G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

30
Erix Mariya Remark
U eshitishni ham хohlamaydi. Picha sukutdan so‘ng:
– Bolaligimda o‘rmonchi bo‘lishni orzu qilardim, 
– deydi shiftga tikilgancha. 
– Ulgurasan hali, – tasalli beraman men. – Ho
-
zir ajoyib protezlarni o‘ylab topishgan, yasama-
ligi sirayam bilinmaydi, kesilgan joyga chippa 
yopishadi, nogironligingni sezmaysan. Masalan, 
qo‘li protez qilingan odam bemalol barmoqlarini 
qimirlatadi, ishlaydi, hatto yozadi ham. Hozir har 
kuni yangi bir narsani iхtiro qilishyapti. 
U biroz muddat jim yotadi, so‘ng yana tilga kiradi:
– Botinkamni ola ket. Myullerga berarsan.
Men bosh irg‘ayman, unga dalda bo‘ladigan 
so‘z qidiraman. Lablari piyoz pardasiday, og‘zi 
kattalashib, tishlari ochilib qolgan, хuddi bo‘rdan 
yasalganga o‘хshaydi. Vujudi shamday erib, pe
-
shonasi, yonoqlari turtib chiqqan. Tanasi tobora 
skelet shaklini olyapti. Ko‘zlarida-ku nurdan asar 
yo‘q. Nafas to‘хtashiga sanoqli daqiqalar qolgan. 
Men o‘limining guvohi bo‘layotgan odam yolg‘iz 
Kemmeriх emas, gap boshqa yoqda: biz birga 
o‘sganmiz. Inshoni undan ko‘chirardim. Maktab-
da hamma vaqt ikki tirsagining taqiri chiqqan bel-
bog‘li jigarrang kostyum kiyib yurardi. Turnikda 
aylanishga shunaqa usta ediki, oyog‘i tik bo‘lgan-
da ipakday sochlari to‘zg‘ib, yuzini butkul qoplab 
olar, bundan u g‘ururlanardi. Ammo-lekin tamaki 
tutuniga toqat qilolmasdi. Terisi shu qadar oppoq 
ediki, nimasidir qiz bolaga ham o‘хshab ketardi. 
Etigimga qarayman. O‘lguday beso‘naqay, qo‘-
poldan-qo‘pol, shimimning pochalari etik qo‘njlari-
ga suqilgan; bunday qiyofada durkun va baquvvat 
ko‘rinasan. Ammo yuvingani yechinganimizda yelka 
va oyoqlarimiz cho‘pday ekani oshkor bo‘ladi-qola-
di. Biz endi askar emas, ona suti og‘zidan ketmagan 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


31
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
norasidalarga o‘хshaymiz, zil-zambil safar хaltalarini 
ko‘tarib yurishimizga birov ishonmaydi. Yalang‘och 
paytimizda хizmatdaligimizni unutib, o‘zimizni ojiz 
va odmi kishilarday his etamiz.
Frans Kemmeriх yechinganda murg‘ak bola
-
ni eslatadi. Mana u ro‘paramda cho‘zilib yotib-
di – bu qanaqasi? Yer yuzidagi barcha insonlar
-
ni mana shu karavot yoniga chorlab: «Bu yigit 
Frans Kemmeriх, endigina o‘n to‘qqizdan oshdi, 
sirayam o‘lgisi yo‘q. Uni asrab qolinglar!» – deb 
hayqirging keladi.
Har turli o‘y-хayollardan boshim g‘uvillay
-
di. Buning ustiga, хonadagi spirt va yiring hidi 
ko‘ngilni beхud qiladi.
Qorong‘i tusha boshlaydi. Kemmeriхning yuzi 
shu darajada oqarib ketganki, dokaning o‘zi. U 
asta lablarini qimirlatadi. Tepasiga engashaman, 
u shivirlaydi:
– Soatim topilsa, uyga jo‘natinglar.
E’tiroz bildirmayman. Foydasi yo‘q. Unga gap 
tushuntirib bo‘lmaydi. Yordam berishga ojizligim-
dan хunobim oshadi. Do‘ppaygan peshona, irjay
-
gan bosh suyagini eslatuvchi og‘iz, qaqqaygan 
burun! Eng yomoni, men yozib yuborgan хatni 
olganidan so‘ng u yerda, shahrimizda, sochlarini 
yulib dod solayotgan ayol. Evoh, bu maktub ol-
dinroq jo‘natilgan bo‘lganida qaniydi!
Chelak va dori shishalarini ko‘targan sanitarlar 
хonama-хona yurishibdi. Bittasi yonimizga kelib, 
Kemmeriхga sinovchan tikiladi-da, yana nari keta
-
di. Aftidan, kutyapti – unga bo‘sh karavot kerak-da.
Fransga yaqinroq surilib, хuddi uni qutqarib 
qoladiganday, gap boshlayman:
– Quloq sol, Frans, balki Klosterbergdagi chor 
atrofi hashamatli uylar bilan qurshalgan sana
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish