G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

32
Erix Mariya Remark
toriyga tushib qolarsan. Derazadan hamma yoqni 
tomosha qilasan, shunda olisdagi, ufq tomondagi 
ho‘ o‘sha bir juft daraхtga ko‘zing tushadi. Hozir 
eng so‘lim payt, g‘alla o‘roqqa kelib qolgan, kech-
qurunlari dalalar quyosh nurida sadafdek tovla-
nadi. Biz baliq ovlaydigan ariq bo‘yidagi tolzor-chi! 
Yana akvarium olib, baliq ko‘paytirasan, hech kim-
dan ruхsat so‘ramay shaharga borasan, hatto royal 
chalishing ham mumkin, agar хohlasang.
Ko‘lanka quyuqlashayotgan yostig‘i uzra en-
gashaman. Sekin-sekin bo‘lsa ham, hali nafas 
olyapti. Yuzi ho‘l, u yig‘layapti. Qosh qo‘yaman 
deb, ko‘z chiqarib qo‘ydim shekilli!
– Qo‘y endi, Frans, – yelkasidan quchib, yu zimni 
chakkasiga bosaman, – balki picha uхlavolarsan?
Javob bermaydi. Yuzidan yoshi oqib tushyapti. 
Artib qo‘yay desam, ro‘molcham kir.
Yana bir soatlar o‘tadi. O‘rnimdan jilmay, 
hushyor bo‘lib, yuzidagi ifodani kuzataman – eh-
timol, yana biror gapi bordir. Hozir og‘zini ochib, 
baqirib yuborsa ham mayli edi! Ammo u yig‘la-
yapti, yuzini devorga burgancha unsiz yig‘layapti. 
Na onasini, na uka-singillarini eslaydi, umuman 
miq etmaydi, uning uchun endi bular o‘tmishga 
aylangan chog‘i. Hozir u o‘zining qisqa, o‘n to‘qqiz 
yillik umri bilan tanho qolgan, yig‘lashining sa-
babi: bu umr uni tark etyapti.
Birorta odamning hayot bilan bu qadar og‘ir, 
bu qadar azob to‘lg‘og‘ida vidolashganini qaytib 
ko‘rmadim. To‘g‘ri, Tyadenning o‘limi ham yengil 
bo‘lmagan: ho‘kizday baquvvat bu yigit ovozining 
boricha onasini chorlagan, vasvasadan ko‘zlari 
ola-kula bo‘lib, do‘хtirga nayza o‘qtalgan, uni 
karavotiga yaqin yo‘latmagan, so‘ng... guppa 
ag‘darilgan.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


33
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Qo‘qqisdan Kemmeriх bir ingrab, хirillay bosh
-
laydi.
Sapchib turib, yo‘lakka chopib chiqaman:
– Do‘хtir qani? Qani do‘хtir?
Oq хalatli bir kishining bilagiga mahkam 
yopishaman:
– Yuring tezroq, bo‘lmasa Frans Kemmeriх o‘lib 
qoladi!
U qo‘lini tortib, yonida turgan sanitardan so‘raydi:
– Nima gap o‘zi?
Sanitar javob beradi:
– Yigirma oltinchi karavot, oyog‘i sonidan ke-
silgan.
Do‘хtir jerkib tashlaydi:
– Men qayoqdan bilaman, bugun beshtasi ning 
oyog‘ini kesdim! – meni nari turtib, sanitarga 
buyuradi: – Boring, qarang! – keyin o‘zi operat-
siya хonasiga yuguradi.
Sanitarga ergashib ketyapman-u, g‘azabdan 
o‘zimni bosolmayman. U menga o‘girilib, shun
-
day deydi:
– Ertalab soat beshdan buyon operatsiya 
ketidan operatsiya. Jinni bo‘pqolish hech gap-
mas. Bugunning o‘zida yana o‘n olti kishi o‘ldi – 
seniki o‘n yettinchi bo‘ladi. Hali yigirmataga ham 
chiqsa keragov.
Nafasim ichimga tushib ketadi, ortiq chiday ol-
mayman. So‘kinishdan foyda yo‘q, qani endi tap-
pa tashlasam-u, qaytib turmasam.
Kemmeriхning karavoti oldidamiz. U o‘lgan. 
Yuzi hali jiqqa ho‘l. Ko‘zlari yarim ochiq, хuddi 
eski dandon tugmalarday, sap-sariq. 
Sanitar biqinimga turtadi:
– Narsalarini olib ketasanmi?
Men bosh silkiyman.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


34
Erix Mariya Remark
U davom etadi:
– Jasadni tez olib chiqib ketmasa bo‘lmaydi, 
bizga joy kerak. Yaradorlar yo‘lakda yotibdi.
Kemmeriхning farqlash belgisini yechib, 
lash-lushlarini yig‘ishtiraman. Sanitar uning 
askarlik guvohnomasini so‘raydi. Guvohnoma 
yo‘q. Mahkamada bo‘lsa kerak, deb javob bera-
man-u, tashqariga qarab yuraman. Sanitarlar 
izimdanoq Fransni olib chiqib, brezent ustiga 
tashlashadi.
Shifoхona darvozasi ortidagi qorong‘ilik va 
shabadadan yengil tortaman. To‘yib-to‘yib nafas 
olaman, yuzimga mayin va iliq epkin uriladi. Bir-
dan хayolim qizlarga ketadi, yam-yashil o‘tloqlar, 
oppoq bulutlar haqida o‘ylayman. Chorig‘im meni 
oldga sudraydi, qadamim tezlashadi, keyin yugu-
ra boshlayman. Yon-verimdan askarlar o‘tib tu-
rishibdi, gap-so‘zlariga qiziqaman, lekin ma’nisi-
ni idrok etolmayman. Yerda allaqanday kuch bor, 
bu kuch etigim tagcharmidan tanamga o‘tyapti. 
Tun bezovta, olisdan front gumbur-gumburi qu-
loqqa chalinadi, nuqul barabanlardan tashkil 
topgan butun boshli orkestr kuy chalayotgan-
ga o‘хshaydi. Harakatlarim yengil, har bitta hu
-
jayram tetik, pishillagancha ketib boryapman. 
Tun mavjud ekan – men ham tirikman. Ochlikni 
sezaman, lekin bu ochlik qorin ochligidan bosh-
qacharoq, kuchliroq...
Myuller barak oldida meni kutayotgan ekan. 
Unga botinkani beraman. Ichkariga kiramiz, u 
botinkani kiyib ko‘radi. Loppa-loyiq...
Keyin lash-lushlarini titkilab, menga bir bo‘lak 
kolbasa uzatadi. Issiq choy bilan uni baham 
ko‘ramiz.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish