Garmonlar va psixika Reja: Kirish


Jinsiy bezlar faoliyatining boshqarilishi



Download 487,7 Kb.
bet9/12
Sana26.02.2022
Hajmi487,7 Kb.
#470720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Garmonlar va psixika

Jinsiy bezlar faoliyatining boshqarilishi
Jiisiy bezlar faoliyatini nerv sistemasi, gipofiz, shuningdek epifiz gormonlari boshqaradi.
Boshqa ichki sekretsiya bezlari kabi, tuxumdonlar ham afferent va efferent nervlarga boy. Ammo tuxumdonlar funksiyasining refleks yo’li bilan boshqarilishi kam o’rganilgan.
Ma’lumki jinsiy siklning normal borishida markaziy nerv sistemasi katta rol o’ynaydi. Qattiq xayajonlanish — qo’rquv, og’ir musibat jiisiy siklning normal borishini buza oladi, uni hatto bir qadar uzoq to’xtatib qo’ya oladi (emotsional amenoreya).
Nerv sistemasi gipofiz ichki sekretsiyasini refleks yo’li bilan o’zgartish orqali jinsiy bezlar funksiyasini boshqarishi aniqlangan. Quyidagi faktlar shuni ko’rsatadi. Quyonda jinsiy akt gipofiz gormonlari sekretsiyasini refleks yo’li bilan kuchaytirish orqali ovulyatsiya prosessiga (tuxum hujayraning Graaf pufakchasidan chiqishiga) turtki (stimul) beradi. Ba’zi qushlarda ovulyatsiya yoruglikdan stimul oladi, bu ham gipofiz funksiyasining kuchayishiga bog’liq.
Jinsiy bezlar faoliyatining boshqarilishida gipofizning oldingi bo’lagidan chiqadigan gonadotrop gormonlariing ahamiyati katta .
O’sayotgan organizmga gonadotrop gormonlar yuborish jinsiy bezlarning endokrin funksiyasiga stimul beradi, shu tufayli jinsiy apparat va ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashadi va kuchayadi.
Gipofiz oldingi bo’lagidan uchta gonadotrop gormon: follikulni stimullovchi, lyuteinlashtiruvchi va prolaktin chiqadi. Follikulni stimullovchi gormon urg’ochi hayvon tuxumdonida follikulning rivojlanishini va Graaf pufakchasiga aylanishini, erkak hayvonda esa urug’dondagi spermatogen naychalar rivojlanishini, spermatogenez (spermatozoidlar hosil bo’lishi)ni, shuningdek prostata bezining rivojlanishini tezlashtiradi. Lyuteinlashtiruvchi gormon urug’donlar bilan tuxumdonlardagi ichki sekretsiya elementlarining rivojlanishiga turtki beradi va shu bilan jinsiy gormonlar (androgenlar)ning hosil bo’lishini tezlashtiradi. Tuxumdonda ovulyatsiyaning ro’y berishi va yorilgan Graaf pufakchasi o’rnida sariq tana hosil bo’lishi lyuteinlashtiruvchi gormonga bog’liq. Sariq tana progesteron gormonini ishlab chiqaradi. Gipofizning lyuteotrop gormoni, yoki prolaktin sariq tanada progesteron hosil bo’lishiga va laktatsiyaga turtki beradi.

Gonadotrop gormonlar voyaga (balog’atga) yetishda katta ahamiyatga ega. Voyaga yetmagan hayvonlarning gipofizi olib tashlangach jinsiy bezlarning rivojlanishi sekinlashadi va tugallanmay qoladi. Shuningdek jinsiy apparat, jinsiy olat, prostata bezi, qin, bachadon, tuxum yo’llarining rivojlanishi ham tugallanmay qoladi. Urug’donlar (moyaklar) da spermatozoidlar hosil bo’lmaydi, tuxumdonlarda esa follikullar yetilmaydi va Graaf pufakchalariga aylanmaydi.
Voyaga yetgan hayvonlarning gipofizi olib tashlansa, urug’donlaridagi urug’ hosil qiluvchi naychalar bilan interstitsial (pubertat) to’qima atrofiyasi ro’y beradi, Graaf pufakchalari va sariq tanalar yo’qoladi, tuxumdonlardagi follikullar atrofiyasi kuzatiladi. Shunday hayvonlarga gipofiz ko’chirib o’tqazilsa, jinsiy bezlarning normal holati tiklanadi.
Epifiz gormoni — melatonin jiisiy bezlarning rivojlanishini va aktivligini susaytirib, gipofizga nisbatan qarama-qarshi ta’sir etadi.

Download 487,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish