adrenalin ta’siriga o’xshaydi, lekin u bilan batamom bir xil emas. Adrenalin va noradrenalin ba’zi funksiyalarga qarama-qarshi ta’sir etishi mumkin. Masalan, adrenalin odamda yurak urishini tezlatadi va homilali bachadonni bo’shashtiradi, noradrenalin esa yurak urishini sekinlatadi va homilali bachadonning qisqarishini kuchaytiradi.

Download 487,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish