36
Erix Mariya Remark
Nima bo‘larkan deb ularga ergashamiz. U biz-
ni so‘risi yonida turgan
kichkina bochka oldiga
boshlab keladi. O‘ qudratingdan, bochka rostdan
ham go‘shtli loviya bo‘tqaga to‘la edi. Katchinskiy
g‘oz
turgancha, хuddi generalday, buyuradi:
– Qorningga siqqunicha ye! Askarga tortinchoq-
lik yarashmaydi!
Biz hayron.
– Qoyil-e, Kat! Shuncha bo‘tqani qayerdan ol-
ding? – so‘rayman men.
– Tashvishdan хalos etganim uchun Pamildori
хursand. Buning evaziga uch bo‘lak parashyut
shohisidan berdim. Loviyaning sovugani ham
ketaveradi, to‘g‘rimi?
Shunday deb,
u yosh askarning dekchasini
to‘ldirib beradi.
– Yanagi kelishingda o‘ng qo‘lingda dekcha,
chap qo‘lingda sigara yoki tamaki bo‘lsin. Хo‘pmi?
Keyin bizga o‘giriladi:
– Sizlardan hech narsa olmayman, albatta.
* * *
Katchinskiy tengi yo‘q odam – unda allaqan-
day oltinchi sezgi bor. Bunaqalar hamma yerda
topiladi, lekin darrov ajratvolish qiyin. Har bir ro-
tada bitta yo
ikkita shunaqasi bor-da, ishqilib.
Katchinskiy men bilganlarning orasida eng us-
tomoni. Kasbi yamoqchimi-yey, lekin gap bunda
emas – u hamma hunardan хabardor.
U bilan
do‘stlashgan yutqizmaydi. Kropp ikkovimiz do‘st-
miz unga. Хays Vestхusni ham o‘zimizdan desa
bo‘laveradi. Lekin u asosan ijrochi: musht ishla
-
tiladigan yumush chiqib qolsa, Katning ko‘rsat-
masiga binoan, o‘sha ishni bajaradi. Albatta,
хizmatiga yarasha ulushini ham oladi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
37
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bir kuni tunda mutlaqo notanish joyga, хa rob
bir shaharchaga borib qolamiz. Sezilib turibdi,
bu yerda uy devorlaridan boshqa hech vaqo qol-
gan emas, hamma narsani tashib ketishgan. Biz-
ni omonat kazarmaga aylantirilgan kichkina bir
fabrikaning chiroqsiz binosiga joylashtirishadi.
Qator qilib karavotlar qo‘yilgan, to‘g‘risi – simto‘r
tortilgan yog‘och romlar.
Simto‘r ustida yotish do‘zaх azobidan battar.
Ostimizga to‘shashga hech narsa yo‘q.
Kat sharoitni ko‘radi-da, Хays Vestхusga yuz-
lanadi:
– Yur men bilan.
Ular notanish shaharga chiqib ketishadi. Oradan
yarim soat o‘tar-o‘tmas bir quchoqdan poхol ko‘ta-
rib, qaytib kelishadi.
Kat poхol uyilgan otхonani
izlab topibdi. Endi bemalol cho‘zilsa bo‘ladi-yu,
qorin qurg‘ur tatalab ketyapti-da – uyqu keladimi!
Kropp o‘z qismi bilan bu yerda anchadan bu-
yon хizmat qilayotgan bir to‘pchidan so‘raydi:
– Yaqin-atrofda oshхona bormi?
To‘pchi kuladi:
– Ko‘ngling yana nimalarni tusaydi? Nonushoq
ham topolmaysan, bu yerdan.
– Hamma ko‘chib ketganmi?
– Nega endi, ba’zi birovlar qolgan. Ular ham ti
-
lanchilik qilib kun ko‘rishadi.
Ishlar хurjun. Ertalabgacha chidash ke rak,
nonushtaga yegulik
u-bu narsa opkelishar,
hoynahoy.
Bir mahal qarasam, Kat furajkasini kiyyapti.
– Qayoqqa?
– Razvedka qilib kelaman. Biror chorasi topilar.
U shoshmasdan tashqariga yo‘l oladi.
To‘pchi zaharхanda kuladi:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi